O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
 
 
 
“ Kelishildi” 
 
O„quv uslubiy boshqarma boshlig„i : dots. M.Fayzullayev. 
 
 
 
 
 
 
 
 
“ 
 
 


Mundarija 
 

O„quv materiallari 
1.1 Ma‟ruza mavzulari 
1.2 Amaliy mashg„ulotlar mavzulari va topshiriqlari 
II Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari 
III Glossariy (asosiy terminlar) 
IV Ilovalar: 
Fan dasturi 
Ishchi dastur 
Baholash mezonlari 
Tarqatma materiallar
(test va boshqa qo„shimchalar xohish bo„yicha)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1-MAVZU. PEDAGOGIKA FANINING UMUMIY ASOSLARI 
REJA: 
1. Pedagogikaning fan va o'quv predmeti sifatidagi taraqqiyoti.
2. Fan va o'quv predmeti, ularning aloqasi va o'ziga xos xususiyatlari.
3. Pedagogikaning o'quv predmeti sifatidagi asosiy rivojlanish davrlari.
4. O'zbek pedagogikasi fanining rivoji.
5. Pedagogika o'quv muassasalariga (pedagogika universitetlarida, institutlarda, 
pedagogika kollejlarida, pedagogika litseylarida pedagogikaning o'quv predmeti 
sifatida o'rganilishi.
6. Pedagogikaning inson haqidagi fanlar tizimidagi tavsifi.
7. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi va uning tarbiyasini rivojlantirish

Pedagogika 
predmeti. 
Pedagogika 
(yunoncha paidagogike bo„lib, 
paidagogos («bola» va «yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni 
shakllantirishga yo„naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta‟lim-
tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan. 
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda 
kattalarni milliy istiqlol g„oyalari asosida tarbiyalash, unga ta‟lim berish 
muammolarini o„rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o„qitish va 
tarbiyalashga asosiy e‟tiborni karatganligi bois ta‟lim nazariyasi (didaktika) va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Ta‟lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta‟lim 
jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o„qituvchi va 
o„qituvchi faoliyati birligi, o„qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, 
ta‟lim jarayonini takomillashtirish yo„llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. 
Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy 
faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga 
yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida 
shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim 


olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini 
namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy 
bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga 
xizmat qiladi. 
Ta‟lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko„ra boshlang„ich, o„rta va 
oliy ta‟lim kabi turlarga ham bo„linadi. Kasb ta‟limi (kasbiy ta‟lim O„zbekiston 
Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga 
yo„naltirilgan uzluksiz ta‟limning muhim bo„lagi sanaladi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan 
biri bo„lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni 
tayyorlash muammolarini o„rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo„lida 
amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo„lib, ushbu tushuncha 
negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, 
ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo„nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat 
mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan 
dunyoharash aks etadi. 
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish 
borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini 
ta‟minlashga alohida hissa qo„shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining 
belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning 
hayotida yetakchi o„rin tutuvchi g„oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega.
O„zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy 
jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali 
mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g„oyasi asosida 
ta‟lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi. 
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e‟tibor haratiladi: 
1. Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo„naltirilgan 
pedagogik jarayonning mohiyatini o„rganish. 
2. Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 


3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar ta‟lim tizimi tajribasini o„rganish asosida uzluksiz ta‟lim tizimini 
takomillashtirish. 
4. Ta‟lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar 
faoliyati mazmunini asoslash. 
5. Ilg„or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta‟lim-
tarbiya usullari bilan qurollantirish. 
7. Ta‟lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo„nalishlari o„rtasidagi 
o„zaro aloqadorlikni ta‟minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o„rganish. 
8. O„qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini 
yaratish. 
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar 
uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 
2.Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun 
kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo„lida olib borgan harakatlari 
tarbiya g„oyalarining shakllanishiga asos bo„lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo„lib hayot kechirishi 
sababli bolalarga tirikchilik o„tkazish yo„lidagi faoliyat (o„simlik mevalari, 
ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni 
o„rgatish guruh a‟zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat 
hollarda, mehnat va o„yin jarayonlarida o„zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil 
etish jinsiy xarakterga ega bo„lganligi bois o„g„il va qiz bolalarni tarbiyalashda 
o„ziga xos jihatlar ko„zga tashlangan. 
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo„lishi ijtimoiy tarbiya 
mazmunida ham tub o„zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo„lishi 
olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va 
ehtiyojlari asosida yo„lga qo„yila boshladi. Erkin fuharolarni tarbiyaning maqsadi, 
vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va 
Aristotellarning asarlarida muhim o„rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida 


ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy harashlar 
yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon 
etilgan.
Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang„ich 
asoslar qo„yildi. quldorlik tuzumida erkin bo„lmagan kishilar (qullar)ning haq-
huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning 
farzandlari uchun xizmat qilgan. 
quldorlik tuzumi o„rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g„oyalar 
feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil 
etishda diniy g„oyalar yetakchi o„rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda 
diniy muassasalar (g„arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib, 
bolalarni o„qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi.
Garchi dunyoviy g„oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ„ib 
etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko„zga 
tashlangan bo„lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko„lamining kengayishi, 
tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko„rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning 
rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan 
mustahkam o„rin olgan Sharq Uyg„onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan 
feodal tuzumi – o„rta asrlar davrida sodir bo„ldi. Sharqda buyuk allomalar - 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayqon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg„oniy, g„arbda esa T.Mor, T.Kampanella, 
E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama 
rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog„lom, antik dunyo va burjaziya davri 
yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o„zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g„oyasi 
ilgari surildi va puxta asoslab berildi. 
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan 
ishlab chiharishni yanada takomillashtirish yo„lidagi amaliy harakatlar bu 
boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshhara oladigan shaxsni 
shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg„or, progressiv 


pedagogik g„oyalar ilgari surildi. Aksariyat g„oyalar mazmunida bilim olishga 
nisbatan ijtimoiy tenglikni haror toptirish borasidagi harash o„z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy 
jihatdan asoslandi. Bu o„rinda pedagogika fani rivojiga o„zining munosib 
hissasini qo„shgan mutafakkirlar: g„arbda - Y.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, 
F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, 
Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, 
H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta‟lim berish va uni 
tarbiyalash borasidagi harashlarni yanda boyitdilar hamda ta‟lim tizimiga ilm-fan, 
texnika yangiliklarini tadbiq etish, o„qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, 
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g„oyalarni ilgari surdilar. 
Sobiq SHo„ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va 
texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta‟lim muassasalari tizimi shakllantirildi, 
shuningdek, har tomonlama va garmonik rivojlangan shaxsni shakllantirish 
nazariyasi asoslandi. Biroq, xalq ta‟limi tizimi faoliyatini yo„lga qo„yishdagi xato 
va kamchiliklar maqsadga erishishga imkon bermadi. 
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo„lga kiritgach, rivojlanish va 
taraqqiyot yo„li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etishdan 
iboratligi e‟tirof etilib, ta‟lim tizimini isloh qilish, uzluksiz ta‟lim tizimini 
takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri deya belgilandi.
Asosiy e‟tibor barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga haratildi. 
Respublikada ta‟lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy 
mazmun hamda yo„nalishlari O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim 
to„g„risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kabi meyoriy 
hujjatlarda belgilab berilgan. 
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali 
mutaxassisni tayyorlashga yo„naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi 
muammolar va ularni hal etish yo„llarini o„rganadi. 
3. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma‟lumki, har 
bir fan o„zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari 


tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e‟tirof etilishini 
kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushunchalar 
kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs 
kamolotini ta‟minlash, ta‟lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan 
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga 
quyidagilar kiradi: tarbiya, ta‟lim (o„qitish, o„qish), bilim, ko„nikma, malaka, 
ma‟lumot, rivojlanish. 
Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, 
shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo„naltirilgan pedagogik 
jarayon. 
Ta‟lim – maxsus mutaxassislik ma‟lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil 
etilib, o„quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o„stirish va dunyoharashlarini 
shakllantirishga yo„naltirilgan jarayon. 
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui. 
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni 
bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 
Ma‟lumot – ta‟lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko„nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoharash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon bo„layotgan 
miqdor va sifat o„zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini 
ilmiy jihatdan asoslash ma‟lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda 
namoyon bo„lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma‟lumki, 
pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo„lib, uning umumiy mohiyatini 
to„laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu 
nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o„rtasida yaqin aloqadorlik 
mavjud: 


1. Falsafa – shaxs rivojlanish jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan 
pedagogik g„oya, harash hamda ta‟limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni 
tahlil etishga imkon beradi. 
2. Iqtisod – o„quv yurtlari uchun binolarni qurish, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini 
tashkil etish, ta‟lim muassasalari faoliyatini yo„lga qo„yish kabi masalalarning 
iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari 
xususida ma‟lumotlarga ega bo„lish asosida ta‟lim-tarbiya jarayoni 
ishtirokchilarining o„zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat 
yaratadi. 
4. Etika- shaxs ma‟naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, 
axloqiy ong va ma‟naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o„rin tutuvchi 
nazariy g„oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o„rin tutadi. 
5. Estetika – shaxs tomonidan go„zallikning his etilishi, unga intilishi, 
shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo„nalishlarni aniqlashga 
xizmat qiladi. 
6. Fiziologiya- o„quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik 
xususiyatlarini inobatga olish uchun boshlang„ich asoslarni beradi. 
7. Gigiyena – o„quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy 
jihatdan to„g„ri shakllantirishda nazariy va amaliy g„oyalari bilan yordam beradi. 
8. Psixologiya – shaxsda ma‟naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy 
sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. 
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta‟lim-tarbiya jarayonlarining 
dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi 
g„oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo„naltiriladi. 
10. Madaniyatshunoslik – o„quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan 
moddiy va ma‟naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda 
madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to„g„ri 
rivojlanishini ta‟minlash, uning organizmida namoyon bo„layotgan ayrim 


nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni 
o„qitish hamda tarbiyalash muammolarini o„rganishda ko„maklashadi. 
Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini ta‟minlash, uning intellektual, 
ma‟naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh 
davrlari, har bir davrning o„ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, 
psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit 
pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan 
o„rganiladi. Ular quyidagilardir: 
1. Umumiy pedagogika – kichik maktab yoshi, o„smir hamda o„spirin 
bolalarni tarbiyalash va ularga ta‟lim berish masalalarini o„rganadi. 
2. Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi – maktabgacha ta‟lim yoshidagi 
bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma‟naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan 
kamolotga yetkazish masalalarini o„rganadi. 
3. Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli nuqsonlar 
bo„lgan bolalarni korreksion o„qitish va tarbiyalash bilan bog„liq muammolarni 
o„rganadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin