Savol va topshiriqlar:
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari qaysi
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi?
Ijtimoiy siyosatni tushuntirib bering.
Aholi daromadlari va uning tarkibi qanday?
Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari haqida T-Sxema yordamida matn tayyorlang.
Nima uchun Murojaatnomada fizika fani va chet tillarni o‘rganish 2021 yil uchun ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berildi?
7-MA’RUZA. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI
Reja
Mamlakat hududida sodir bo’lgan madaniy uyg’onish – renessans (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati va yangi O’zbekistonning uchinchi renessans tomon tutgan yo’li.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
Buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor.
Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati.
Madaniyat va san’at, milliy sport sohalarining rivojlanishi.
O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi bag’rikenglik.
Mamlakat hududida sodir bo’lgan madaniy uyg’onish (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati va yangi O’zbekistonning uchinchi renessans tomon tutgan yo’li.
IX-XII asrlarda O'rta Osiyoda ilm-fan, madaniyat shunchalik darajada yuksaldiki, bu yuksalish nafaqat yurt taraqqiyotiga, hatto dunyo taraqqiyoti-ga ham o'z ulushini qo'sha oldi. Bu yuksalish davrini insoniyat uyg'onish (renessans) deb tan olganligi bejiz emas, albatta. Ushbu yuksalishning sodir bo'lishini aynan o'sha davrda O'rta Osiyoda qudratii markazlashgan davlatlar tashkil topib, o'lkada tinchlik va osoyishtalik qaror topganligi, bu holatlar ilm-fan, madaniyat rivojiga imkon yaratganligi va bundan tashqari, o'z davrida hukmdorlik qilgan amir va podshohlarning aksariyati ilmli va ma'naviyatli bo'lganligi, ularning o'zlari ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganligi bilan bog'laydilar. Uyg'onish sodir bo'lishiga turtki bergan yana bir muhim omil islom ma'naiyati hamdir.
IX-XII asrlarda nafaqat ilm-fan, madaniyat, balki moddiy ishlab chiqarish ham rivoj topdi. Hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi. Ayniqsa, bu holatlar yurt rivojiga qadimdan o'z hissasini qo'shib kelgan "Buyuk Ipak yo'li"ning o'rni va ahamiyatini yanada oshirdi. Bu savdo yo'li tufayli yurtda obod va go'zal shaharlar soni ko'payib bordi.
Bu davrda Xuroson va Movarounnahrning iqtisodi va madaniyati yuksaldi. Marv, Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlari esa o'z zamonasining madaniy markazlari sifatida shuhrat qozondi. Ayrim hukmdorlarning o'zlari ilm-fan, madaniyatga homiylik qildi. Ko'plab madrasalar vujudga keldi. Amaldorlarning aksariyati o'zlarining yirik kutubxonalariga ega edilar.
O'rta Osiyolik bilimli, arab tilini yaxshi bilgan yoshlar ta'lim olish uchun Bag'dod va boshqa musulmon shaharlanga borgan. Ayniqsa, bu davrda Bag'dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat markazi sifatida shuhrat qozondi. IX asrda bu shaharda "Bayt ul-hikma" - Sharqning fanlar akademiyasi ish boshlagan. X asr oxiri - XI asr boshida Xorazmda Abul Hasan ibn Ma'mun tomonidan 1004-yilda "Dor ul-hikma va maorif (Majlisi ulamo) tashkil etildi. "Ma'mun akademiyasi" deb nom olgan bu donishmandlar uyida Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Al-Xo'jandiy, Abu Masur as-Solibiy kabi o'z davrining o'nlab buyuk olimlari ijodiy faoliyat ko'rsatdi. Ushbu dargohda ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, ko'plab manbalar to'plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan, hind, yunon, arab olimlarining merosi o'rganilgan.
Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr aholisi o'rtasida nisbatan tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjixatlik vujudga keldi. Natijada o'lkada moddiy ishlabchiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi. Shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi, aholi faolligi barqarorlashdi. San'at ayniqsa, devoriy tasvir ravnaqiyangi bosqichga ko'tarilgan edi. Xaykaltaroshlik, badiiy yog'och o'ymakorlik, ganchkorlik, taraqqiy etdi. Musiqachilar, bastakorlar ko'payib bordi, naychilar, o'yinchi-raqqoslar, surnaychilarning oilaviy chiqishlari bo'lib turgan.
Uyg’onish davrining yurik mutafakkirlari Ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi olimlar tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko'targan bo'lsalar, At-Termiziy, Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g'oya va qadryatlarimizga uyg'un holda rivojlantirganlar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni» sifatida e'tirof etilgan.
Ikkinchi uyg'onish esa XIV-XVI asrlarda o'zbek davlati dunyoda eng rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» g'oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga ko'tardi.
Amir Temur va temuriylar davrida o'lkada fan va madaniyat yuksaldi. Bu sohada Movarounnahr XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy oldi. Bu davrda qurilgan Jome masjidi, "Shohizinda" ansambli, Go’ri Amir maqbarasi, Amir Temur barpo ettirgan o'ndan ortiq go'zal bog'lar, Mirzo Ulug'bek tomonidan qurdirilgan rasadxona va ko’plab madrasalar bunga yaqqol misoldir. Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug' vakillarini yetishtirib berdi. Mirzo Ulug'bek, Jaloliddin Ahmad Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Muhammad Havoiy, Qozizoda Rumiy kabi allomalar jahon ilm-faniga o'zlarining munosib his-salarini qo'shdilar. Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni yakqalam qildi. Uning homiyligida tarixchi Xondamir, xattot Sulton AH, rassom Behzod va boshqalar kamolga yetdilar.
Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o'zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari XIV-XV asrlarda yurtda jahon tan olgan ikkinchi uyg'onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi.
Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir”.
Mamlakatda amalga oshirib kelingan tub islohotlar natijasida jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllana boshladi. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.
O'zbekistonda ulug' allomalarimiz – Mirzo Ulug'bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, xalqimizning ardoqli adiblari nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy universitet va maktablar, nufuzli xorijiy universitetlar filiallari singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yangi Renessans – Yangi Uyg‘onish davrining poydevori qo‘yilyapti, bu esa mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada tub o‘zgarishlarni amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topmoqda.
Dostları ilə paylaş: |