O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Yangi transport vositalari loyihalarining fikrlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə75/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Yangi transport vositalari loyihalarining fikrlari


Transport kelajagi haqida so‘zlashdan avval bugungi kunda qanday fan loyihalari mavjudligi, mazkur loyihalardagi qanday g‘oyalar kelgusida foydali bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida mushohada yuritib ko‘ramiz.
Transport insoniyat hayotida ulkan ahamiyat kasb etgani bois transport vositalarini ishlab chiqishga barcha mamlakatlarda katta eʼtibor qaratilmoqda. Jahonning barcha burchaklarida gazeta va jurnallar yangi, baʼzida kutilmagan va o‘ziga xos transport vositalari to‘g‘risida yangiliklarni eʼlon qilmoqda.
Inertsion yoki «zavoddan chiqqan» transport harakatlanuvchi qismda joylashgan maxovikning kinetik energiyasidan foydalanish printsipiga asoslangan. Bunday dvigatel g‘oyasi 100 yildan avvalroq rus injeneri Shuterskiy tomonidan taklif qilingan bo‘lib, Shveytsariyada hayotga to‘liqroq tadbiq etilgan. U yerda shahar yo‘nalishlari va uzunligi 4,5-7,7 km bo‘lgan Kongo uchun yo‘lovchi sig‘imi 70 nafardan bo‘lgan 17 ta avtobus qurilgan. Inertsion dvigatel shovqinsiz bo‘lib, u atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Og‘irligi 100 kg lik supermaxovik aylanish tezligi daqiqasiga 30 ming martani tashkil qilganda yengil avtomobilning 160 km ga yurishi uchun zarur energiyani jamlaydi.
Yo‘lovchi konveyerlari (harakatlanuvchi yo‘laklar) asrimizning 50- yillaridan boshlab ishlatilib kelinmoqda. Bu odamlar tig‘iz bo‘lib to‘plangan: ko‘cha va maydonlar ostidagi o‘tish yo‘llarida, metroda, aeroportlarda, vokzallarda, zavodlarda, yirik magazinlarda, hiyobonlarda, ko‘rgazmalarda va h.k. joylarda qisqa masofalarga yo‘lovchilarni tashish uchun yordamchi transport hisoblanadi. Tuzilishi bo‘yicha bu – tasmali, plastinkali, har xil uzatmali telejkali konveyerlar, shuningdek ochiq va yopiq o‘rindiqli tizimlar. Yo‘lovchi konveyerlar ishlatilish
jihatidan ham, uskuna jihatidan ham ancha qimmat hisoblanadi.


10.11-rasm. Hyperloop poyezdining ishchi chizmasi
Injener va tadbirkor Elon Mask kelajak transporti bo‘yicha o‘zining shaxsiy tasavvur kontseptsiyasini eʼlon qildi (10.11-rasm). Elon Mask o‘z hikoyasini Kaliforniyadagi yuqori tezlikdagi poyezdlar tizimining tasdiqlanganligi haqida eshitganda umidsizlikka tushgan holatini tasvirlashdan boshladi. U dunyodagi yuqori texnologiyalar bo‘yicha old qatorlarda turuvchi shtatlarning birida juda baland solishtirma narxga, lekin shu bilan birga dunyodagi eng past tezlikka ega temir yo‘l loyihasi paydo bo‘lganiga astoydil ajablandi. Shu bilan birga investor tezkor poyezd yaratish loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, transportning bu turi samolyot va avtomobildan yaxshiroq bo‘lsagina omadli bo‘ladi. Biroq, ekspluatatsiyada poyezd qanotli mashinadan qimmat va sezilarli darajada sekin. Shuningdek, Maskning taʼkidlashicha, temir yo‘l aloqasi havo aloqasidan o‘rtacha ikki barobarga xavfliroq. Uning hisoblashicha, ishonchli investitsiyalar bilan yangi turdagi transport yaratish mumkin. Uning ustun tomonlariga xavfsizlik, tezlik, mavjudlik, qulaylik, har qanaqa ob-havoga moslashuvchanlik, energiya bilan taʼminlash jihatidan o‘z-o‘ziga yetarlilik, zilzilabardoshlilik va xatto, boshqa harakatlanuvchi transportlarga halaqit qilmaydi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Hyperloop poyezd, samolyot, avtomobil va kemalarga qo‘shimcha ravishda transportning beshinchi muhim turiga aylanadi. U mazkur kashfiyotni orasidagi masofa 1500 km gacha bo‘lgan shaharlar orasida ideal tashuvchi sifatida ko‘ra oladi. Uzoq sayohatlarda tovushdan tez uchadigan samolyotlar o‘z afzalligini ko‘z-ko‘z qiladi. Uchish va qo‘nish uchun havo
kemasiga vaqt zarur, shu bilan birga yuqori tezlikni zabt etish uchun u kerakli balandlikka ko‘tarilishi zarur, bunda siyrak havo muhitiga kiriladi, bu muhitning qarshiligi geometrik progressiya bilan kamayadi. Bundan tashqari samolyotlar uchun murakkab qimmatbaho infrastruktura yaratishga hojat yo‘q: aeroportlar dunyoning barcha davlatlarida bor. Lekin masofaning 1500 km gacha kamayishida havodagi tovushdan tez uchishlar maʼnosiz bo‘lib qoladi: kreyser tezlikni juda qisqa vaqt ushlab turish mumkin bo‘ladi. Аynan mana shu jihatda Hyperloop ishlatilishi mantiqlidir.
Teleportatsiya ideal transport turi hisoblanadi. Lekin uni hech kim zarur masshtabda amalga oshira olmagan, bu borada Hyperloop gagina ishonch bildirish mumkin. Yangi tizimning asosini yer ustiga yoki ostiga joylashtirilgan katta quvur tashkil qiladi.Qo‘shni binolar o‘rtasida xat va katta bo‘lmagan jo‘natmalar almashinuvini taʼminlovchi pnevmatik xizmat bu texnologiyaning prototiplaridan biri hisoblanadi. Odamlarni tashish uchun katta ventilyatorlardan foydalanish mumkin, biroq San-Frantsisko va Los-Аnjeles orasidagi 560 kmli masofani bosib o‘tish juda katta ishqalanish va havoning qarshilik kuchlari ostida imkonsiz bo‘lib qolar edi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin