O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


TRАNSPORTNING YANGI TURLАRI Transport turlarining progressivligi kriteriylari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə62/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

TRАNSPORTNING YANGI TURLАRI

    1. Transport turlarining progressivligi kriteriylari


O‘rganilayotgan keng olamning chegaralarini kengaytirishning yagona usuli – to‘rtinchi o‘lchov - vaqtga joy o‘zgartirish tezligini oshirish yo‘li bilan taʼsir etish. Hamma davrda inson fikri bu tezlikni oshirish ustida betinim, fan va texnikaning barcha erishgan yutuqlaridan foydalanib, ishladi. Erishilgan tezlikning kattaligi nafaqat transport vositalari, balki butun inson jamiyati turgan ilmiy-fan darajaning isbotidir. Cheklangan tezlikning ahamiyati bo‘yicha uning erishilgan vaqti xaqida fikr yuritish mumkin. Cheklangan tezlikni 30-35 km/s deb aytilsa, tushunamizki, gap arava va ot aravalar xaqida ketyapti.
Chegaralangan tezlik 150 km/s bizni havoga birinchi samolyotlar ko‘tarilgan XX asr boshiga olib keladi. Reaktiv aviatsiyasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tovush barьeridan o‘tish, XX asrning ikkinchi yarmi boshlanganligi xaqida maʼlum qiladi.
Birinchi kosmik tezlik (7,91 km/s Yer yuzasi oldida) aniq sanani ko‘rsatadi – 4 oktyabr 1957 yil, Yerning birinchi sunʼiy yo‘ldoshi o‘zining signallari bilan dunyoga kosmik asrning boshlanganligi xaqida maʼlum qildi.
Birinchi kosmik tezlik ketidan ikkinchisi, 11,2 km/s teng tezlik keldi. Bu tezlik yer tortish kuchini yengish uchun yetarli, unga erishib, tana parabolik traektoriya bo‘yicha Yer atrofini tark etadi va Quyosh atrofidagi orbitaga ketadi.
Inson tomonidan yaratilgan apparatning chegaralangan tezligi – uchinchi kosmik tezlik, u 16,66 km/s ga teng. Unga erishib, kosmik raketa Yer tortish kuchi maydonini, so‘ng Quyoshning ham tortish kuchi maydonini yengib, quyosh sistemasi chegarasidan chiqdi.
Kelajakda – to‘rtinchi kosmik tezlik, unga erishib, kosmik tana bizning Galaktika chegaralarini tashlab ketadi.
Biroq yuqori transport tezligi har doim ham uzoqni yaqin qilmaydi. Baʼzan obʼektgacha “qo‘l uzatsa bo‘ladi”, lekin unga yetib olish mumkin emas: transport vositasi zarur o‘tish xususiyatiga ega emas. Аvtostrada tugaydi va tezyurar avtomobil aravadan ko‘ra ham yordamtalab bo‘lib qoladi. Lekin baʼzi holatlarda
arava ham o‘ta olmaydi va shunda vertolet tengsiz deb baholanadi, biroq uning nisbatan tejamli emasligi sababli undan baʼzan foydalaniladi. Shunday qilib, istalgan transport vositasining kriteriylari bo‘lib, nafaqat uning tezligi va o‘tkazuvchanligi, balki tejamkorligi ham hisoblanadi.
Ishlab chiqarilayotgan transport vositalarini baholash lozim bo‘lgan jadallikning boshqa kriteriylari bo‘yicha xavfsizlik, mustahkamlik, o‘tkazuvchanlik, yukko‘taruvchanlik, qulaylik, ekologik taʼsir hisoblanadi. Transportning atrof-muhitga taʼsiri hozirgi vaqtda muhim ahamiyatga ega va har gal qattiq tekshirilishi lozim. Keyinchalik bu faktorning ahamiyati yanada ortadi.
Hozirgi vaqtga kelib, doimiy yoki tajriba-ekspluatatsion qurilmalar ko‘rinishida transport vositalarining bir necha yangi turlari ishlab chiqarildi va qo‘llanildi, undan tashqari yanada ko‘prog‘i loyihalar, patentlar yoki fikr hisobida mavjud, lekin qo‘llanilmagan va hozirda zamonaviy texnikasosda tiklanmoqda.
Transportning yangi turlari toifasiga dirijabllar, monorels yo‘llar, kemalar va havo yostiqchalaridagi va magnit osmalardagi apparatlar, inertsion transport, quvir transportining original tizimlari, harakatlanuvchi trotuarlar, aralash transport vositalari va harakatlanishning odatiy printsiplaridan dvigatelning konstruksiyasi yoki butun qurilmasi bilan farq qiladigan boshqa uskunalar ham kiradi. Ulardan baʼzilarini yanada chuqurroq ko‘rib chiqamiz.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin