Hujayra ichida kalsiy ionlari taqsimlanishini buzuvchi moddalar
1. Mitoxondriyadan kalsiyni chiqaradi:
- dinitrofenol
- dinitrokrezol
- xinonlar
- perekislar
- alloksan
- temir
- kadmiy
3. Plazmatik membranadan kalsiyning
kirishini kuchaytiradi:
- uglerod to„rtxloridi
- dimetilnitrozamin
- parasetamol
- 2,3,7,8-tetraxlordibenzo-p-dioksin
2. Endoplazmatik retikulumdan kalsiyni
kalsiyni chiaradi:
- uglerod to„rtxloridi
- brombenzol
- xinonlar
- perekislar
- aldegidlar
4. Hujayradan kalsiyni chiqishini
(efflyuksini) buzadi:
- sistamin
- xinoni
- perekisi
- dikvat
- vanadiy
Hujayra ichki kalsiy gomeostazining buzilishi quyidagi holatlarda namoyon
bo‗ladi:
- biologik membranalarning shikastlanishi natijasida, ularning ionlar uchun
o‗tkazuvchanligini ortishi;
- hujayra bioenergetik jarayonlarining buzilishi, makroergik moddalar
zahirasining tugashi;
- Сa
2+
-kanallaridagi oqsil komplekslari (reseptor vazifasini bajaruvchi)
funksional holatining o‗zgarishi.
Zaharli ta‘sir effektlari umumiy ta‘siri shundak iboratki, umumiy holatda
barcha hujayralarda ularning hujayra skeleti to‗liq zararlanishi, kalsiy
barqarorlikning yo‗qolishi va katabolik fermentlar (fosfolipaz, proteaz,
endonukleaz) ning boshqarilib bo‗lmas darajada faollanishi sodir bo‗ladi.
|