47
3.2. Geliotrinli toksik gepatitda kalamush jigari antioksidant himoya tizimi va
LPO ning buzilishiga neoselenning ijobiy ta‟sirlarini o„rganish
Adabiyot manbalaridan ma‘lumki, SsA-sezgir poralar buzilishining
mexanizmlaridan biri bu lipidlarning perekisli oksidlanishi (LPO) ning kuchayishi
hamda antioksidant himoya fermentlari faolligining kamayishi hisoblanadi. Bu
membranalarni desensibilizasiya olib keladi va ularning o‗tkazuvchanligini
kuchaytiradi. Shu sababdan ushbu yo‗nalishdagi tadqiqotlarda tajriba hayvonlari
jigari mitoxondriyalarida malon dialdegidi (MDA) hosil bo‗lish darajasi va
antioksidant tizimi fermentlarining faolligi o‗rganiladi.
Bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilish uchun yana U. Salixodjaevaning olib
borgan tadqiqotlariga murojaat qildik. Tadqiqot natijalarining ko‗rsatishicha, intakt
kalamushlarga qaraganda tajriba kalamushlari jigari fraksiyalarida MDA miqdori
ortib borgan. Masalan, 60 kunlik tajriba o‗tkazilgan hayvonlarda intakt
hayvonlarga qaraganda MDA miqdori 0,267±0,006 nmol/mg oqsil ga, shuningdek
90 va 120 kunlik kalamushlarda bu ko‗rsatkich mos ravishda 0,277±0,030 va
0,299±0,007 nmol/mg oqsil ga ortgan (4-jadval).
4-jadval.
Tajriba hayvonlari jigari mitoxondriyalari fraksiyasida MDA miqdori (nmol/mg
oqsil) (M±m) (Салиходжаева, 2004).
Tajriba guruhlari
Tajriba muddati (kun)
60
90
120
Nazorat
SGTG*+N2O
SGTG +Silibor
SGTG +Neoselen
0,267±0,006
0,554±0,004
а
0,307±0,013
а,б
0,350±0,009
а,б
0,277±0,030
0,513±0,010
а
0,331±0,008
а,б
0,381±0,016
а,б
0,299±0,007
0,466±0,012
а
0,282±0,011
б
0,418±0,00
а,б
*Izoh. SGTG-surunkаli геliotrinli toksik геpаtit.
48
60 kunlik tajribalarning nazorat guruhida MDA miqdori 107,8% ga ortgan.
Slibor bilan farmakoterapiyaning birinchi bosqichida bu ko‗rsatkich 44,6% ga
kamaygan. Bu uning antioksidant ta‘sirga egaligini ko‗rsatadi.
Neoselen bilan farmakoterapiya shuni ko‗rsatdiki, u sliborga nisbatan biroz
pastroq ta‘sirga ega, ya‘ni MDA miqdori davolangan guruhda 36.8% ga
kamaygan. 90-120 kunlik farmakoterapiyada ham MDA miqdori intakt
kalamushlarga qaraganda sezilarli darajada kamaygani aniqlangan.
Salixodjaeva (2004) tadqiqotlari natijalari shundan dalolat berib turibdiki,
har ikkala preparat ham antioksidant xususiyatga ega. Siliborning ta‘siri shundaki,
ular antiradikal ta‘sirga ega, neoselen esa tarkibidagi essensial mikroelementi selen
antioksidant tizim fermentlari (glutationperoksidazalar) bilan birikib ularni
faollashtiradi.
Dostları ilə paylaş: