O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


O'qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə44/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

O'qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari 
O'qituvchi mantiqiyligini ta'minlaydigan to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik
soflik kabi qator sifatlar mavjud bo'lib, ularning barchasini o'zida mujassamlashtirgan nutq
madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga
etkazish, shu yo'l bilan unga ta'sir qilishdan iborat bo'lib, mazkur sifatlarning jami nutqning
ta'sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning to'g'riligi nutq madaniyati haqidagi ta'limotning markaziy masalasidir. Madaniy
nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to'g'rilik mavjud bo'lgandagina yuzaga
keladi. Zotan, to'g'ri bo'lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida
gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to'g'riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi
bo'lib, maktab ona tili ta'limining asosiy maqsadi ham o'quvchilarda aynan to'g'ri nutq tuzish
ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
To'g'rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til me'yorlariga to'la mosligi
asosida yuzaga keladi. Amaldagi adabiy til me'yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to'g'ri
nutq bo'la olmaydi.
Adabiy me'yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg'un, jamiyat taraqqiyotining
muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an'anaga muvofiq holda
foydalanish qoidalaridir. Adabiy me'yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy
amaliyot va atoqli yozuvchilar, so'z ustalari hal qiluvchi rol o'ynaydi. Xuddi shu amaliyotda
barqarorlashgan so'z qo'llash doimiy qoida shaklini oladi. Qizig'i shundaki, adabiy til me'yori
nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til me'yorlari
milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan hisoblanadi. Ayni shu me'yorlar ko'p shevali
o'zbek tili egalarining nutqiy muloqotini birlashtiradi.
Ayni paytda ta'kidlash joizki, adabiy me'yorlarni mutlaqo o'zgarmas, davrlar o'tishi bilan
hech bir o'zgarishga uchramaydi, deb bo'lmaydi. Adabiy til me'yorlari ayni paytda dinamik
hodisa hamdir. Til o'zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-baravar
takomillashib borar ekan, tilning me'yorlari ham o'zgarib, mukammallashib boradi.
O'zbek adabiy tilida asosan quyidagi me'yorlar farqlanadi:
1) leksik me'yorlar;
2) talaffuz me'yorlari;
3) so'z yasalish me'yorlari;
4) morfologik me'yorlar;
5) sintaktik me'yorlar;
6) uslubiy me'yorlar.
Bu me'yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an'analarga
suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tarafidan
tasdiqlanadi.
Badiiy so'z ustalari so'zlarni boshqa uslubga ko'chirib qo'llar ekanlar, turli xil estetik
imkoniyatlarni yuzaga chiqaradilar. Badiiy nutqda adabiy tilning grammatik, uslubiy yoki
boshqa me'yorlardan badiiy-estktik maqsad bilan chekinilishi adabiy til me'yorlarining nainki
buzilishi, balki badiiy nutqning mutlaqo o'ziga xos me'yorlarini voqe bo'lishi tarzida baholanadi.
Nutqning to'g'riligi sifati badiiy uslubda ana shunday o'ziga xos bir tarzda namoyon bo'ladi.
Badiiy nutqda kuzatiladigan adabiy til me'yorlaridan chekinish holatlari va buning oqibatida
yuzaga keladigan estetik ta'sirning qimmatini idrok etmoq uchun, albatta, adabiy til me'yorlarini
puxta bilmoq lozim.
Nutqning aniqligi. Kishilar o'rtasidagi muloqotni ta'minlay oladigan nutq to'g'ri bo'lish
bilan birga aniqlik sifatiga ham ega bo'lishi shart. Agar nutq aniq bo'lmasa, so'zlovchi
yetkazdirmoqchi bo'lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to'lasicha va aynan anglanishi
mahol. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkin.
Real voqelik, tabiat va jamiyatdaginarsa va hodisalarning nutqda to'g'ri va yaqqol
ifodalanishi aniq nutqning asosiy mohiyatidir. Shuning uchun ham aniqlik kommunikativ sifati


nutq va voqelik o'rtasidagi mutanosiblik zaminida belgilanadi. Bunda asosan, nutqdagi asosiy


birlik sanalmish so'zning to'g'ri qo'llanishi nazarda tutiladi.
Demak, nutqning aniqligi so'zning tildagi ma'nosiga tamomila muvofiq tarzda qo'llanishi,
so'zning voqelikdagi o'zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat'iy mosligi asosida yuzaga
keladigan kommunikativ sifatdir.
Ayni nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi so'z
ma'nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e'tibor bilan qarash hal qiluvchi
ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg'un va almashtirib bo'lmaydigan aniq
so'zni topish mumkin.
Aniq nutqda, avvalo, voqelikdagi narsa va uning nomi bo'lgan so'z bir –biriga mos bo'lishi
shart.
Nutqni aniq tuza olish uchun, eng avvalo, so'zning leksik ma'nosini to'g'ri anglay bilish
lozim.
Nutq tuzuvchi nutq predmeti va tildagi ma'nolar sistemasini yaxshi bilsa hamda konkret
nutq jarayonida bu predmet va ma'nolarni to'g'ri aloqalantira bilish ko'nikmasiga ega bo'lsagina,
uning nutqi aniq bo'lishi mumkin. Aytish mumkinki, aniq nutq uchun nutq tuzuvchining so'z
qo'llash mahorati jiddiy ahamiyatga molik.
O'zbek tilida aniq nutq yaratishga ko'maklashuvchi vositalar juda ko'p. Nutq predmetini,
ifodalanmoqchi bo'lgan narsa-hodisani butun ikir-chikirlarigacha, turfa nozikliklarigacha
ifodalash imkonini beruvchi sinonimlar qatori mavjudki, ular orasidan nutq predmeti ifodasi
uchun eng uyg'unini tanlash orqali ham nutqning aniqligi ta'minlanadi.
Aniq nutq tuzish uchun qo'llanilishi chegaralangan so'zlarning ma'nolarini etarli darajada
bilish bilan bir qatorda ularning ishlatilish o'rinlarini ham aniq tasavvur etish zarur.
Nutqning aniqligi sifati badiiy nutqda mutlaqo o'ziga xos tarzda, obrazning aniqligi va
o'rinliliga tarzida namoyon bo'ladiki, bu badiiy adabiyotning mohiyati bilan bevosita aloqador.

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin