4-Mavzu: Uglerodli po’latlar
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar;
2.
Uglerod va doimiy qo’shimchalarning po’lat xossalariga ta’siri;
3.
Uglerodli po’latlarning turlanishi va markalanishi;
4.
Avtomatbop po’latlar.
Tayanch iboralar: uglerodli po‟lat, konstruksion po‟latlar, asbobsozlik po‟lati,
avtomatbop po‟latlar.
Umumiy ma’lumotlar
Uglerodli po‟latlar spetsifik xossalariga ko‟ra mashina va mexanizm detallari uchun
asosiy material hisoblanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan po‟latlar kimyoviy tarkibi jihatidan birmuncha murakkab
qotishma bo‟lib, ularda temir bilan ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham, jumladan, Mn,
Si, P, S, O, N, H, ba‟zida qisman Cr, Ni, Cu va boshqalar bo‟ladi. Uglerodli po‟latlarda doim
mavjud bo‟ladigan elementlar miqdori ma‟lum foizdan, masalan, Mn
0,7%, Si
0,5%, P
0,05%, S
0,05% dan oshmasligi kerak.
Po‟latlar tarkibidagi H
2
, N
2
va O
2
miqdori ishlab chiqarish usuliga qarab turlicha bo‟ladi,
lekin ularning miqdori 0,0002 – 0,1% dan oshmasligi lozim. Po‟latdagi erkin gazlar bo‟shliqlar,
temir va boshqa elementlarda eriganlari esa qattiq eritmalar yoki turli kimyoviy birikmalar
(gidridlar, nitridlar, oksidlar) hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ular po‟latning xossasini
yomonlashtiradi. Po‟latda bu gazlarning miqdori oz bo‟lgani maqsadga muvofiq.
Uglerod va doimiy qо’shimchalarning pо’lat xossalariga ta‘siri
Tarkibida 2,14 % gacha uglerodi bо‟lgan temir - uglerod qotishmalari uglerodli pо‟latlar
deb ataladi.
Uglerodli pо‟latlar tarkibida ugleroddan tashqari kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor,
azot, kislorod, vodorod kabi elementlarning qо‟shimchalari bо‟ladi va ular doimiy
qо‟shimchalar deb ataladi. Ular foydali (marganes, kremniy) va zararli (S, P, N, O, H)
qо‟shimchalar guruhlariga bо‟linadi.
Uglerod - asosiy qо‟shimcha sanaladi. Uglerod pо‟latning mexanik xossalariga kuchli
ta„sir kо‟rsatadi (11 - rasm).
Tarkibida uglerodning ortishi bilan pо‟latning qattiqligi (НВ), mustahkamligi (
в
) ortib
boradi, zarbiy qovushoqligi (а
н
), hamda plastikligi (
,
) esa kamayadi. Shuningdek, issiqlik va
elektr о‟tkazuvchanligi, magnitlanish xususiyatlari ham kamayadi.
Uglerod miqdori ortishi bilan pо‟latning kesib ishlanuvchanligi, toblanuvchanligi
yaxshilanadi, payvandlanuvchanligi esa pasayadi.
Zararli elementlar pо‟lat xossalariga salbiy ta„sir kо‟rsatadi. Bu qо‟shimchalar ta„sirida
pо‟latning issiq va sovuq holatdagi mо‟rtligi ortadi, plastikligi va qovushoqligi kamayadi.
Lekin ba„zi vaqtlarda pо‟lat tarkibidagi fosfor miqdori oshiriladi. Chunki, fosfor qо‟shilganda
pо‟latni kesib ishlash osonlashadi, mis bilan birgalikda pо‟latning korroziyabardoshligini
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |