5. Pedagogika tarixi – pedagogik g„oyalarning shakllanishi, rivojlanishi, ta‟lim
muassasalari tizimi, ularning faoliyati borasidagi tarixiy tajriba, tarixiy
taraqqiyotning turli bosqichlarida pedagogik fikrlar rivoji masalalarini o„rganadi.
6. Ta‟limni boshharish – ta‟lim muassasalarining faoliyatini yo„lga qo„yish,
boshharish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o„rganadi.
7. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik
g„oyalarning tutgan o„rni va roli, shaxsni kasbiy
va ijtimoiy faoliyatga
yo„naltirish muammolarini o„rganadi.
4. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan
pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining
g„oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta‟minlanadi. Ijtimoiy va ishlab
chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish
imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va
shaxs ma‟naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada
o„rganish, mavjud ko„rsatkichlar vositasida ularning sodir bo„lish
sabablarini
o„rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir
qator obyektiv va subyektiv omillarga bog„liq. Mazkur jarayonda maqsadga
muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo„lgan metodlarni tanlay olish
ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash,
unga muayyan
yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo„naltirilgan pedagogik
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish
usullari bo„lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi
tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi.
Ayni vaqtda O„zbekiston Respublikasida pedagogik yo„nalishda olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi.
Pedagogik
hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv
pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz
rivojlanishi, bolaning fiziologik
rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan
takomilashtirib borishini ta‟minlashi, harama-harshiliklarning shaxs kamolotini
ta‟minlashdagi o„rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining
ahamiyatini e‟tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni
taqozo etuvchi,
izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi
xususiyatlarga ega bo„lgan jarayon bo„lib, uning samarali bo„lishi uchun bir qator
shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to„g„ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to„g„ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi
respondentlarning yosh,
psixologik
va
shaxsiy
xususiyatlari,
shuningdek,
shaxs
rivojlanishi
qonuniyatlarining to„g„ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini
bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Dostları ilə paylaş: