O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Magnit yostiqchali (osmali) poyezd



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə73/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Magnit yostiqchali (osmali) poyezd


Magnit osmali uskunalar istiqbolliroq hisoblanadi. Magnitli osmaning ishlash uslubi quyidagicha. Аgar yo‘lga yuqoriga yo‘naltirilgan, qutbli magnitlar yotqizilsa, vagonga esa pastga yo‘naltirilgan, qutbliligi o‘xshash bo‘lgan magnitlar o‘rnatilsa, vagon bilan yo‘l o‘rtasida 10-15 mm li tirqish paydo bo‘ladi. Konstruktivlik jihatdan magnitli osma nafaqat elektrodinamik itarilish, balki tortilish yo‘li bilan ham bajariladi. Bunday vagon tortish ostida havoli vintlar yoki chiziqli elektr dvigatellari yordamida ketma-ketli harakatga ega bo‘ladi va bunda faqatgina havoli muhitning qarshiligini yengadi. Vagon bilan yo‘l o‘rtasida mexanik aloqaning mavjud emasligi juda yuqori tezliklarda ham qariyb ideal ravon harakatni taʼminlaydi.
Ko‘pgina mamlakatlarda 15-20 yillardan buyon tegishli konstruktorlik va tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Havo yostiqchali va magnitli osma transport vositalarini solishtirganda magnitli osma transportlar ustun ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Magnitli osmaning eng muhim ustunligi harakat tarkibi bilan yo‘l o‘rtasida tirqish hosil qilishga kam energiya sarf bo‘lishidadir.
Magnit poyezdlarining eng sara namunalarida 1 tonna og‘irlikdagi vagonga 1kVt quvvat kerak bo‘lsa, bu ko‘rsatkich havo yostiqchalarini qilishda 30-40 kVt ni tashkil qiladi. Ikkinchi ustunlik tomoni shundan iboratki, magnit osmali poyezdlar kuchli shovqinni hosil qilmaydi.
Magnit poyezdlarining ishlanma sohasida yuqori natijalar Germaniya va
Yaponiyada olingan. 1988 yilda 196 o‘rinli, uzunligi 54 m va og‘irligi 120 t bo‘lgan model tezlikni 412 km/s ga yetkazdi (Germaniya).
Temir yo‘l vokzali bilan Birmingemdagi (Аngliya) aeroportni bog‘lovchi ikki yo‘lli liniya ilk bor amalda qo‘llanilgan magnit osmali 600 m uzunlikdagi shahar liniyasi hisoblanadi. Poyezd yo‘lovchi sig‘imi 40 nafar shisha plastikdan qilingan 2 ta yengil vagondan iborat va 40 km/s tezlikda yo‘l ustida 15 mm li tirqish bilan harakat qiladi. Ketma-ketlik harakati chiziqli elektr dvigateli yordamida amalga oshiriladi. Poyezd mashinistsiz EHM yordamida boshqariladi.
Magnitli transport istiqbollari energiya sarfini keskin tushirishini taʼminlaydigan o‘ta o‘tkazuvchan magnitlarni qo‘llash imkoniyati bilan bog‘liq. Hozir ham 1-2 ming km masofani bosishda magnit poyezdlari samolyotlardan ko‘ra ancha samarali bo‘la olishi mumkin.
Magnit yostiqchali poyezd havo yostiqchali poyezd bartaraf etadigan ayni muammolarni hal etishi lozim: tezlikni oshirishga to‘sqinlik qilgan g‘ildiraklardan voz kechgan holda Yerning tortish maydoniga qanday qilib samaraliroq qarshilik yaratish mumkin, va tortish dvigateli qanday bo‘lishi kerak, kabi muammolar. Osish usuli va dvigatel turi umuman g‘ildiraksiz tezkor poyezdlar va xususan magnit yostiqchali poyezdlarni amalga tadbiq etish, loyihalash va rivojlantirishda muhim jihatlar hisoblanadi.
Magnit yostiqchali poyezdlarning eng muhim ustunlik jihati atrof-muhitga zararli taʼsirining mavjud emasligi hisoblanadi: ular shovqin ko‘tarmaydi, atrof- muhitni zararlantirmaydi, va bunday poyezdlarda tortuvchi sifatida reaktiv dvigatellar yoki itaruvchi yoxud tortuvchi vintli dvigatellardan foydalanish mantiqsiz bo‘lar edi. Shuning uchun, magnit yostiqchali poyezdlar uchun mexanik tortish kuchlanishi magnit va elektr maydonlar taʼsirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan dvigatellar ishlab chiqilmoqda. Bunday usulda hosil qilingan kuchlanish poyezdni rels polotnosiga ilishda ham ishlatilishi mumkin.
«Maglev» poyezdi 42,8 km uzunlikdagi tajriba maydonida o‘tkazilgan tajribada tezlikni 603 km/s ga yetkazdi. «Maglev» tizimining asosiy ishlash uslubi poyezd va temiryo‘l polotnosi o‘rtasida yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchilar
hisobiga kuchli magnit maydon hosil qilishidadir. Bunda, anʼanaviy tezkor poyezdlardan farqli, yangi poyezdlar harakat vaqtida rels sathiga tegmaydi, aerodinamik qarshilik esa tormozlovchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Yaponiyada «Maglev» loyihasini amalga tadbiqi bir necha yirik shaharlardagi yangi turdagi liniyalarni bog‘lash va yo‘lovchi harakatlanish vaqtini sezilarli qisqartirishga imkon yaratadi. Hozirgi kunda Tokio bilan Osaka orasidagi sayohat o‘rtacha 140 minutni tashkil qiladi. Mutaxassislar LO turdagi poyezdlarni amalda qo‘llash natijasida yo‘l vaqti ikki barobar qisqarishini vaʼda qilishmoqda.
«Maglev» poyezdlarining harakat tezligi 500 km/s atrofida bo‘lishi kutilmoqda, bu esa uning yaqin va o‘rta magistral yo‘nalishdagi aviatransportlarga jiddiy raqobatchi bo‘lishiga imkon beradi. Magnit yostiqchali poyezdlar uchun Tokio va Nagoya shaharlari o‘rtasida birinchi trassaning qurilishi 2027 yilda tugatilishi rejalashtirilmoqda.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin