1-ILOVA 20-Mavzu: ELEKTROGENERATORLAR VA O‘LCHASH ASBOBLARI.
Reja: 1 . Sinusoidal tebranishli elektron generatorlar. 2.Arrasimon kuchlanishli generatorlar.
3 . Elektron ostsillograf.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Lampali generator, Arrasimon kuchlanishli generatorlar, ossillograflar, elektron –nur trubka, elektron voltmetrlar, mikrosxema.
2-ILOVA Baholash mezoni.
Baholash mezoni
Baho
1.
Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..
5
2.
Savollarga noto‘liq javob berish.
4
3.
Savollarga qisman javob berish
3
4.
Savollarga umuman javob bermaslik
2
3-ILOVA 1.Umumiy tushunchalar. O‘zgarmas tok manbaning elektr energiyani kerakli shakdli va chastotasi so‘nmas elektr tebranishlarga aylantiradigan tuzilishga elektron generator deyiladi.Qo‘zgatish usuli buyicha generatorlar mustatsil qo‘zgatishli (avtogeneratorlar) va o‘z-o‘zini qo‘zgatishli generatorlarga ajraladi. Mustaqil qo‘zgatishli generatorlar chetki manbalarning tebranishlarini kuchaytiradi. Avtogeneratorlar musbat teskari bog‘lanish yordamida so‘nmas tebranishlarni hosil qiladi. Avtogeneratorlar sinusoidal tebranishli va impul’sli generatorlarga ajraladi. Sinusoidal tebranishli generatorlar LC va RC turli avtogeneratorlarga bo‘linadi.