Ibtidoiy tasviriy san'at. Bronza davri yutuqlari Yozuv haqida yangi ma'lumotlar Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san'at, xususan, g'orlarning devorlariga turli tasvirlar tushirish so`nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g`ori). O`rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar raezolit davrida paydo bo`ladi. Neolit davriga kelib, bu san'at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o`tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa. Joytun raadaniyatiga raansub yodgorliklardan ibtidoiy san'atning namunalari topilgan. O`tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bо`lgan va O`rta Osiyoning tog`lik tumaniarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko`ra ikki xildir. Bir xillari bo`yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o`yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng tarqalgan.
O`lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunaiari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko`ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo`rilar, bug`u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o`q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko`pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari raazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to`qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.
Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoydabo`lib (Surxondaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya'ni, mihavv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o`sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e'tiqodlarini o`rganishda muhim ahamiyatga egadir. Undan tashqari, qoyatosh suratlari mazmun va manzaralarining boyligi bilan ajralib turadi va ular keng tarqaladi. Ushbu suratlar ishlanish uslubi xilma-xil bo'lib, arxeologik yodgorliklarning bir turi hisoblanadi. Ularning mazmun va manzarasi ma'nosidan kelib chiqib, ibtidoiy yoki qadimgi davr kishilarining xo`jalik hayoti haqida, hayvonlarni ov qilish, qo`lga o`rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikni paydo bo`lishi haqida ma'lum tasavvurlarga ega bo`lishimiz mumkin. Ayni paytda qoyatosh rasmlari o`ziga xos san'at asari bo`lib, ular orqali biz ibtidoiy va qadimgi odamlarning san'ati, estetik iste'dodi o`sha davr nuqtai nazaridan yuqori I darajada bо`lganligini bilib olishimiz mumkin.
Ko`pchilik tadqiqotchilar fikriga qaraganda, bronzaning vatani. Kichik Osiyo va Mesopotamiya bо`lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g`arbida mil avv. III- II ming yillikning boshlarida rivojlangan jamiyat keng ravnaq topadi. O`rta Osiyoda bronza davri mil. avv, III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha bо`lgan I davrni O`z ichiga oladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronza asri uchta katta xronologik davrga: ilk, rivojlangan va so`nggi bronza davrlariga bo`linadi. O`rta Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlarida mavjud bо`lgan bronza davri yodgorliklari madaniyati janubiy hududlardagi o`troq madaniyatdan ajralib turadi.
O`zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullangan qabilalarning moddiy-madaniy vodgorlikiari Xorazmda 50 dan ziyod ochilgan bo`lib, Tozabog`yob inadaniyatinomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatga mansub sopot buvumlar Qozog`iston va Sibir hududlaridan topilgan sopol buyumlarga ancha o`xshab ketsada, o`ziga xos xususiyatlari bilan Sharqiy Yevropa chorvadorlari yaratgan bronza davri Yog`ochband madaniyatidan, Qozog`iston va Sibirdagi Andronovo madaniyatidan ham farq qiladi. Bunga asosiy sabab, tozabog`yobliklar orasida dehqonchilik keng tarqalgan.
Tozabog`yob madaniyatiga oid makonlarning ayrimlaridan qadimiy mozorlar (Ko`kcha), ko`pchiligidan esa yarim yerto`la shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ulardan zeb-ziynatlar, hayvon suyaklari, sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurollar topilgan. Tozabog`yob sopol idishlari asosan qo`lda ishlangan. Xorazmdagi so`nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyatinomi bilan mashhur bo`lib, mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Bu madaniyat sohiblari Tozabog`yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto`la turar-joy, sug`orish inshootlari izlari va qo`lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi.
Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyatinorai bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko`li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston ayniqsa, diqqatga sazovordir. Qabrlar yakka va juft qabrlar bo`lib, dafn etish jarayonida ko`mish marosimlariga amal qilingan. Qazishmalar jarayonida erkaklar qabrlaridan o`q-yoy poykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosb qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, ayollar qabrlaridan sopol idishlar, bronza ko`zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va marjonlar topilgan.
Zamonboboliklar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib, dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Topilgan ko`plab mehnat qurollari, boshoqli o`simliklar qoldiqlari va hayvonlar shundan dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida annandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritibdan har xil ashvolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan.
Samonbobo madaniyati janubdagi o`troq dehqonchilik jamoalari shakliangan. Bu madaniyat xonaki chorvachilik va motigacha) dehqonchiligi bilan kun kechirgan Buxoroning tub aholisiga mansubdir. Bronza davrida Buxoro vohasining daryo adoqlarida endigina dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug`ullanuvchi ilk qishloqlar paydo bo`lib, ular yarim yerto`la va shox-shabba yengil chaylalardari iborat turar joylardan tashkil topgan. Bularda uy hunarmandchiligining misgarlik, toshtaroshlik, to`qimachilik kabi turiari mavjud bo`lsada, aramo hali ular kasb-hunarning rivoj topgan darajasiga yetib bormagan edi.
O`zbekistonning janubidagi bronza davri yodgorliklari qadimgi sug`orish hududlari - Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib tekshirilgan. Ular Sopolli madaniyatinomi bilan mashhurdir.
Sopollitepa markazidan to`rtburchakli istehkom, istehkom ichida turar-joyiar va xo`jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalari uchta madaniy qatlamdan iborat ekanligi aniqlangan. Sopollida qurilish, hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O`choqlar turar joy xonalari ichidagi devor ichiga o`rnatilgan. Asosiy qurilish ashyosi paxsa va xom g`ishtdir.
Sopoilitepadagi turar-joylar tagidan bronza davri qabristoni ochilgan. Ko`pchilik qabrlar yakka qabrlar bo`lib, jamoa qabrlari ham uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol va bezaklar topilgan bo`lsa, erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mehnat va jangovar qurollar topilgan. Sopol topilmalar deyarli naqshlanmagan bo`lib, kulolchilik charxida tayyorlangan.
Mil. avv. II ming yillikning boshi va o`rtalariga oid Sopollitepa aholisining xo`jaligi dehqonchilik va uy chorvachiligiga asoslangan. Shuningdek, daryo toshlaridan va qumtoshdan ishlangan yorg`uchoqlar va hovonchalar ham ko`plab uchraydi. Bu topilmalarning barchasi Sopollitepada dehqonchilik ancha rivqjlanganidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Sopollitepa hozircha O`zbekistondagi dastlabki eng qadimgi dehqonchilik qishlog`idir.
Amudaryoning o`ng qirg`og`ida shakllangan Sopollitepa - bronza davridagi daryodan kechuv yo`lini himoya qiluvchi mustahkam oldingi istehkom (forpost) sifatida paydo bо`lgan. Keyinchalik o`troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qota boshlaydi va bo`shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa tog` darasidan chiquvchi yo'l ustidagi mustahkam qal'a sifatida paydo bо`lgan Jarqo`tonga o`tadi.
Mil.avv. II ming yillikning o`rtalariga kelib Jarqo`ton o`sha hududlardagi dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisortog` oldi vohalari vajanubiy Tojikistonning g`arbiy hududlariga shimoldagi aholining ko`chishlari bo`lib o`tadi. Bu hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ularni davlatlashtirish ushbu jarayon izchillik bilan bo`lib o`tganligini ko`rsatadi. Bu jarayonning rivojlanishi mihavv. II ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning o`ng qirg`og`idagi o`troq dehqonchilik turmush tarzi kechiruvchi aholi manzilgohlarida aholi sonining o`sishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi.
O`zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri qabristoni Samarqand yaqinidagi Mo`minobod qishlog`idan topilgan.
Quyi Qashqadaryodagi Gujayli qabristonidan chorvachilik va dehqonchilik qabilalariga tegishli bо`lgan ashyolar, Farg`ona vodiysi Yangiariq hududidan dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan bog`liq qoyatosh suratlar, Chustdan hunarmandchilik va dehqonchilikka oid buyumlar ko`plab topilgan.
Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo`lga kiritiladi. Xususan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar keng tarqaladi. Bunday idishlar qo`lda ishlangan sopollardan ancha farq qilib, asosan dehqonchilik madaniyati uchun xosdir. Kulolchilik charxining hunarmandchilikka keng kirib kelishi, sopolchilik ishlab chiqarishi yangi texnikasining yaratilishiga sabab bo`lib, keyinchalik ixtisoslashgan -hunarrnandchilikka o`tishning asosiy omillaridan biri bo`lib xizmat qildi.
Mii. avv. II ming yillikka kelib O`zbekistonning dasht hududlariga chorvador qabilalar kelib o`rnasha boshlaydilar. Ularning makonlaridan topiigan moddiy manbalar Janubiy Qozog`istonning cho`llaridagi Andronov madaniyatiga o`xshab ketadi. Dasht qabilalari tarqalganligidan ayniqsa, sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o`rinda tadqiqotchilar bronza davridayoq O`rta Osiyo hududlarida ma'lum darajada etnik madaniy jarayonlar bo`lib o`tgan degan fikrni ilgari suradilar.
Bronza davrining xo`jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar olmgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O`rta Osiyo va tog` oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan qonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg`ul
Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki ilk mehnat taqsimoti edi.
Bu davr manzilgohlarini O`rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay yerlarga joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatinjj yaratgan bo`lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bо`lgan holda dasht va tog` oldi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar.
Bronza davri O`rta Osiyoning ijtiinoiy tuzumida ham o`zgarishlarl sodir bo`lib o`tdi. Urug`chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo,, bu davrda ona urug`ining mavqei yo`qolib bordi. Metall eritish va xo`jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqeij birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lib bordi. Natijada jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qi!adilar, Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste'mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo`ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo`liga o`tadi va ona urug`i tuzumi o`rnini ota urug`i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
O`rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar miLavv. V-1V asrlarda paydo bо`lgan deb kelinar edi. So`nggi yillardagi tadqiqotiar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy Turkmanistondagi Gonurtepa qo`hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan miLavv. III ming yillikka oid o`yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va atnerikalik mutaxassis T. Sharlachlarning fikricha, bu xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo`lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (milavv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa miihri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo`lib, undagi raixxat yozuvlar «Lukaks xo`jalik va quilar hukmdori», deb o`qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o`zaro aloqalardan dalolat beradi.
Shuningdek, so`nggi arxeologik maMumotlarga ko`ra, O`zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-yozuvlar topiigan. Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo`ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o`z flkrini turli belgilarda ifodalaganini ko`rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G`oz qishlog`i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o`g`ir (keii) tbpilgan bo`lib, uning sirtida umumiy soni, 14 ta bо`lgan piktorafik bdgi.
Shaydullayev bu belgini Misr iyeroglifikasi bilan vozuv mavjud. Xullas, brooza charxpalak» dagi hududlarida yozuv paydo bo`lish hamda keyingi tadqiqotlar bu asalaga adtoydinlik kiritishi shubhasizdir.