O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə43/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar 
O'qituvchi nutqi samaradorligi uning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Ayrim holatlar nutq
ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etadi. Ular quyidagilardir:
1) Sinonimlardan o'rinli foydalana bilmaslik. O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil
so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat
ko'pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez
foydalanish holatlari uchraydi. Bu so'zlar o'rniga «fikr bildirdi», «ma'lum qildi», «aytdi»,
«so'radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va
ta'sirchanligini oshiradi.
2) Shevaga xos bo'lgan so'zlardan foydalanish. Bu holat ham o'qituvchi faoliyatida
uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo’lib, bu o'quvchilarning nutqini oshirishga salbiy ta'sir
etadi. O'qituvchi shevaga xos bo'lgan so'zlardan umuman foydalanmasligi lozim.
3) Noo'rin so'zlarni tez-tez takrorlashMasalan, «xo'sh», «misol uchun», «aytaylik» kabi
qator so'zlar o'qituvchilar nutqida ko'p uchraydi. Bu holat ham nutq samaradorligini kamaytirish
bilan birga o'quvchilarni chalg'itadi. Ya'ni o'quvchilar beixtiyor o'qituvchi nutqidagi noo'rin
so'zlarni hisoblash bilan mashg'ul bo'la boshlaydilar. Bu esa o'z-o'zidan ularni nutqning asosiy
mazmunidan chalg'itadi.
4) Tavtologiya – bir o'rinda bir xil ma'noli so'zlardan foydalanish. Masalan, «Bir xil
ma'noli sinonim so'zlar». Bu o'rindagi sinonimlar – bir xil ma'noli so'zlarni ifodalaydi. Yoki
«esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so'zi esdalik sovg'a ma'nosini anglatadi. Bunday so'zlar
o'quvchilarni so'zlarning asl ma'nosidan chalg'itishi mumkin.





Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin