O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə41/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Xisrav Dehlaviy 
O'qituvchi ovozining gigienasi ustida bir necha so'z aytamiz. Mutaxassislarning o'tkazgan
maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari
orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday
kasallanganlar 40,2% tashkil etadi.
Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi:
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka;
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik;
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik;
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi.
Professional kasallikning oldini oldish uchun tovush gigienasi bilan shug'ullanish va
maktabda ba'zi shartlarga rioya qilish kerak. O'qituvchi har kuni ishdan so'ng 2-3 soatga uzoq
gapirishdan o'zini tiyishi kerak. Shuning bilan bir qatorda o'qituvchilar nafas olish yo'li, nerv
sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e'tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq,
spirtli ichimliklarni iste'mol qilish: chekish og'iz bo'shlig'i va tovush organlariga salbiy ta'sir
etadi.
Og'iz bo'shlig'i va tovush organlarining zararlanishi oldini olish uchun osh sodasi va yodni
aralashtirib hosil bo'lgan suyuqlik bilan og'izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak.
Shu borada yana bir necha maslahat:
- bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush
organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq, qancha ifodali bo'lsa, ovoz shuncha
sog'lom bo'ladi:
- bo'rning har kuni changini yutish zararli, shuning uchun doska artadigan mato nam
bo'lishi kerak;
- Darsdan so'ng o'qituvchi sovuq havoda tez yurishi mumkin emas, chunki sovuq havo
nafas olish va tovush organlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
O'qituvchi ovozi ravon, jirangdor, aniq va o'ziga jalb etadigan bo'lishi kerak. O'quv
materialining qiyin joylarini o'qituvchi ovozini sekinlatgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda
tezroq gapirishi mumkin.
Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya'ni qoida, qonun, aqidalarni ifodalashda ovoz
tezligini kamaytirish kerak.


Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin