O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston
Yo‘l harakati xavfsizligiАVTOMOBIL parkining ko‘payishi va harakat jadalligining oshishi natijasida har bir mamlakatda avtomobil yo‘llarida xavfsizlik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar dolzarb muammoga aylanmoqda. АVTOMOBIL transportidagi baxtsiz xodisalar soni boshqa transportlarga solishtirilganda hali ham juda yuqori. Qator davlatlar uchun o‘rtacha olganda xalok bo‘lganlar soni turli transport turlarida 100 mln. pass/ km ga teng: temir yo‘l uchun – 0,35, havo yo‘li uchun – 0,53 va avtomobil yo‘li uchun – 2.0. xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti avtomobil xaydovchilarining tartib intizomidir. Xaydovchi vaqtni xisobga olishi, ob-xavoni, avtomobil ni konstruktiv imkoniyatlarini, yo‘l belgilarini, shuningdek, harakatni boshqarish xizmati ishchilarini operativ ko‘rsatmalarini inobatga olishi lozim. Barcha avtomobillar oqimining xarakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xar bir xaydovchi xaydash madaniyatiga ega bo‘lishi ham muhim rolь o‘ynaydi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun yo‘lda yuz berishi mumkin bo‘ladigan avariya xolatlari haqida loyihalashtirish va undan keyingi uni ekspluatatsiya qilish jarayonida ham ogohlantirish katta ahamiyatga ega, chunki xaydovchi barcha xaydash qoidalariga va madaniyatiga rioya qilib kelayotgan bo‘lsa, uning xavfsizligi kafolatlanishi muhim rolь o‘ynaydi. Bunday xavfsizlik xarakatni boshqarish xodimlari tomonidan emas, balki yo‘lchilar tomonidan taʼminlanishi shart. Yo‘lning doimiy yaxshi xolatini saqlash, har qanday ob-havoda xam xavfsiz ekspluatatsiya qilish, reja elementlari, yo‘lning sifatini doimiy taʼminlash maqsadida qo‘yiladigan talablar asosiy mezondir. Bu nuqtai nazardan xarakat rejimida cheklovni bildiradigan xar bir yo‘l belgisi yo‘lda qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan noxushliklar xaqida maʼlumot beradi. Harakat xavfsizligini quyidagi tadbirlar bilan taʼminlanadi: yo‘lning alohida elementlariga texnik meʼyorlar qo‘llanilganligi, ularning harakat tezligiga mos kelishi, ob havo o‘zgarganda ham, ekspluatatsiya qilinganda ham transport yo‘li o‘z sifatini yo‘qotmasligi, qurilishda qo‘yilgan talablardan cheklanmasligi kerak. Xavfsizlik taʼminlangan deb xisoblanadi, qachonki avtomobil transportining turg‘unligi, shuningdek, kutilmaganda yo‘lda uchraydigan to‘siqlar oldida avtomo- billar to‘xtashi uchun ko‘rish masofasi kafolatlansa. Biroq bunda to‘xtatish kuchi- dan butunlay ishlatilishi bilan kutilmaganda to‘xtatiladigan avtomobilni og‘ir ho- latda boshqarishdan kelib chiqiladi, undan tashqari drossel zaslonkasining butunlay ochiq holatidagi dvigatelning ishlashida yoki qatnov qismining foydalanilayotgan tasmasining o‘qi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobilning aniq yoki ozgina chetlashishidan kelib chiqiladi. Аvtomobil harakatlanishining mexanik turg‘unligini taʼminlash vazifalari yaqingacha ham xaydovchi uchun boshqarish qulayligi va yo‘lovchilar uchun harakatlanish qulayligi xaqidagi, hamda tashishlarning kam xarajatligi xaqidagi fikrlar ustidan ustivorlik qilar edi. Yüklə 9,23 Mb. Dostları ilə paylaş: |