3-BOB. NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
3.1. Toksik gepatitda jigar mitoxondriyalari membranasi fiziologik holatining
o„zgarishi
Yuqoridagi ma‘lumotlarda ta‘kidlab o‗tganimizdek, organizmning turli
xildagi zaharli ta‘sir qiluvchi moddalar bilan toksik zararlanishi natijasida, birinchi
navbatda katta talafot jigar hujayralarida kuzatiladi. Jigarning bunday
zararlanishini toksik gepatit deb yuritiladi.
Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, toksik gepatit hujayra metabolizmi va
mitoxondriya funksional parametrlarini buzilishiga olib keladi, ya‘ni
mitoxondriyalarning nafas olish va oksidlanishli fosforlanish jarayoni buzilishi,
nafas zanjiri orqali elektronlar tashilishining pasayishi, mitoxondriya Са
2+
pulining
bo‗shab qolishi kabi jarayonlar yuzaga keladi.
Shu sababdan keyingi yillarda ushbu yo‗nalishda olib borilayotgan
tadqiqotlarda jigar hujayralari mitoxondriyalari membranasida joylashgan Сa
2+
ga
bog‗liq megakanal yoki SsA-sezgir poralarning funksional xususiyatlarining
o‗zgarishlariga qaratilmoqda.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda bu borada ilmiy tadqiqot o‗tkazgan
olimlar tomonidan olingan ma‘lumotlarni umumiylashtirdik.
Ko‗pgina olimlar (N.X. Abdullaev, X.Y. Karimov, Z.G. Aprosina va
boshqalar) ning fikricha, ushbu poralarning ochiq holatga o‗tishi L–arginin-azot
oksidining faollashuviga bog‗liq bo‗lishi mumkin. O‗z navbatida peroksinitritning
ko‗p hosil bo‗lishi natijasida Са
2+
ga bog‗liq megakanali konformasion holatining
o‗zgarishiga olib keladi.
U.Salixodjaeva (2004) ning olib borgan tadqiqotlari geliotrin bilan
zararlangan kalamush jigari hujayralari ichki membranasida joylashgan SsA-sezgir
poralarning funksional o‗zgarishlariga bag‗ishlangan. Xususan, bunday
43
yo‗nalishdagi ishlar O‗zR FA Fiziologiya va biofizika instituti xodimlari (Beskina,
V.Kamburova va I.CHuliyevlar) tomonidan ham amalga oshirilgan.
U.Salixodjaeva
tomonidan
olib
borilgan
ushbu
tadqiqotlarda
ko‗rsatilishicha, intakt kalamush jigari mitoxondriyalarini Са
2+
ionlari yordamida
inkubasiya qilinganda, ular shishadi. Bu mitoxondriya ichki membrasida
joylashgan SsA-sezgir poralarning ochiq holatga o‗tib qolishi bilan tushuntiriladi
(8-rаsm). Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlantirilganda (60 kunlik tajribada)
jigarning ushbu sharoitda Са
2+
-га bog‗liq shishishining dastlabki tezligi intakt
kalamushlarnikiga nisbatan 1,5 marta tezlashganligi aniqlangan (8-rаsm).
Poraning klassik ingibitori siklosporin qo‗shilganda, porani yopadi hamda
mitoxondriyaning shishishini ingibirlaydi.
Dostları ilə paylaş: |