О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Elektr pechlarida po‟lat suyuqlantirish



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Elektr pechlarida po‟lat suyuqlantirish. Hozirgi vaqtda metallurgiya va mashinasozlik 
korxonalarida elektr energiyasining nisbatan arzonligi va yuqori harorat (2000 
0
C) hosil qilish 
mumkinligi tufayli elektr–yoy pechlarida po‟lat ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
Bu maqsadda uch elektrodli elektr–yoy va induksion elektr pechlaridan foydalaniladi.
Elektr–yoy pechlari ko‟proq qo‟llaniladi (28-rasm).
Bunday pechlar, asosan, silindr shaklidagi po‟lat qobiq va sferik yoki tekis tubdan iborat. 
Pechning ichki devori o‟tga chidamli g‟ishtlardan tayyorlanadi. Asosiy pechlarning tubi 
magnezitli g‟ishtlardan tayyorlanib, ustiga 150...200 mm qalinlikda magnezitli yoki dolomitli 
qatlam qoplanadi. Bunday pechlarning sig‟imi 400 t gacha bo‟ladi. Elektrodlarning diametrlari 
200...600 mm, uzunligi esa 3000 mm qilib tayyorlanadi. Elektrodlar ko‟mir yoki grafitdan 
yasaladi. 
28-rasm. 30 tonnalik elektr – yoy pechining tuzilishi: 1-pasaytiruvchi transformator; 
2-kabel; 3-pechni og‟dirish mexanizmi; 4-elektrodlarni mahkamlash va siljitish mexanizmi; 5-
elektrodlar; 6-pechning gumbazi; 7-po‟lat chiqarish novi; 8-pechning tubi; 9-pechning po‟lat 
qobig‟i; 10-tirgak segmentlar; 11-poydevorning yo‟naltiruvchisi; 12-poydevor. 
Elektr pechlar suyuq po‟latni quyib olish uchun 40...45
0
burchakka og‟ishini 
ta„minlaydigan maxsus mexanizmlar bilan jihozlangandir. Pech transformatorlarining quvvati 
pechning sig‟imiga va o‟lchamiga bog‟liq bo‟ladi. Masalan, 10 tonnalik pech uchun quvvati 
3500 kVt, 250 tonnalik pech uchun 6000 kVt bo‟lgan transformatorlardan foydalaniladi.
Pechlarga xom ashyo maxsus mashinalar yordamida yuklanadi. Bunday yuklovchi 
mashina 35 tonnalik pechni bir soatga yaqin vaqtda yuklaydi. So‟ngra pechga elektrodlar 
tushiriladi, tok o‟lanadi va po‟lat suyuqlantirish boshlanadi. Oksidlanish jarayoni davrida shixta 
suyuqlanadi, uning tarkibidagi kremniy, marganes, uglerod va ba„zi legirlovchi elementlar 
kuyib ketadi. Oksidlanish jarayoni konvertorlar va marten pechlaridagi jarayonlardek bo‟ladi. 1 
tonna uglerodli po‟lat eritib olish uchun 500...700 kVt – soat, legirlangan po‟lat uchun 1000 
kVt – soat elektr energiyasi sarf qilinadi. Po‟lat eritish jarayoni 6...8 soat davom etadi. Elektr 
pechlarida, asosan yuqori sifatli po‟lat suyuqlantirib olinadi.
Elektrik pechlarnung foydali sig‟imi 250 kg dan 30 t gacha bo‟ladi. Bu pechlarda 
sutkasiga 3 – 6 martagacha po‟lat suyuqlantirilib, 1 t po‟lat olish uchun 700 – 1000 kVt

soat 
energiya sarflanadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin