O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə32/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
UMK (2022-23)

2. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan (24.1-jadval).
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o‘z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko‘rinishida oladilar. Shuningdek, 4, 6 tartib raqamlari bo‘yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko‘rsatadi va h.k.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda».
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lovlar summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. YA’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2008 yilda aholining nominal pul daromadlari 2007 yilga nisbatan 34,1 foizga o‘sib, 22626,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari esa tegishli ravishda 34,2 foizga o‘sib, 22240,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari ham o‘smoqda, biroq, bu o‘sish daromadlar o‘sishi darajasidan ortda qolishi sababli, aholi ixtiyoridagi pul qoldiqlari miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 2004 yildagiga nisbatan 5,3 barobardan oshgan.
O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, daromadlarning ahamiyatli qismi mol-mulk, tadbirkorlik faoliyati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olinmoqda (2008 yilda jami pul daromadlarining 49,9 foizni tashkil etgan). Jami daromadlarning 33,3 foizi mehnatga haq to‘lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlar hissasiga, 16,8 foiz ijtimoiy transfertlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2008 yilda aholining iste’mol sarflari 2007 yilga nisbatan 36,1 foizga o‘sib, 16613,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol sarflarining pul daromadlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 foizni tashkil qildi.
Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, agar 2000 yilda bu o‘sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar hisobiga ta’minlangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi: pul daromadlari qo’shimcha o‘sishining 13,4 foizi mehnatga haq to‘lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfertlar hisobiga ro‘y berdi (24.1-diagramma).
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllan1ishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi. Jumladan, O‘zbekistonda 2001 yilda mehnatga layoqatli aholining o‘rtacha ish haqi kun kechirish uchun minimum darajada zarur bo‘lgan mablag‘ning 99 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 3 barobardan ko‘proq oshdi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich MDH mamlakatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi37.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin