Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot.
Milliy istiqlol g`oyasi va mafkuraviy masalalar
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma'naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko`lamda faoliyat olib borilmoqda.
Prizidentimiz I.A, Karimov ta'kidlab o`tganidek jiyati shunchalik kengki, uni o`lchab ham, poyoniga etmaydi. U inson uchun butun bir olamdir. sabatlari sharoitida ma'naviyat va ma'rifat ishlariga e’tibor berilishi mustaqil O’zbekistonda yangi jamiyatga xos xususiyatlaridan biridir.
"Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazini tashkilotning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yii 23-aprelida keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma'naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo`Ilab-quvvatlash to’g`risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, railliy istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo’ldi. Yurtboshimizning ma'naviyatga bosh homiy bo`layotgani, viloyat hokimlarining ma'naviy va ma'rifiy Kengashlariga shaxsan o’zlari raislik qiiayotganlari mamlakatimizda ma'naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e'tibor berilganlikni ko`rsatadi.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida "Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish", "Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish" yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo`limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o`rganish ham katta o’rin egallaydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o`rganish va targ`ib etish uchun keng yo`llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta raablag`tar ajratildi. O’zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san'at oliy o`quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo`yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo`yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo`ja Axror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni bisobga olib adabiyotning ilg`or namoyandalari Abdulla Oripov, Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To`lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O’zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo’ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g`azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o`tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Bu tantanaga bag`ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag`ishlangan haftalik o’tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo`lib o’tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil "Amir Temur yili" deb e'lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida "Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi" mavzuida anjuman va unga bag`ishiangan ko`rgazma ochildi. Mamlakatimizda "Temur va temuriylar" muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog`lar, ko`chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najraiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag`ishlanib kechalar o`tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, "Alpomish" dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma'naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag`ishlab, Qur'oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan "Al-Jome' as-Sahiyh" (Ishonarli to`plam), "Al-adab, al-mufrad" (Adab durdonalari) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg`oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati biian allomalar hayotiga bag`ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko`rgazmalar ochildi.
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g`arbda mashhur bо`lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg`oniy al-Marg`iloniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o`tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo`lsan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo`qotmagan bir paytda 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to'g`risida"gi farraonga imzo chekdi. O’zbekiston hukumatining har tomonlama qo’llab-quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bо`lgan bo`lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari Haj ibodatini ado etishga muvoffaq bо`lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi.
So`nggi yillarda Haj safariga boruvchilar 4 ming nafar kishini tashkil etmoqda. Davlat ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda.
1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umuraxalq bayrami deb e'lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri "Navro’z" umumxaiq bayrami sifatida qayta tiklandi.
"Movarounnahr" diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o’z o`rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O’zbekiston bo’yicha 87 masjid bo`lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg`ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an'analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o’rin tutib kelgan. O’zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o`n to`rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O’zbekiston yevangel-lyutteran jamoasi tashkil etganining 100 yilligiga bag`ishlangan "Bir osmon ostida" shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o’rtasida o`tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida "Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo`lida" mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo`lib o’tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Tsroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o`ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy rauassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o`tkazish uchun aynan O’zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o`lkadan dunyoga dong`i ketgan buyuk allomalar, islom olamida katta hurmatga ega bо`lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O’zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O’zbekistonda yana takror aytaman, O’zbekistonda barcha dinlarga bir xil e'tibor berayotgani vijdon erkinligi to’la ta'minlanganligi meni juda quvontirdi, Bu jihatdan O’zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko`rsatsa arziydi». degan edi.
Istiqlol yo`lida qadam tashiab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma'naviy, madaniy omillariga e'tibor berish bilan birga maorif, ta'lim-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilmoqda.
"Ta'lim-tarbiya tizimini O’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo`lmaydi. ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi"-deydi I.A.Karimov.
Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda, O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o`rganib chiqib, ilg`or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta'lim tashabbusini inobatga olib ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko`tarish va O’zbekistonning ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda "Talim to'g'risida"gi qonun qabul qilindi.
Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
- ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
-e'tiqodi, dinidan qatiy nazar barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan xoliligi.
1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan "O’zbekistonda o`quvchi yoshlarni rag`batlantirish choralari to'g`risi"dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta'lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e'tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o’z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi jahonning ilg`or taraqqiy etgan mamlakatlari yo`lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog`liq bo`lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ`ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo`lsa, endilikda bu o`quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi "Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi", "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti", ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug`-aymoqchilik, mahalliychilik, poraxo`rlik kabi o`tmish qoldiqlaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo'1 ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko`rsatadi.
O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma'rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog`liq. I.A.Karimov muxbirlarning "Sizning siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berishning sabablari nimada?", deb so`ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo`lmaydi, ong, g`oya, tafakkur ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog`liq, bir-birini to`ldiradi deb javob beradi.
1997-yil, 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning "Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" ma'ruzasi asosida yangi tahrirda "Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang`ich sinflarda o`quv-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o’rta-maxsus va oliy o`quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi, 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o’rta-maxsus o`quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo’lida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, milatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo`lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo`yilmoqda.
Bu borada "Umid" (1997-yil), "Ulug`bek" (1993-yil) jamg`armalari olib borayotgan ishlar alohida o’rin tutadi, Faqat "Umid" jamg`armasi sinovtarida 1997-1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo’ldi. 2000-2001-o'quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o`tkazilib, ulardan 124 tasi xorijiy davlatlarni eng nufuzli o`quv yurtlarida o`qishga sazovor bo’ldi.
Yaqinda o’z faoliyatini boshlagan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g`oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko`rsatildi:
• uzluksizlik: ta'lim-fan ishlab chiqarish;
• mutaxassislarga talab istiqbolini o`rganish;
• o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
•o`quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli ma'naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
• korxonalarda maktab-institutlar bazasini raustahkamlashdan foydalanish;
• chet el sarmoyalaridan foydalanish.
Ta`lim to’g’risidagi yangi qonunga ko`ra, uzluksiz ta'lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
Maktabgacha-oila va bog`cha tarbiyasi.
Boshlang'ichta'lim 1-4 sinflar.
Umumiy ta'lim majburiy bo`lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
Majburiy-ixtiyoriy tusdagi O’rta-maxsus bilim va kasb-hunar o`quv yurtlari: 3 yilga mo`ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari.
Oliy ta'lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o`qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yilga, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.
Ta'lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
I. 1997-2001-yy. O’tishdavri.
II.2000-2005-yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.
III. 2005-yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davr.
O`tgan qisqa davr ichida "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini" amalga oshirishdagi birinchi bosqichidagi natijalar ko’zga ko’rinarli darajada bo’ldi. Hozirgi kunda umuman ta'lim taraqqiyoti 2005-2004-yillarga mo`ljallangan maxsus qaror asosida amalga oshirilmoqda.
Maorif sohasidagi islohotlar natijasida O’rta maxsus bilim yurtlari tubdan qayta qurildi. Endilikda 9-sinflarni bitirganlar uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining eshigi keng ochildi. 2003 yilning avgustida mamlakatda 6865 bolalar bog`chalari mavjud bo`lib, ularda 642000 bola tarbiya olmoqda. 64000 pedagoglar tarbiya ishlarini olib bormoqda. 9702 umumta'lim maktablarida 6 mln.272000 o`quvchi ta'Iim tarbiya olmoqda. 500 ming dan ortiq pedagog o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. Ayni vaqtda akademik litseylarda 30620 o`quvchi o`qimoqda, 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar o`rganmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2004-2009 yillarga mo`ljallangan umumta'lim maktablarining 9-sinfini bitirgan o`quvchilar hammasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o`qishlari zarur. Oliy ta`lim tizimi keng rivojlanmoqda. 1991 yili O’zbekistonda 52 oliygoh bo`lsa, hozirgi kunda ularning soni 63 taga yetdi, bulardan 19 tasi universitetlardir.
O’zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug`ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo`ydi. Hozirgi kunda Respublikada jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang`ich tashkiloti shug`ullangan bo`lib ulardan 9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan.
Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e'tibor qaratilgan. Jumladan, hozirgi kunga kelib 500dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya klublari, 8ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab turibdi. Sport bilan shug`ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 sport maydonchalari xizmat ko`rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, voleybol, basketbol inaydonlari mavjuddir.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqiarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Dasturga ko`ra ayniqsa qishloq yoshlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o`tgan bir yildan ko’proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog`lomlashtirish klublari tashkil qilindi.
2000-yil O’zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, rnuvaifaqiyatli yil bo’ldi. Saralash musobaqalarida g`olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo’yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo`lib o`tgan XXVII Olirnpiada o`yinlarida qatnashishga muyassar bo’ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo’lga kiritib, 200 mamlakat o’rtasida 41-o'rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O’zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo’yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo`lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo’ldi. Turkiyada bo`lib o`tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o’rinni egalladilar. Respublika cherapioni Rustam Qosimjonov o’z taxtasida bronza medaliga ega bo’ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o`tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon cherapioni unvonini qo’lga kiritdi.
Jamiyat taraqqiyotida ro`y berayotgan o’zgarishlarni tushunish, hur fikrlilikka intilish kishilarni istiqlol yo`lidan olib boruvchi g`oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.
Jamiyatimizda siyosiy mustaqillikka erishib iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi yurtboshimiz aytganidek, «suv bilan havodek zarurdir». Busiz, ya'ni fikrlash, e'tiqod o’zgarmasdan bozor munosabatlariga o’tishdavrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erishish rnurakkab vazifadir. I.A.Karimov milliy mustaqillik g`oyasining zararligi to’g’risida gapirar ekan "O’zining kelajagini qurmoqchi bо`lgan har qanday davlat yoxud jatniyat, albatta O’z milliy g`oyasiga suyanishi va tayanishi kerak", - deb ta'kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko’rsatib uning: "...asi ma'nosi eskicha aqidalardan xoli bо`lgan, mustaqii va yangicha-fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat",-deydi. Mustaqillik g`oyasi va mafkurasining xalqirnizga to’g’ri yo'1 kO`rsatuvchi, uni birlashtiruvchi,] buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg`unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezident I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki davrida, 1993-yil 6-may O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq, XII sessiyasida "Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir",- degan edi. Kishilarimizni qaysi toifa va guruhda bo’lishidan qafiy nazar ma'naviy inqirozdan chiqaradigan yagona miliiy g`oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik raafkurasidir.
Yagona maqsad, yagona g`oya bo`lmasa jamiyat inqirozga uchraydi, halok bo`Iadi. Buni biz yaqin va olis o`tmishdagi tariximizdan bilaraiz. Milliy istiqlol g`oyasi kelajak maqsadni ifodalaydigan xalqimizning ming yillik tarixini buyuk kelajak bilan bog`laydigan, ana shu yuksak maqsad yo`lida 120 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini bajaradi.
Mustaqil O’zbekiston tarixi milliy istiqlol g`oyasining tarixidir. I.A.Karimov: o’zining hayotini, oldiga qo`ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg`uradigan millat hech bir davrda milliy g`oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi",-deydi.
Milliy istiqlol g`oyasi O’zbekiston respublikasining ko’p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o’zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo`lidagi ustuvor yo`nalish deb qaraydi. "Ozbekiston vatanim manim" g`oyasi barcha O’zbekistonliklarning dilidan o’rin olgan. Bu fikrlarning tasdig`ini "Ijtimoiy fikr" markazi tomonidan 1999 yilning iyun oyida o`tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijasida ko`rish mumkin. Qoraqolpog`iston Respublikasi, Samarqand, Toshkent, Farg`ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1350 respondentlar ishtirokida o`tkazilgan tadqiqotda O’zbeklardan tashqari tojik, qozoq, tatar, qirg`iz, rus, ukrain, belorus millatlari vakillari O’zbekistonda millatlararo va fuqarolik barqarorlikning sabablari nimada?-degan savolga yakdillik bilan quyidagicha javob berdilar: 59,5%-Respublika Prezidenti I.Karimovning oqilona siyosati, 31,3%-davlatning oddiy xalq. to’g’risidagi g`amxo`rligi, 22%-o’zbek xalqining bag`rikengligi, 15,3%-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo`lida iqtisodiy, ijtimoiy-siypsiy, madaniy-ma'rifiy ishlarimizdagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarni oidini olishni muhim vazifa qilib qo`yadi. Shu maqsadda xalqimizning an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg`ularini kishilar ongiga singdirish lozimdir.
Milliy mustaqillik g`oyasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqilligimiz tayanchi va kelajagi yosh avlodni milliy g`urur, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g`oyalariga e'tiborsizlik og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 1999 yil 16-fevral "qonli seshanba" kungi voqealar milliy mustaqillik g`oyasini, mafkurasini yoshlarimiz diliga yetkazish zarurligini, buning uchun g`oyaviy, mafkuraviy ishlarimizni kuchaytirish lozimligini ko`rsatdi.
Bu borada yurtboshimiz l.A.Karimov 2000-yil aprelda Oqsaroy qarorgohida ziyolilar bilan o`tkazilgan rauloqotida, shu yilning iyun oyida "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridagi milliy istiqlol mafkurasining mohiyati, zaruriyati, ahamiyati, uning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy asoslari to’g’risidagi ta'limoti istiqlolimizning buyuk g`oyalarini kishilarimiz tafakkuriga singdirish borasidagi ishlarimizning dasturidir.
Milliy istiqlol g`oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, birinchi navbatda yoshlarimiz o’rtasida targ`ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo`lida dastlabki qadamlar qo`yilmoqda, "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi qoshidagi targ`ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma'ruzachilar ishining yo`lga qo`yilayotgani, ular uchun "Voizga yordam" ruknida risolalar chop etilayotgani shular jumlasidandir. Prezidentimiz farmoni bilan "Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" maxsus fan sifatida ta'lim tizimining barcha bosqichlariga kiritildi.
Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi o`rla Osiyo, xususan, O’zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me'morchilik, ma'danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan, hozirgi kunda O’zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o`rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o’z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo`shmoqdalar. Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda O’zbekiston Respublikasi FAning bo`limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko`rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o`quv yurtlarida hara olib boriiadi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o`quv yurtlari, xalq ta'lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi o`quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o`qituvchilik va ilraiy faoliyat bilan shug`ullanadilar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan scrng mamlakatda ilm-fanga alohida e'tibor berildi. Xalq xo`jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Tunnush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida"gi qarori mamlakatda fanni rivqjlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e'tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ`ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya - tijorat markazi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqeyi ortdi.
O’zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O’zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko’pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo’ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga ham haqiqiy ham faxriy a'zolikka saylandilar. O’zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta'sis etdi. 1993-yilda O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medal birinchi bo`lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining a'zosi U.I. Karimovga nasib etdi.
1992-yil oktabr oyida esa geologiya-minerologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi L.H.Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi. U AQSh da chiqadigan "Global tektonika va metallogeniya" xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a'zo etib saylandi.
"Fan va texnikada kim haqiqatan kim?" deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risidagi asosiy ma'lumotlarni o’z ichiga olgan qomusga O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q. Habibullayev kiritilgan. O’zbek olimi bu sharafga o’zining qattiq va yumshoq jismlar, issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizikaviy-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar bо`lgan.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol rnehnat qilmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi FA institutlari olimiari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori .. Umarov K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika Xalqaro akademiyasining a'zosi bo’ldi. U mazkur Xalqaro Akademiyaning a'zosi bо`lgan birinchi o’zbek olimidir. Shuningdek, O’zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar, 1993-yilda lordaniya Islom Fanlar Akademiyasi a'zoligiga, M.S. Salohiddinov, YUNESKO Informatsiya Xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a'zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zoligiga Z.S.Salimov, A.A. A'zamxo'jayev, 1997-yil oktabrida U. Tojixonov va Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akademiyasining a'zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya fanlar akademiyasining haqiqiy a'zoligiga saylandilar. Amerika biografiya instituti O’zbekistonning yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qo`shgan hissasiga asoslanib "2001 yil insoni" unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi a'zoligiga saylandi. Bular O’zbekiston fanining xalqaro miqyosda olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, XXI asr quroli, qo`shini bо`lgan davlatgina emas, balki turii sohalar bo’yicha kuch mutaxassislari bо`lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo’lga kiritgan mashhur farzandla bilan buyukdir.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida hara tub o’zgarishlar ro`y berdi. Bu avvalo teatr san'ati, milliy musiqa, me'morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta'minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g`amxo`rligida bo’ldi. 2001-yilning davlat byudjetidan madaniyat va san'at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so`m bu ko`rsatkich 2000-yili 9 mird. 463 mln. so`mni tashkil qilgan edi. Ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan "Turkiston" saroyi nafaqat me'morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo`ladigan dargohga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov "Turkiston" saroyi ochilishi marosimida nutq so’zlab, "Ushbu saroyda xalqiraizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy anjumanlarini, san'at bayramlarini o`tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do`stlik, birdamlik qal'asiga aylanadi",-degan edi.
1998-yil 26-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "O’zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g`risida"gi farmoni e'lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san'atining ko’p asrlik an'analarini o`rganish, boyitish va targ`ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-lexnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta'minlash maqsadida "O’zbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o’rin oldi, 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar saxnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festevali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998-yili al-Farg`oniy, al-Buxoriylarni yubileylariga bag`ishlangan pyessalar yaratildi. jvlamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo`yitdi. 1995-1997-yillari Respublika teatrlari tomonidan 313 yangi spektakllar qo`yildi.
O’zbekistonda musiqa va raqs san'atini rivojlantirish maqsadida "O’zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san'atini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo’llab-quvvatlash masalalari ko’zda tutildi. San'atni barcha sohalari, madaniy-ma'rifiy muassasalari uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo e'tibor markazida bo`lib keldi. Sovetlar davridagi rnadaniyat o`quv ishlari qayta tuzilib ko’plab yangi o`quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar oxirida mamlakatda 27 ta maxsus o`quv yurti faoliyat ko`rsatdi. Shundan bittasi oliy o`quv yurtlari, 20 ta o’rta maxsus bilim yurtlari, 2 maktab-internat.
Mustaqillik yillarida o’zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o’zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho`lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar qori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o`rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr saxnalarida o’z o`rnini egalladilar.
Ma'rifatparvarlar faoliyatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o`rnini ro`yi-rost ko`rsatish boshlandi. o`tmishda diniy va saroy adabiyoti vakili deb tamg`a bosilgan buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o`rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.
Mustaqillik sharofati bois mo`tabar Qur'oni Karim va hadislar chop etildi. Bunday asarlarning xalqimiz qo’liga yetib borishi butunlay yangi, sog`lom, sof milliy g`oyalarimiznng, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi va ko’plab nashr etilgan boshqa asarlar miiliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining buyuk xayotbaxsh kuchini ko`rsatadi.
Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O’zbekiston qahramonlari Sayid Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O’zekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa'dullayevlar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Milliy istiqlol davridagi o’zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Nayim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o’rin egallaydi. T.Malikning romanlari. O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek. H.Do`stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g`oyaviy yetuk asarlari o’zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissabo`lib qo`shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-ma'rifiy muassasalar ishlarida hara keskin o’zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997-yili 9442 ta bo`lsa, bulardan 60 tasi muzeylar, 2657 tasi klublar, 6725 tasi kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi o’rtasida inadaniy-ma'rifiy tarbiyaning o`chog`iga aylandi.
Aholi o’rtasida madaniy-raa'rifiy ishlarni tashkil qituvchi muassasalardan biri kutubxonalar bo`lib, ularning soni 1996-yili 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6 mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq rayonlarida edi. Kutubxona xodimlaridan 65 foizi oliy va o’rta ma'lumotli mutaxassislardir.
Millatimizning o’zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlarmizni tiklashda rauzeylar alohida o’rin tutadi. Shu jihatdan Prezident I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni muzeylar isblarin! rivojlantirishda dastur rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bо`lgan e'tibor oshib bormoqda "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ni qurilishi, "O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi", "Xalq amaliy san'ati muzeyi" ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat qaramog`idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23-O`lkashunoslik, 10-badiiy san'at koshonasi, 20-memorial rauassasa, 8-adabiyot, 4-tibbiyot muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga o’zlarining hissalarini qo`shmoqda.
O’zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylarda 2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponantlar saqlanmoqda va bularni o`tgan davrda 1.655.400 kishi tomosha qilgan.
Sharq va g’arb me'morchiligi uyg`unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat markazlarida qad ko’tarib, shaharlarimiz husniga husn qo`shraoqda. Milliy bank, mehmonxona binolari hamda madaniyat va. istirohat bog`larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati, tasviriy san'at, raqs, kino san'atlarida ham aifanaviy va zamonaviy usullar uyg`unlashib yetuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.
Xulosa, O’zbekiston o’zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda; mafkuraviy-ma'naviy, madaniy ishlarga ham e'tiborni kuchaytirib. jahonning rivojlangan davlatlari orasida o’z nuftizi va obro`sini yuqori ko`tarmoqda.
20-mavzu. О`zbekiston va Jahon hamjamiyati О`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi
XX asrning oxirgi o`n yilligi insoniyat tarixiga buyiik o’zgarishlar davri bo`lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o’zgarib, bir-biriga qararaa-qarshi bо`lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosly tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun raamlakatlar taqdiriga ta'sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o"z taraqqiyot ko’lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O’zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish maqsadida o’zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O’zbekistonning o’z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo`g`rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o’rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlaraing qadimdan hanifikr bolib keigani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda "ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O’zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yolda Prezident I. A. Karimovning o’rni beqiyosligini ham aytib o’tmoq lozim.
Ma'lumki, sobiq ittifoq davrida O’zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan tcfg`ridan to’g’ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo`lib, respublikaning o`rni faqat qog`ozlarda federatsiya subyekti sifatida raustahkamlangan edi, xolos. (O’zbekiston o’z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko`rsatishclan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o`rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori raalakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta'kidlash kerakki, O’zbekiston bu ishlarni rejali tarzda araalga oshirdi.
Xalqaro hamjamiyatning to’la huquqli a'zosi bо`lgan O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o’z hududini qurol-yarog`lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o’rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo'1 qo" ymaslikdan iborat",-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan "Mustaqillik haqidagi Bayonot"da o’z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan O’zbekistotv Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu yoqni qonun bilan mustahkamladi. (O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o’zining asarlari, ma'ruzalari va nutqlarida nazaviy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
• milliy-davlat manfaatlarini ustun qo’ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
• umumbashariy qadriyatlarni ustun qo`ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo'1 bilan hal etish;
• tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlikni o`rnatishda boshqa mamiakatlaming ichki ishlariga aralashmaslik
• barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o’rnatishga intilish;
• xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;
• tashqi siyosatda ko’p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e'tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi, Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida "Diplomatik munosabatlarni o`rganish tartibi", "O’zbekistonda xaiqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish" haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o’z aksini topdi.
Shu o’rinda aytib o’tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikisi o’zining tashqi siyosatdagi tayanishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bо`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O’zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig`i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o`rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O’zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O’z navbatida (O’zbekistoiming elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko’rsatib turibdi.
Mustaqil O’zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug`lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta'sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e'tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o’rin olishda ham katta ahamiyatga ega boldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O’zbekistondagi vakili etib saylandi.
O’zbekiston BMTning to’laqonli a'zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig`ilishlarida ishtirok etishi bilan o’zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O’zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e'tiborini qaratishi O’zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o’rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma'ruzasida O’zbekiston Prezidenti I.A.K.arimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O’zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darakberdi. Prezident l.A.Karimov bu ma'ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi, Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bcf yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilisb va istiqbolini belgilash bo’yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e'lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta'qiqlash bo’yicha xalqaro nazorat o`rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo’yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig`ilishida so’zlagan nutqida ham asosiy e'tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezidentimiz muayyan "olovli nuqtalar" deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O’zbekiston "ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslikni ta'minlash bo’yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to`xtatish haqidagi shartnomaning tezdatuzilishi tarafdori" ekanligini ham ko’rsatib o’tdi.
Ushbu yig`ilishda davlatimiz rahbari tomonidan orol dengizi qurishi bilan bog`liq bergan global muammoni kcTtarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi, Prezident I.A.Karimov "Orol dengizining qurishi bilan bog`liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, O`nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta'sir ko`rsatuvchi global muammo" ekanligini ko’rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. Bunday muammolar Prezidentimizmng fundamental asari "O’zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda dunyoda barqarorlik va jo`g`rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo’lishi asoslab o’tildi.
O’zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro miqyosda manfaatli bolgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo’llab-quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag`ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning ko’p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O’zbekiston rahbarining so’zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A.Karimov bu uchrashuvning "Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik" shiori ostida o’tayotganini mamnuniyat bilan izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashda muhim yo'l bo`lib xizmat qilishini ko’rsatib berdi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O’zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko’pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig`ilishlarda O’zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi "6+2" guruhining tuzilishiga asds bo’lgan edi. (O’zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va "Tolibon" harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o`tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea boMdiki, bu uchrashuv mintaqaning o’zida bo’lib o’tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni "Afg`onistondagi mojorolarni tinch yo"l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to’g’risidagi" tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O’zbekiston rahbariyatining ko"p yillik sa'y-harakatlari natijasi edi. O’zbekiston rahbariyatining tinchlik yolidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg`onistonda muxolif kuchlar o’rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur Bayonot o’zaro qon to’kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o’tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O’zbekistonning tinchlik yo`lidagi real harakatlarining asosi sifatidayaqqol ko’zga tashlanib qoldi.
O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo`lga qo’yilishi
O’zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta'minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko`rsatdi. Ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, qo’shilmasiik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo’lga qo’yildi. 1994-yil iyul oyida O’zbekiston NATOning "Tinchlik yo`lidagi hamkorlik" dasturiga qo’shildi. Bu dasturga ko’ra, O’zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o`tkazilgan harbiy mashqlarda, O’zbekiston xududida amerikaliklar bilan o’tkazilgan desantchilarning "Ultrabalans-96" harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o`tkazilgan "Kooperativ bankers-97" mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o’ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo`lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi "Tinchlik yo`lida hamkorlik" dasturining a'zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O’zbekistonning "Tinchlik yo`lida hamkoriik" Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O’zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo’lish uchun imkon berar edi". NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O’zbekistonga tashriflari O’zbekiston va mazkur tashkiiot o’rtasidagi tinchlik yo`lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko`rsatdi.
O’zbekiston BMTga a'zo bo`lib kirgan yillari EXHTning katta ma.nsabdor xodimlari qo’mitasitiing Pragadagi yig`ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a'zo bolib kirishi masalasi ko`tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O’zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O’zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo`linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo’yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta'minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan harnkorlikni yo`lga qo’yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning "Inson xuquqlari bo’yicha milliy institutlar", "Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida" mavzusidagi bir qator anjumanlari o`tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta'limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohastdagi roli masalasini ko`rib chiqdi. Bunday yig`ilishlarda (O’zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo`lib qoldi. O’zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Unda O’zbekiston rahbariyati tomonidan "xavfsizlikning, shu jumladan. Yevropa xavfsizligining chegarasi ycTq. Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining roli, ahamiyati, qolaversa, mas'uliyati Yevropa bilangina chegaralanib qolmasligi, undan tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo`ladi" deb aytilgan so’zlari alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur anjumanda O’zbekiston xavfsiziik muammosiga doir o’z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo’ldi. Prezidentimiz yig`ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb yana bir bor e'lon qildi. O’zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog` yetkazib berishni to`xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a'zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar. jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyiilari ishlab chiqilgan edi. Yig`ilishda O’zbekiston rahbarining ma'ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta'minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yig`ilishda global ahamiyatga ega bolgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabix niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo`qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta'minlash mumkinligini alohida ta'kidladi. XX asr, oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarsjii keskin kurash davri bo’ldi. Bu kurashga O’zbekiston o’zining katta hissasini qo`shmoqda. Buni AQSh senatorlaridan Liberman tasdiqlab:
O’zbekistonsiz bizning Afg`onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo`lmas edi" deydi.
Bu o’rinda O’zbekistonning Yevropa ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to`xtab o`tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo’yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo`lib. bu muzokaralar 1996-yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o`laroq O’zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o’rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YI davlatlari rahbarlarining yig`ilishida O’zbekiston Prezidenti l.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning "Fortezza de basso" qafasida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bu hujjat O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o"z o`rni va ovoziga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etdi. I.A.Ka.rimov qo’lga kiritilgan bu bitimni "O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi munosabatlarda ''yangi turmush nuqtasi" deb atadi. Mazkur bitim O’zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo`lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg`or davlatlar bilan bo’layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ilm-fan, madaniyat, sarrat, ta'lim sohasidagi o’zaro hamkorlikning keng ko’lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omii bolib xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, qo’shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o`rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a'zoga ega. 1985-yiida tuzilgan qo`shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo’l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yo`nalishlarga t.o'la mos keladi. O’zbekiston bu tashkilotga 105-a'zo bolib kirdi.
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo`shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o`rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O’zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo`lidan borib. Jahbn banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko`maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo`lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo`lga qo`yib oldi. Shu bilan birga O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, xalqaro pochta ittifoqi, elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, jahon meteorologiya tashkiloti, xalqaro olimpiada qo`mitasi, xalqaro avtomobilcbilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarni tiklab oldi. Ulaniing vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko`rsatmoqda. BMT ning ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz O’rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O’zbekiston 1993 yil YUNESKOga a'zo boMgan edi. O`sha paytdayoq YUNESKO dasturiga buyuk munajjim Muhammad Tarag`ay Ulug`bek tavalludini dunyo miqyosida nishonlash masalasi O’zbekiston bilan ushbu tashkilot o’rtasidagi hamkorlikning yangi asosdagi rivojini boshlab berdi. 1994-yilga kelib esa O’zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o’zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhirn qadam bo’ldi. 1996-yilga kelib Toshkentda YUNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o`tgan vaqtdan beri O’zbekiston va YIJNESKO tashkiloti o’rtasidagi aloqalar yildan yilga kengayib bordi. Ayniqsa 1995-yil avgust oyida YUNESKO Bosh direktori F.Mayorning O’zbekistonga rasmiy tashrifi, uning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bilan muzokaralari muhim tarixiy voqea sifatida tarixga bitildi.
1996-yil O’zbekiston Prezidenti ham YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog`ida I.A.Karimov YUNESKO ijroiya kengashining 149-sessiyasida nutq so’zladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma'rifatning gullab-yashnashi " kcTrgazmasini ochdi.
O’zbekiston bilan YUNESKOning cfzaro hamkorligi kengayshi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000-yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO rO`yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu ro`yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar boMdi. Bunday aloqalar o’z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog`onaga kO`tarjb, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o`tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad ai-Farg`oniy, linom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, "Alpomish" dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida O`tkazildi.
Mustaqil O’zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXR ni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to’la huquqli a'zosi bo’ldi. 1998 yili tashkil etilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`izston va Tojikiston Respublikalari a'zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o`rnatisbdan iborat bo`lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremiztnga qarshi kurashda tashkilotning faoliyal markazida turadigaa bo`ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko`chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog`istonning Astana shahrida «Shanxay hamkorligi» tashkilotining o`ninchi marta uchrashuvi o’tdi. Sammitda doimiy a'zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo`g`uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qildi ularning vakillari samraitda ishtirok etdi. Astana uchrashuvi qatnashchilari «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi» ni yakdillik bilan qabul qildi. O’zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to’g’risida hujjatlarni imzoladi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko’p tomonlama aloqalar o`rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan.davlatlar va qo`shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi.
Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an'analari yaqin bо`lgan Sharq mamlakatlari bilan o’zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. Bu o’rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib o’tisho’rinlidir. Shuningdek, O’zbekiston 1992-yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiiotiga a'zo bo`lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog`iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan "Trans-Osiyo" temir yo'1 aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad puli qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O’zbekiston uchun dengiz yo`llariga, xalqaro transport tarmog`iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatiiu berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madamy va diniy tomondan ham uzviy bog`liq bo’ldi. Bu harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o`qitish imkoniyatlariga yo'l ochdi.
O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilati aloqalari kengayib bu ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo`lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o`rnatdi. 1992-yilda ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari o`rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san'at sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko’pdan ko"p imkoniyatlar vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining XXR ga qilgan bir necha bor davlat tashriflari xususan, 1992-yilning may oyida, 1994-yilning oktabrdagi, 1999-yilning noyabr oyidagi maxsus tashriflari, XXR Davlat Kengashi rayisi Li Peninng 1994-yil apreldagi, XXR hukumati raisining muovini Xu Szin Taoning 1995-il oktabrdagi XXR raisi Szyan Sze Minning 1996-yil iyunidagi Toshkentga qilgan maxsus tashriflari natijasida ikki mamlakat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi hamkorliklar Kengashdan Xitoy investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, shu jumladan qo`shimcha korxonaiar ko’payib bormoqda. Ikki davlat o’rtasida tashrif, oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Xususan, 1977-yiIi O’zbekiston Jahon tiliari Universitetida 1977 yili Xitoy tili bo`limi ochilgan edi. 2004-yili ikki davlat Toshkentda institut ochishga kelishgan edi. Bu 2005-yili Konfutsiy nomida Xitoy Instituti ochildi. O’zaro madaniy aloqalarda ham fan, madaniyat, san'at ahlining o’zaro foydali hamkorligini kuchaytirish borasida ham turli-tuman tadbirlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda olkaziladigan xalqaro kino hamda musiqa anjumanlarida ikki davlat madaniyat arboblarining ishtirok etib borishi ham fikrimizning dalilidir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning XXRga 2005-yilning iyun oyidagi tashrifi ikki davlat o’rtasida munosabatlarning yangi, yuqori bosqichini ochdi. I.Karimov va XXR raisi Xu Szin Tao o’rtasida O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekistonda energetika-yoqilg`i sanoatini rivojlantirish, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida tuzilgan bitimlar alohida ahamiyat kasb etadi. I.A.Karimov aytib o’tganidek, "O’zbekistonning railliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish-davlatimizning mustaqiiligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshiiashning zarur sharti va g`oyat muhim vositasidir. Prezidentimizning jahondagi turli mamlakatlarga tashrifi O’zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Yaponiya, AQShga tashrifi davomida bu mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik maslalalari hal etildi Bu o’rinda AQSh bilan bo`layotgan o’zaro aloqalarga to`xtab o`tmoq joiz dunyoning yetakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intelektual salohiyatga ega bо`lgan AQSh bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham ikki davlat uchun muhim bcflgan yo`nalishlardagi munosabatlar izchillik bilan rivojlandi. O’zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSh vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida O’zbekiston va AQSh o’rtasida teng huquqli va cfzaro manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. Ayni paytda AQSh O’zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQShga tashrifi chog`ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma'Ium qildi.
O’zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQShga qilgan yetti kunlik tashrifi O’zbekiston tashqi siyosatida o’ziga xos o’rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyqda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. Siyosiy jihatdan ushbu tashrifning ahamiyati shundan iborat bo’ldiki, O’zbekiston rahbariyati AQShda kamdan kam qo’llaniladigan udum mukammal askariy tashrifot bilan kutib olindi.
O’zbekistonning AQSh bilan munosabatlari yildan yilga mustahkamlanmoqda. O`tgan bir necha oy ichida yurtimizga Vashingtondan bir qancha davlat va jamoat rahbarlari, harbiy mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 nafar kongressmen kelib ketdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil 11-14 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika qo’shma shtatlarida bo’ldi. Tashrif kunlari yurtboshimiz AQSh Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari bilan uchrashdi.
Jorj Bush O’zbekiston qafiyat bilan aksilterror koalisiyatsini qo'llab-quvvatlaganini AQSh hukumati va xalqi unutmasligini, bu minnatdorlik va ehtirom kelgusida juda ko’p bor namoyon bo’lishini ta'kidladi. U Islom Karimovni, bundan buyon AQSh strategik sherik sifatida doim O’zbekiston bilan birdam bo’lishiga ishontirdi.
Vashingtonda AQSh hukumati 2002-yilga O’zbekistonga yordam tariqasida 160 mln. dollar ajratishini ma']um qildi. O’zbekiston qurolli kuchlari islohotga ko`maklashish uchun 43 mln. dollar ajratilish ma'lum qilindi. O`tgan yili bu raqam 15,5 mln. dollar edi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O’zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O’zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
-Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
-O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta'minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish;
-Ilg`or texnologiyaning kirib kelishiga, xo`jalik tarkibini zamonaviylashiga ko`maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan "ochiq eshiklar" siyosatini o`tkazish;
-Respublika mustaqilligini ta'minlaydigan o`ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta'minlash harada raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish;
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta'minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo’ldi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida", "Chet el investitsiyalari to'g`risida"gi va "Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to'g`risida"gi, "Bankrotlik to'g`risida"gi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli sug`urta bilan himoyalashni ham ta'minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sobasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O’zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to’lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to’lashdan korxonalar daromadlarining ishiab chiqarishni kengaytirishga Va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to’lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to`lovlari anchakamaytirildi.
Bu o’rinda shuni aytib o`tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam ko`rsatish maqsadida O’zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog`i tashkil etildi. Bular qatorida "O’zbekinvest" Milliy eksport-import sug`urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo’yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar imkoniyatlar natijasida O’zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar Germaniya, XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan O’zaro manfaatli aloqalar cTrnatdi. Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonga 12 milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O’zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qcTshma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga yetdi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda cf z mavqeiga ega bo`lib borishi quvonarli holdir. Bu cTrinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSh bilan o’zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng miqyosda olib borilishi xususida takidlab o`tmoq lozim. O’zbekistonda mustaqillik dastlabki yillaridan AQSh bilan O’zbekiston o’rtasida imzolangan o’zaro manfaatli shartnomalar asosida O’zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qo’shma korxonalar tashkil topib faoliyat kcfrsatib turibdi. o’zaro tuzilgan shartnomalarga ko’ra, AQSh O’zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o’zlashtirish uchun katta sarmoya mablag`larni ajratishni o’z zimmasiga oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O’zbekislonda Amerikaning "Nyumont-Mayning" kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan "Zarafshon-Nyumont" qo`shma korxonasi qurib ishga tushirildi.
Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O’zbekistonda "SamKuchavto", "UzDEUavto", ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.
Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan "O’zDEUavto", "O’zDEU elektroniks" hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o’laroq O’zbekiston jahondagi avtomobil ishlah qatoridan o’rin egallab" va yuqori baholarga sotish bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.
Dostları ilə paylaş: |