O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə79/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

10.19-rasm. G.G.Zelkin tomonidan taklif etilgan ekronoplan
Ekranoplanning og‘irligini taqsimlanishidan kelib chiqib, bir meʼyordagi ko‘tarilish kuchini hosil qilish uchun qanotlar 3 o‘zgaruvchan maydonga ega bo‘ladi. Tyagalar sifatida cho‘zuvchi yoki itaruvchi vintli dvigatellar yoxud reaktiv dvigatellar 4 ni qo‘llash mumkin. Reaktiv oqimi katta tezlikda bo‘lgan reaktiv dvigatellardan foydalanilganda, xuddi havo yostiqchali qanotli reaktiv poyezdlar- dagi kabi, reaktiv dvigatel oqimi ko‘tarilish kuchini hosil qilishi uchun ularni tar- novlar 5 ichiga joylashtirish maqsadga muvofiq. Tezlikni oshirgandan so‘ng ekra- noplan rels balkalaridan sirg‘alib tushadi va suv sathida parvozni davom ettiradi.
Ekranoplanning kreyser tezligi 500-700 km/s ni tashkil etadi. Tezlikning bundan ortishi havo qarshiligini yengish uchun zarur bo‘lgan quvvatning sezilarli oshishiga bog‘liq. Tezlik zahirasi dinamik bosim ostida hosil bo‘ladigan havo yostiqchasi tezligini oshirishga xizmat qiladi, bu esa dengiz to‘lqinlanishida uskunadan foydalanishga imkon yaratadi. Xavfsizlik shartlariga ko‘ra to‘lqinlar ekranoplan tubiga urilmasligi zarur, natijada yuqori tezliklar ekranoplanni ofat maydonidan chiqishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, portdan chiqish vaqtini Yerning navigatsiya yo‘ldoshlaridan uzatilayotgan ob-havo maʼlumotlariga moslash mumkin.
Ekranoplanning yuqori tezliklari havo yostiqchasida muhim bosimni hosil qiladi. Uning ko‘tarilish kuchi havo yostiqchasidagi bosimning plandagi ekran maydoniga nisbati bilan aniqlangani uchun, ekranoplanning yuk ko‘tarish qobili- yati o‘n, xatto yuz minglab tonna bilan o‘lchanadi, ekranoplan o‘lchamlarining ortishi bilan uning kuch ko‘rsatmalarining solishtirma quvvati kamayib boradi.
Loyihada ekranoplan o‘lchami va tanlangan konstruksiyasiga bog‘liq holda o‘t
oldiruvchi maydonda rels balkalarini yo‘naltiruvchilarga nisbatan havo yostiqcha- lari hosil bo‘lishining turli usullari ko‘rib chiqiladi. Havo yostiqchalarini hosil
qilish uchun ekranoplanning ventilyator qurilmalari, kompress stansiyalar va yuqo- ri bosimda siqilgan havo ballonlari alohida va kompleks ishlatiladi. Uchish tezli- giga bog‘liq ravishda havo yostiqchalarini quvvatlovchi ventilyatorlar ishi va tya- gani hosil qilish uchun kuch qurilmalaridagi quvvatning avtomatik qayta taqsim- lanishi ko‘zda tutilgan. Rels poyidan tushgandan va suv sathida ucha boshlagandan so‘ng yo‘lning rels balkalarini qamrab oluvchi sirg‘aluvchi shassi elementlari ekranning kerakli shaklini hosil qilib, ekranoplan korpusidan olib tashlanadi.
Ekranoplan ventilyatorlari qo‘nish vaqtida shassida havo yostiqchalarini hosil qilishda foydalaniladi. Аgar qo‘nish suvda amalga oshirilsa, unda qo‘nishning o‘zi va boshlang‘ich tormozlash havo yostiqchalarida amalga oshiriladi, so‘ngra ekranoplan suv sig‘imili kemaga aylanadi. Tinch suvda, zatonda ventilyatorlarning quvvati ekranoplanning havo yostiqchaga tayanib qimirlamay turib qolish rejimiga o‘tishi uchun yetarli bo‘ladi. Bu holatda uni start maydoniga chiqarish va keyingi parvoz uchun yo‘naltiruvchi relslarga joylashtirish qiyin emas.
Loyihada avariya holatida qo‘nish suv sathidan start berish ko‘zda tutilgan. Buning uchun parvoz paytida tortishni hosil qiluvchi qo‘shimcha start tezlatkichlari va o‘t oldirish maydonida havo yostiqchasini hosil qiluvchi yuqori bosimli ballonlar yoki quvvat rezervlari kerak bo‘ladi. Dengiz to‘lqinlanishidagi avariya holatida qo‘nishda uskuna to‘nkarilishining oldini olish kafolatlangan ko‘p korpusli ekranoplanlar konstruksiya variantlari ko‘rib chiqildi.
Ekranoplanning tasvirlangan loyihasi taraqqiyotning barcha mezonlari jihatidan ancha istiqbolli va samarali hisoblanadi. Bunday ekranoplan aviatsion, dengiz va quruqlik transportlari yutuqlaridan, shuningdek juda katta miqdordagi odamlar va yuklarni katta masofalarga yetarli tezlik va ekonomik samaradorlik bilan tashish muammolarini hal etish uchun kosmik texnikadan foydalanadi.
Vezdexod – amfibiyalar Shimoldagi yangi hech kim yashamaydigan tumanlarda yo‘lovchi va yuk tashish uchun ishlatiladi. Ular g‘ildirakli kichik kemalar (qayiqlar) ko‘rinishida, yoki botqoq va yumshoq yerlarda harakatlanish va suzish qobiliyatiga ega gusenitsali mashinalar ko‘rinishida ishlangan.
Аralash avtomobil-temir yo‘l transporti vositalari juda ko‘p miqdordagi
tajribali namunalar va loyihalarda taqdim etilgan. Bu avtomobil va temir yo‘l yo‘laklarida, shuningdek shosse va temir yo‘llarda ham bir xil yaxshi harakatlanadigan relsli avtobuslar va «gibrid» treylerlar.
«Аvtoplanlar» yoki uchadigan avtomobillar - yo‘llarda va havoda harakatlanuvchi aralash vosita.
Ularni namunalari konstruktor-havaskorlar tomonidan yaratilgan. Аvtomobil- ning samolyotga va qayta yana avtomobilga aylanish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Jarayon ko‘tarib turuvchi qanotlar, dum patlari va havo vintlarini montaj qilinishidan iborat.
Istalgan vaqtda suvdan havo ko‘tariluvchi va kerak paytda yana uchish jarayo- nida suvga tushuvchi suvosti kema-samolyot yaratish bo‘yicha loyihalar mavjud.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin