O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə38/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar 
1. Pedagogik texnika nima va u nimalardan tashkil topadi?
2. Chinakam tarbiya jarayoni qachon sodir bo'ladi?


3. Pedagogik texnika mashg’ulotlari qay usullarda o'tkazilishi mumkin?


Adabiyotlar: 
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston,
1993.
3. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
4.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
11-MAVZU. O ’QITUVCHINING NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATI.
Reja: 

1.Notiqiik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solinganligi.


2.Notiqlik san’atining yetuk namoyondalari o’zlarining chiroyli va baland, ta’sirchan ovozlari
bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganligi.
3.SHarq mutafakkirlari asarlarida notiqlik san’ati to’g’risidagi fikrlar. Til va nutqning qiyosiy
tahlili.
4.O’qituvchining nutq madaniyati va ungaxos bo’lgan vositalar.
Asosiy tushunchalar: Til, nutq, nutq texnikasi, nafas, fiziologik nafas, fonatsion nafas, 
tovush, diksiya, energetik tizim, generator tizim, rezonator tizim, tovushni ma’lum masofaga 
yetkazish va boshqarish, tovushning egiluvchanligi va tovushning balandligi, diapozon, tembr, 
ritmika, temporitm, nutq tezligi, anafora, gradatsiya, inversiya, intonatsiya, tavtologiya. 

Til va nutq. Nutqning inson hayotidagi o'rni 
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til
insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir.
Til millatning tamal toshidir. Prezident I.Karimov «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,
avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar» deb ta'kidlaganida haqli
edi.
Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz
tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda:
So'zdurki, nishon berur o’lukka jondin, 
So'zdurki, berur jonga xabar jonondin. 
Insonni so'z ayladi judo hayvondin
Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin. 
Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki, insonni
boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng
oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur
mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining izohli
lug’atida “til – fikr ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar
grammatik vositalar sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati,
mahorati” yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa
alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. Kaykovus
hamma hunarlar ichida so'z hunari - notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so'z
hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo'lishini ta'kidlaydi. Muallif notiqlikni
egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va o'rganish deb uqtiradi.
Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz
imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday
izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo'lib chiqsa,


tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida


xizmat qiladi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq
kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.
Til millatning noyob xazinasi bo'lib, doimo og'zaki va yozma holda namoyon bo'lgan. Boy,
yorqin, maroqli nutq, u kim bo'lishidan qat'iy nazar, inson nuri hisoblangan.
Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo'lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan
tortib, kimga nimani, qachon, qaerda va qanday so'zlashigacha bo'lgan barcha nutqiy
jarayonlarni o'z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash yo'llarini emas, balki undan
foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil
fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri,
ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat
qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos
ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish
yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr-mulohazani, shaxsiy
munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi.
Har qanday pedagogik vaziyat uchun mutlaqo to'g'ri bo'lgan nutqni tuzish mumkin emas.
Faqat ayni vaziyat talablaridan kelib chiqib tashkil etiladigan nutqgina to'g'ri hisoblanadi.
Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindin ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin
bo'lmaydi. Pedagogning mehnati - bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va
betakror turlanish oni, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo'lish va bolalar bilan
birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.
Inson nutqi rang-barang. Do'stlariing suhbati ham, san'atkorning sahnadagi monologi ham,
talabaning auditoriyadagi javobi ham nutqning bir ko'rinishidir.
Nutq texnikasi va uning elementlari

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin