Faollik ko„rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga
ko„ra, o„quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo„ladi.
Ta‟lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o„zgarib
turishi kerak.
Insonning
ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining
garovidir. Chunki har bir inson o„z mehnati, g„ayrati, intilishi bilangina
faollashadi. O„qituvchi qanchalik yaxshi o„qitmasin yoki tarbiya bermasin,
tarbiyalanuvchining o„zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi.
Zero, barcha ma‟naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o„z
faoliyatini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir.
Demak, shaxs faolligi
asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik
xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
1.
3.Rivojlanishning yosh va o„ziga xos xususiyatlari. Ma‟lum bir yosh
davriga xos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy)
va psixologik xususiyatlari
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda
ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri
kuchli bo„ladi.
2. Bolalarning tarbiyasiga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn
Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani
tarbiyalash zarurligini uqtirib o„tganlar.
3. Bolaning o„ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki
bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo„lishi mumkin.
4. Masalan, ko„rish
va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi,
sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki
g„ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,
yig„inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati
tizimining ta‟siri bo„lib, o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
5. Bolaning individual – o„ziga xos
xususiyatini bilish uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o„ziga xos xususiyatini o„rganish
metodikasini bilish muhim.
6. Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Masalan, 5-sinf o„quvchilari bilan 10-sinf o„quvchisini tenglashtirib
bo„lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi
davrlarga bo„linadi:
7. Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo„lgan davr.
8. Bog„chagacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
9. Maktabgacha ta‟lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
10. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
11. O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh.
12. Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh.
Dostları ilə paylaş: