mitoxondriyalardagi sodir bo‗ladigan fiziologik jarayonlarning o‗zgarishi va unga
turli biologik faol birikmalarning ta‘sir mexanizmlarini o‗rganishning eng samarali
intoksikasiya qilishning 2 xil usuli mavjud: o‗tkir va surunkali toksik gepatit.
O‗tkir toksik gepatitda intoksikasiya uchun tanlangan toksikant nisbatan
yuqori dozada va kuniga ikki marta hayvon organizmining teri ostiga in‘eksiya
41
qilinadi. Masalan, geliotrin yordamida jigarning o‗tkir zararlanishini chaqirish
uchun toksikantni 250 mg/kg dozada teri ostiga yuboriladi. Bunda o‗tkir toksik
gepatit tezda chaqiriladi va hayvonlar jigari mitoxondriyalaridagi o‗zgarishlarni
o‗rganishning bir qancha metodlari yordamida o‗rganiladi.
Surunkali gepatitda esa tanlab olingan toksikant nisbatan kichik dozalarda
oz-ozdan haftasiga 2 martadan teri ostiga in‘eksiya qilinadi. Masalan, geliotrin
bilan surunkali gepatit modeli quyidagicha chaqiriladi. Geliotrindan 50mg/kg
dozada olib, haftasiga 2 martadan 6 hafta davomida teri ostiga yuborib turiladi.
Tajribalarda aniqlanishicha, geliotrin yordamida 200 ta kalamushda chaqirilgan
surunkali gepatitda toksikantning zaharlilik xususiyati 29% ga teng bo‗ladi.. yo‗li
bilan Bu tajribalar asosan kalamush hamda quyonlarda olib borilganda samarali
natijalarni olish mumkin. Bunda tajribalar tadqiqotning rejasiga ko‗ra amalga
oshiriladi.
Tadqiqotlar davomida kalamushlarni bir necha guruhlarga bo‗linadi.
Masalan, kasallantirilmagan hayvonlar guruhi, o‗tkir gepatit chaqirilgan guruh,
surunkali gepatit chaqirilgan guruh, shu bilan birga kasallangan hayvonlarga turli
biologik faol birikmalar yedirilgan guruhlar. Dastlab intakt kalamushlar jigari
mitoxondriyalaridagi fiziologik holatlar, keyin kasallantirilgan kalamushlarda bu
fiziologik holatlarning o‗zgarishi, zararlangan kalamush jigari mitoxondriyalariga
turli biologik faol moddalarning ta‘sirini (korreksiyasini) o‗rganish mumkin.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, analogik tajribalarni ССI
4
yordamida ham olib
borish mumkin. Bunda ham toksik gepatitning 2 xil ko‗rinishini, ya‘ni surunkali va
o‗tkir toksik gepatitni chaqirish mumkin. Ma‘lumki, geliotringa nisbatan CCI
4
ning
zaharlilik xususiyati biroz kuchliroq bo‗lganligi sababli uning kichikroq
dozalaridan foydalaniladi. Masalan, ССI
4
tа‘siriда jigarning o‗tkir zaharlanishini
chaqirishda uning 50% eritmasidan 100 g tana vazni hisobiga 0,75 ml teri ostiga
kuniga bir marotaba yuboriladi va 1 sutka o‗tkach, hayvonda tajriba olib borish
mumkin.