O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-ILOVA 5-MAVZU: O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA AKTIV, INDUKTIV VA SIG‘IM QARSHILIKLAR



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə29/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-ILOVA
5-MAVZU: O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA AKTIV, INDUKTIV VA SIG‘IM QARSHILIKLAR.
Reja:

  1. . Aktiv qarshilik va induktiv ulangan tok zanjiri.

  2. . Aktiv qarshilik va sig‘im ulangan o ‘zgaruvchan tok zanjiri.

3.O‘zgaruvchai tok zanjirida kuchlanish rezonansi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: aktiv qarshilik, induktiv qarshilik, to‘liq qarshilik, kuchlanish rezonansi.
2-ILOVA Baholash mezoni.


Baholash mezoni

Baho

1.

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2.

Savollarga noto‘liq javob berish.

4

3.

Savollarga qisman javob berish

3

4.

Savollarga umuman javob bermaslik

2

3-ILOVA
1.Aktiv qarshilik va induktiv ulangan tok zanjiri.

1-rasm. Aktiv qarshilik va induktivli elektr zanjiri.
1-rasmda o‘zgaruvchan elektr zanjiriga simdan tayyorlangan g‘altak va ma‘lum aktiv qarshilik ketma-ket ulangan. G‘altakning induktivligi L bilan, aktiv qarshiligi r bilan belgilangan induktiv qarshilik xc=ωL.
Aktiv va induktiv qarshiliklarni alohida ko‘rsatishimiz yoki to‘liq Z qarshiligi qilib belgilashimiz mumkin

To‘liq qarshilik Z=√r2 + xL2 Om.
To‘liq qarshilik orqali aktiv qarshilik quyidagicha hisoblanadi: r =z*cosφ
2-rasm. a), b), d).
Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchlanish bilan fazasi bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi, chunki zanjirga induktiv qarshilik ulangan. Aktiv va induktiv qarshiliklaming miqdoriga qarab fazalar orasidagi burchak har xil bo‘lishi mumkin. Agarda o‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik bo‘lsa, tok bilan kuchlanish fazalari bir-biriga to‘g‘ri keladi (2-a-rasm ). Agarda elektr zanjiriga xolos induktiv qarshilik ulangan bo‘lsa , elektr tok fazasi bilan kuchlanish fazasi orasida 90 gradusli burchak hosil bo‘ladi, ya‘ni tok kuchlanishdan 90 gradusga orqada qoladi (2-b-rasm). Agarda elektr zanjiriga aktiv va induktiv qarshiliklar ulangan bo‘lsa , elektr toki fazasi bilan kuchlanish fazasi orasida ma‘lum burchak hosil bo‘ladi, ya‘ni tok kuchlanishdan ma‘lum burchakga orqada qoladi (2-d-rasm).
Zanjirdagi to‘liq tok I= .
O‘zgaruvchan tok zanjiridagi to‘liq quvvat S= ,voltamper (VA)
Bu yerda : Pa – aktiv quvvat , (Vt)yoki (kVt) da o‘lchanadi; QL-induktiv yoki reaktiv quvvat, reaktiv voltamperda (var) yoki reaktiv kilovaltamper reaktivda (kvar) o‘lchanadi.
Zanjirga ulangan kuchlanish va undan o‘tayotgan to‘liq tok orqali to‘liq quvvatni quyidagicha aniqlanadi: S=U*I , VA.
Zanjirdagi aktiv quvvat: Pa=UIcosφ, vt.
Zanjirdagi reaktiv quvvat: Qt=UIsinφ, var.
Quvvat koeffisiyentini aktiv quvvatning to‘liq quvvatga nisbati bilan belgilanadi:

Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, zanjirda aktiv quvvatning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, quvvat koeffitsiyenti shuncha ko‘p bo‘ladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin