О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Parmalash stanoklarida teshik parmalash



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

2. Parmalash stanoklarida teshik parmalash 
 
Parma yordamida teshik hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi. Mavjud teshikning 
diametrini parma yordamida kattalashtirish jarayoni parmalab kengaytirish deyiladi, zenker 
yordamida kattalshtirish zenkerlash deb, razvertka yordamida kattalashtirish esa razvertkalash 
deb ataladi. Parmalash jarayoni birga sodir bo‟ladigan ikkita harakat: 


1) Asosiy harakat – parmaning yoki detallning o‟z o‟qi atrofida qiladigan aylanma harakati; 
2) Surish harakati – parmaning o‟z o‟qi bo‟ylab ilgarilama harakati natijasida amalga oshadi. 
Zagatovka parmalash stanogining stoliga qo‟zg‟almas qilib o‟rnatilgan bo‟lsa, kesish jarayonini 
amalga oshirish uchun parma o‟z o‟qi atrofida aylanma harakatga keltiriladi va o‟qi 
yo‟nalishida suriladi. Tokarlik, revolver, stanoklarida, tokarlik avtomatlarda va boshqa 
stanoklarda zagatovkalarda teshiklar ochishda zagatovka aylanma harakatga keltiriladi, parma 
esa o‟z o‟qi atrofida ilgarilanma harakatlantiriladi. Parmalash stanoklarida kesish asbobi parma, 
zenker, razvertkalardan iborat bo‟lib, ular asbobsozlik, tezkesar va qattiq qotishmalardan 
tayyorlanadi.
 
3. Parma, zenker, razvertkalarning turlari, qismlari, elementlari va ularning geometrik 
parametrlari 
Parmalar o‟z konstruktsiyasi jihatdan quyidagilarga bo‟linadi; yassi (patsimon) parma; markaz 
parmasi; ichki teshikli parmalar; spiral parma; chuqur teshik parmalar; peremichkasiz qattiq 
qotishmali parma; qattiq qotishma bilan ta„minlangan parmalar; to‟g‟ri ariqchali parmalar; 
qiyshiq ariqchali parmalar; vintsimon parmalar. 
Zenkerlarning quyidagi xilari bo‟ladi; quyma tishli zenkerlar; quyma tishli, pichoqlari 
rostlanadigan yig‟ma zenkerlar; qattiq qotishma plastinkalari bilan ta„minlangan zenkerlar. 
52-rasm. Spiral parma: 
1-ish qismi, 2-kesuvchi qismi, 3-tsilindrik qismi, 4-quyruq qismi, 5-parmaning bo‟yni, 6-panja, 
7-povodok. 
Razvertkalar vazifasiga ko‟ra dastali va mashina razvertkalarga bo‟linadi: ishlov beriladigan 
teshiklar shakliga ko‟ra, razvertkalar tsilindrik, konussimon va shakldor bo‟ladi. 
Zenker o‟z shakliga ko‟ra sipiral parmaga o‟xshaydi, ammo unda asosiy kesuvchi qirra ikkita 
emas balki, uchta yoki to‟rta bo‟ladi. 
Parmaning kesuvchi qismi geometrik parametrlariga parmaning uchidagi burchak, vintsimon 
ariqchasining qiyalik burchagi kiradi (52-rasm, b). 
Parmaning uchidagi burchak 2φ – ikkita asosiy kesuvchi qirra orasidagi burchak bo‟lib, qiymati 
parmalanadigan materialning harakteriga qarab olinadi. 
Parmaning vintsimon ariqchasining qiyalik burchagi ω, bu burchak parmaning o‟qi bilan 
vintsimon chiziqqa parmaning sirtqi diametri bo‟yicha o‟tkazilgan urinma orasida bo‟lib, 
qiymati ortishi bilan kesish jarayoni osonlashadi va qirindining chiqishi yaxshilanadi. ω ning 
qiymati parmaning diametriga bog‟liq bo‟lib, quyidagi formula bilan topiladi. 


 
53-rasm. Spiral parmaning elementlari: 
tg



∙ Д/Н, 
Д=0,25...9,9 mm bulsa, 

=18...28
0
oralig‟iida bo‟ladi.
Д

10 mm bo‟lsa, 

= 30

ga teng bo‟ladi. 
Bu yerda Д – parmaning diametri, mm. 


Н- vintsimon ariqchaning qadami, mm. А-А
54-rasm. Zenkerning elementlari va qismlari: 
1-ish qismi, 2-kesuvchi qismi, 3-yunaltiruvchi qismi, 4- bo‟yni, 5-quyruq, 6-panja, 7-o‟zagi, 
8-kesuvchi qirrasi, 9-oldingi yuzasi, 10-ketingi yuzasi, 11-lentasi. 
Zinkerning oldingi burchagi γ – kesuvchi qirraga tik bo‟lgan asosiy tekislikda (N - N) 
o‟lchanadi (55-rasm, b). 
Ketingi burchak α – asosiy kesuvchi qirraning butun uzunligi bo‟yicha o‟lchanadi va 
zenkerning o‟qi tomon ortib boradi. Ketingi burchak asosiy kesuvchi tekislikda ham (N - N) 
o‟lchanadi. α = 8…10
0
oraliqda olinadi. 
 


56-rasm. Razvertkaning asosiy elementlari va qisimlari: 
1-yo‟naltiruvchi qonusi; 2- kesuvchi qismi; 3-kalibrlovchi qismi; 4-teskari qonusi; 5- ish 
qismi; 6-bo‟yni; 7-qo‟yrug‟i; 8-oldingi yuzasi; 9-lentasi; 10-ketingi yuzasi. 
Parmaning oldingi burchagin 

. Bu burchak parma asosiy qirrasiga tik tekislik bilan kesilganda 
ko‟rinadi. 
Oldingi burchak asosiy kesuvchi qirraning turli nuqtalarida har xil bo‟ladi. Parma o‟qiga 
tomon kichrayib boradi. Masalan, parmaning sirtqi diametri yonida 8...12
0
, markazi yonida esa 
20...26

bo‟ladi. 
Parmaning ketingi burchagi 

. Bu burchak asosiy kesuvchi qirra parmaning o‟qiga paralel 
tekislik bilan kesilganda ko‟rinadi. 
Parmaning sirtqi diametri yonida 8...12

ga, markazi yonida 20...26

ga teng bo‟ladi. 
Parmaning ko‟ndalang qirrasiining qiyalik burchagi 

. Bu burchak 50...55

atrofida bo‟ladi. 
Parmaning diametri ortgan sari u ham orta boradi. Masalan, 1 dan 12 mm gacha diametrli 
parmalarda 

burchak 47

dan 50

gacha 12 mm dan katta diametrli parmalarda esa 

=55
0
bo‟ladi. 
Vintsimon arikchaning kiyalik burchagi 

- zenkerlanadigan materialning mexanik xossalariga 
qarab, 10

dan 30

gacha olinishi mumkin. Zenkerlanadigan material qanchalik yumshoq bo‟lsa 
vintsimon ariqchaning qiyalik burchagi shunchalik katta qilib olinadi. 


Kesuvchi qirraning qiyalik burchagi 

- asosiy kesuvchi qirra bilan tish uchidan utuvchi o‟q 
bo‟ylab yo‟nalgan tekislik orasidagi burchak bo‟lib 0...5
0
qilib olinadi. 
Razvertkaning oldingi va ketingi burchaklari asosiy kesuvchi (N-N) tekislikda 
o‟lchanadi(19-shakl). 
Plandagi 

burchak- konus kesuvchi qismining yasovchisi bilan surish yo‟nalishi orasidagi 
burchak bo‟lib, kesuvchi konus burchagi 2

ni tashkil etadi. 
Razvertkaning oldingi burchagi 

- razvertkalandigan materialga va razvertka kesuvchi 
qismining materialiga qarab ishlanadi. 
Ketingi burchak

6...12
0
oralig‟ida olinadi. Razvertkalanadigan material qancha yumshoq 
bo‟lsa 

burchak shuncha katta qilib olinadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin