O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə111/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

. Elektron ostsillograf.

Elektron ostsillograf yoki ostsilloskop deb, o‘zgaruvchilarni elektr prosesslari vaqtida ko‘rish yoki rasmga tushirish uchun mo‘ljallangan asboblarga aytiladi.

3-rasm. Elektron ostsillografning tarkibiy sxemasi.
Elektron ossillograf uzunligi jihatidan mikrosekundlar ulushida elektr tebranishining amplitudasini, ikki kuchlanish orasidagi faza siljishini, ikki kuchlanish orasidagi chastotalarning o‘zaro bog‘lanishini o‘lchash va boshqa ko‘p gina o‘lchashlarni, davriy qaytariladigan prosesslarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Elektron ossillograf elektron –nur trubkadan , oziqlanuvchi blokdan, gorizontal va vertikal kirish kuchlanish kuchaytirgichidan (X va Y kuchaytirgichlar), kengaytirish (razvyortka) blokidan, sinxronlashtiradigan qurilma, amplituda va uzoqlik kalibratoridan tashkil topadi. Elektronostsillografning tarkibiy sxemasi 3 -rasmda ko‘rsatilgan. Jarayonlarning uzunligini o‘lchash uchun uzunlik kalibratori xizmat qiladi. U o‘ziga xos generator bo‘lib, modulyatorga beriladigan ma’lum chastotani tashkil etuvchi qisqa impulslardan iborat bo‘ladi.

    1. . Elektron voltmetrlar.

Elektron voltmetrlarning asosiy afzalligi, kirish qarshiligining kattaligidir va keng diapazon chastotalarida (500 M G s va undan yuqori) kuchlanishni o‘lchash imkoniyati borligidir.
Ko‘p gina lampali voltmetrlar sxemalarida diodli detektor va o‘zgarmas tok kuchaytirgichi, uning magnitoelektrik o‘lchash asbobi ulangan bo‘ladi. Asbob 220 v kuchlanish va 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokda ishlatiladi va u universal hisoblanadi, chunki o‘zgaruvchan tokning 20 Gs dan 500 MGs gacha chastotalarda kuchlanishni o‘lchashdan tashqari, o‘zgarmas tokning 0,01 dan 500 v. gacha kuchlanishlarni va 1 Om. dan 50 MOm . gacha aktiv qarshiliklaming qiymatlarini o‘lchashga mo‘ljallangan.
5.Mikrosxemalar to‘g‘risida tushuncha.
Hozirgi vaqtda mikrosxemalar, EHM, avtomatik sistemalarda, o‘lchash va nazorat sistemalarida, xullas, raqamli texnologiya qo‘llaniladigan barcha sohalarda qo‘llaniladi. Mikrosxema – yig‘ilgan juda kichik elektron mexanizmdir.
Integral mikrosxema (IMS) – ma’lum funksional vazifani bajaruvchi mikrosxema. Funksional vazifasiga ko‘ra, IMS signalni o‘zgartiruvchi, Qaytar ishlovchi, axborotni to‘plovchi va hokazo ko‘rinishda ishlanadi. IMSning asosiy xususiyati shundan iboratki, u ma’lum funksional vazifani to‘la bajaradi, ya‘ni IMS kuchaytirgich, trigger, turtkilar, hisoblagich, mantiqiy mexanizm va hokazo. Mikrosxemada butun bir mexanizm kichik bir hajmda simsiz, bevosita zavodning o‘zida, mahsulot birligi sifatida ishlab chiqariladi. IMSning elementlari diod, triod, sig‘im, induktivlik, rezistor yarimo‘tkazgich kristallning sirtida va hajmida zichlab joylashtiriladi. IMSni ishlab chiqarish o‘ta murakkab texnologiyadir. Bu texnologiya alohida bir ilm-fan sohasi bo‘lib, tez rivojlanyapti. Bu sohaning rivoji katta integral sxemalarni qo‘llashga olib keldi (KIS).
Raqamli texnologiyalarda KIS ko‘rinishida tuzilmalarning turtki raqamli texnologiyalarning KIS ko‘rinishida ishlab chiqaradigan ayrim elementlarning bajaradigan funksional vazifasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin