stabilashtiruvchi ta‘siri natijasida SsA-sezgir pora darajasida patologik holatning
rivojlanib ketishi 50% ga kamayadi. Bu yo‗nalishdagi surunkali toksik gepatit
geliotrin bilan 120 kun davomida intoksikasiya qilingan kalamushlarda ham
zararlanishning yuzaga kelish mexanizmlaridan biri bu, mitoxondriyadagi SsA-
farmakoterapiya qilish orqali mitoxondriya membranasining stabil holatini
46
Silibor preparati yordamida bosqichli davolash shuni ko‗rsatdiki, ular pora
funksiyasi hamda mitoxondriyalar membranasiga stabillovchi ta‘sir ko‗rsatgan.
Ma‘lumki, slibor polioksifenilxromanlar kompleksidan iborat bo‗lgan o‗simlik
mahsuloti hisoblanadi. Uning ta‘siri asosi shundan iboratki, polyar yog‗
kislotalarining gidroperekislarga aylanishi hamda zararsiz oksikislotalarning
giperlipoperoksidasiyasining
oldini
oladi.
Uning
antioksidant
va
membranastabillovchi ta‘sirlari hujayra energiya ta‘minotini va lipidlar
metabolizmini yaxshilaydi.
Silibordan farq qilgan holda neoselen ko‗pgina hujayraichki fermentlari
tarkibiga kiruvchi fiziologik faol essensial mikroelement – selendan tashkil topgan.
Adabiyot manbalarida (Гoреликова и др., 1997; Петрович, Пoдарожная., 1981)
keltirilishicha, selen hayvon organizmida ma‘lum darajada mavjud bo‗lib, peroral
kiritilganda, u organizmda to‗planmaydi va tezda siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Selen birikmasining organizmdagi biokimyoviy funksiyalari murakkab va turli-
tumandir. U hujayra membranalarining oksidlanish-qaytarilish sistemalarida
ishtirok etadi, fermentlar tarkibiga kiradi, nespesifik fosfataz hamda ATF-
azalarning faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi va boshqalar (Мхитарян, Бадалян., 1978).
Yuqorida aytib o‗tilgan natijalar asosida shuni ta‘kidlash lozimki, jigarning
geliotrin ta‘sirida surunkali toksik ta‘siri natijasida birinchi navbatda SsA-sezgir
poralarning funksiyasi buziladi. Korreksiya uchun tanlangan slibor va neoselenlar
mitoxondriya membranasiga stabilovchi ta‘sir ko‗rsatadi, SsA-sezgir poralarni
yopiq konformasion holatga olib keladi. Ularning ta‘sir qilish samaradorligi haqida
gapirganda sliborga nisbatan neoselen biroz ijobiy ta‘sirga egaligi yuqorida
keltirilgan ma‘lumotlardan ma‘lum bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: