13 - rasmda uglerod bilan kremniyning cho‟yan strukturasiga birgalikdagi ta‟siri
diagramma tarzida keltirilgan. Bu diagrammada absissa o‟qi bo‟ylab Si ning, ordinata o‟qi
bo‟ylab C ning % larda ifodalangan miqdori ko‟rsatilgan. Cho‟yanlar xiliga ularning kimyoviy
tarkibigina emas, balki quymaning sovish tezligi ham ta‟sir qiladi. Quymaning sovish tezligi
oshirilsa, cho‟yandagi sementitning
miqdori ortadi va aksincha, sovish tezligi susaytirilsa,
sementitning miqdori kamayadi. 13 - rasmda qotishmaning sovish
tezligi uning strukturasiga
qanday ta‟sir etishi grafik tarzida ko‟rsatilgan.
13 – rasm. Uglerod bilan kremniyning cho‟yan strukturasiga birgalikdagi ta‟siri diagrammasi.
14 – rasm. Qotishmaning sovish tezligining strukturasiga ta‟siri grafigi.
Dostları ilə paylaş: