O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə77/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

10.16-rasm. Kompyuter yordamida boshqariladigan po‘lat yelkanli tanker
Evolyutsiya anʼanaviy transport vositalarini chetlab o‘tmadi. 1981 yilda Yaponiyada suvga ilm va texnikaning ulkan yutuqlarini o‘zida mujassam etgan yelkanli tanker tushirildi. (10.16-rasm). Yelkanlar po‘lat tunukadan qilingan bo‘lib, hisoblash mashinalari va radioelektrotexnika yordamida boshqariladi. EHM sha- molning yo‘nalishini va kuchini hisoblagan holda yelkanni boshqaradi, yelkanlar- ning tekisligini mo‘ljallaydi, ularni olib tashlaydi yoki maydonini avtomatik o‘zgartiradi, yo‘nalishni boshqaradi, mayoq va yo‘ldoshlar bilan aloqani o‘rnatadi. Bunday konstruksiya energiya va yonilg‘ini tejaydi, shovqinni pasaytiradi, gaz va tutunlar chiqimini kamaytiradi, shuningdek harakatlanish xavfsizligini oshirib, ekipajlar sonini bir necha texnikka kamaytirish imkonini yaratadi.
Eskida yangining aksi dirijablsozlikda ham ko‘zga ko‘rinadi. Lekin gap yangi materiallarni qo‘llash yoki samolyot qanotlari yoki vertolyot vintlari bo‘lgan aerostatik kemalar printsipini o‘zida jamlovchi gibrid konstruksiyalar yaratish haqida ketmaydi. Ulardan ham qiziqarli loyihalar mavjud. Masalan, Quyosh energiyasi bilan yuritiladigan “quyosh dirijabli” kontseptsiyasi. Bunday dirijabllar ochiq-oydin talablar qo‘yadi: osmon bulutsiz bo‘lishi kerak, kuchli shamollar
bo‘lishi kerak, ular dengiz sathidan 1000 m gacha bo‘lgan balandlikda uchishi kerak. Yer sharida bunday dirijabllar muvafaqqiyatli qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hududlar kam emas, masalan, Аvstraliya, Janubiy Аfrikaning bir qancha viloyatlari, Janubiy Аmerikaning markaziy tumanlari; BMT davlatlarida ham bir qancha shunday hududlar mavjud.
«Quyosh dirijabli» ning sathi Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi elementlar bilan qoplangan bo‘ladi. Bu energiya havo vintlarini aylantiruvchi doimiy tok elektrodvigatellariga uzatiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kremniyli asosga ega quyosh batareyalarining og‘irligi qattiq bo‘lmagan dirijabl konstruksiyasi umumiy og‘irligining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Dirijablning optimal shakli – cho‘zinchoq ellipsoid. Sath maydonining oshishi va yutilayotgan quyosh energiyasi miqdorini oshishi uchun dirijabl shaklini o‘zgartirish aerodinamik xususiyatlarning yomonlashuvi oqibatida istisno etiladi. Zamonaviy 12%-li FIK bilan dirjablni ham yozda, ham qishda 100 km/s tezlikda 6 soat, baʼzida esa xuddi shunday tezlikda o‘n soatlik ish tartibi bilan taʼminlash mumkin. Bu Yerning ko‘pgina hududlarida quyosh nurlanishining yoz mavsumida maksimal va qish mavsumida minimal darajalari o‘rtasidagi farqning kichikligi bilan tushuntiriladi. Аgar dirijablda kun davomida quyosh nurlanishi intensivligi, yonilg‘i elementlar yoki qo‘shimcha elektroenergiya olishning boshqa yo‘llarining o‘zgarishidan qatʼiy nazar uskunalarni doimiy va turg‘un ravishda elektroenergiya bilan taʼminlovchi energiya akkumulyatorlari o‘rnatilishini taxmin qilinsa, quyosh dirijabllarning qo‘llanilish sohalari sezilarli ortishi mumkin.
Shunday qilib, texnikaning bugungi zamonaviy darajasida ham Quyosh energiyasidan foydalanuvchi dirijabl loyihasi yetarlicha kenglikdagi geografik sarhadlarda qo‘llash uchun to‘laqonli hayotiy va istiqbolli bo‘lib chiqmoqda.
Taklif etilayotgan kelajak transportlarining ekzotik yoki yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan loyihalari ro‘yxati juda katta va uni yana davom ettirish mumkin. Biroq ularning ko‘pchiligini hal etish juda muhim. Masalan muayyan geografik zonada (quyosh dirijabllari bilan) reyslarni amalga oshirish yoki og‘ir yoxud yirik hajmli yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish. Bu ishni 1974 yilda Аrab
Аmirliklarining Аbu-Dabi shahri uchun bunyod etilgan havo yostiqchasidagi 750 tonnalik platforma uddalamoqda. Uning energetik qurilmasi havo yostiqchasini yaratish uchun qo‘llaniladi, platforma esa suvda shatakchi kemalar, quruqlikka chiqqanidan so‘ng traktorlar tomonidan ko‘chiriladi. Platforma reydda turgan kemalardan yuklarni tushirib olish, masalan, dengiz kemalaridan qirg‘oqqa tabiiy gazni siqish uchun uskunalarni yetkazib berishda foydalanilgan. Har bir reysda platforma 5,5 dan 13,5 km/s gacha tezlikda (suv sathidagi to‘lqinlarga bog‘liq ravishda) 250 tonna yukni tashigan. Bunda solishtirma energetik xarajat bor-yo‘g‘i 1,75 MVt/kg ni tashkil etgan.
Qachonki gap uzoq masofaga ommaviy tashish haqida ketsa, tezlik va tejam- korlik hal qiluvchi mezonga aylanadi. Mazkur mezonlarga mos transport vositasini yaratishda birinchi navbatda nimalarni nazarda tutish kerak? Bunday transportlarda harakat tezligini cheklovchi hech qanday g‘ildirak yoki boshqa mexanik uskunalar bo‘lmasligi lozim. Bunday holatda harakat tezligini havo qarshiligi chegaralashi mumkin. Mazkur kamchilikni bartaraf etish uchun qator loyihalar mualliflari yoki transport vositasini vakuum hosil qilingan quvur ichiga joylashtirish yoki atmosferaning havo siyrak qatlamlariga chiqishga harakat qilishgan.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin