O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/44
tarix31.12.2021
ölçüsü0,81 Mb.
#49942
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati

 

 

9-rаsm. Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlanganda (90 kunlik tajribada) 

mitoxondriyaning Са

2+

-bilan indusirlangan shishishining o‗zgarishi. 



Qo‗shilgan moddalar: 1mkM Са

2+



 

Neoselen yordamida davolashning ikkinchi bosqichida mitoxondriyalarning 

Са

2+

-ga bog‗liq shishishi davolanmagan hayvonlarga qaraganda 25% ga kamaygan 



(9-rаsm).  

Olingan 


natija 

ushbu 


preparatning 

mitoxondriya 

membranasini 

stabilashtiruvchi  ta‘siri  natijasida  SsA-sezgir  pora  darajasida  patologik  holatning 

rivojlanib  ketishi  50%  ga  kamayadi.  Bu  yo‗nalishdagi  surunkali  toksik  gepatit 

geliotrin  bilan  120  kun  davomida  intoksikasiya  qilingan  kalamushlarda  ham 

kuzatilgan.  

Shunday qilib, avtor shunday xulosaga keladiki, jigarda geliotrinli surunkali 

zararlanishning  yuzaga  kelish  mexanizmlaridan  biri  bu,  mitoxondriyadagi  SsA-

sezgir  poralar  funksiyasining  buzilishidir.  Neoselen  yordamida  bosqichli 

farmakoterapiya  qilish  orqali  mitoxondriya  membranasining  stabil  holatini 

yaxshilash mumkin. 




 

46 


Silibor  preparati  yordamida  bosqichli  davolash  shuni  ko‗rsatdiki,  ular  pora 

funksiyasi  hamda  mitoxondriyalar  membranasiga  stabillovchi  ta‘sir  ko‗rsatgan. 

Ma‘lumki,  slibor  polioksifenilxromanlar  kompleksidan  iborat  bo‗lgan  o‗simlik 

mahsuloti  hisoblanadi.  Uning  ta‘siri  asosi  shundan  iboratki,  polyar  yog‗ 

kislotalarining  gidroperekislarga  aylanishi  hamda  zararsiz  oksikislotalarning 

giperlipoperoksidasiyasining 

oldini 

oladi. 


Uning 

antioksidant 

va 

membranastabillovchi  ta‘sirlari  hujayra  energiya  ta‘minotini  va  lipidlar 



metabolizmini yaxshilaydi.  

Silibordan  farq  qilgan  holda  neoselen  ko‗pgina  hujayraichki  fermentlari 

tarkibiga kiruvchi fiziologik faol essensial mikroelement – selendan tashkil topgan. 

Adabiyot manbalarida (Гoреликова и др., 1997; Петрович, Пoдарожная., 1981) 

keltirilishicha, selen hayvon organizmida ma‘lum darajada mavjud bo‗lib, peroral 

kiritilganda, u organizmda to‗planmaydi va tezda siydik bilan chiqarib yuboriladi. 

Selen  birikmasining  organizmdagi  biokimyoviy  funksiyalari  murakkab  va  turli-

tumandir.  U  hujayra  membranalarining  oksidlanish-qaytarilish  sistemalarida 

ishtirok  etadi,  fermentlar  tarkibiga  kiradi,  nespesifik  fosfataz  hamda  ATF-

azalarning faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi va boshqalar (Мхитарян, Бадалян., 1978).  

Yuqorida aytib o‗tilgan natijalar asosida shuni ta‘kidlash lozimki, jigarning 

geliotrin  ta‘sirida  surunkali  toksik  ta‘siri  natijasida  birinchi  navbatda  SsA-sezgir 

poralarning funksiyasi buziladi. Korreksiya uchun tanlangan slibor va neoselenlar 

mitoxondriya  membranasiga  stabilovchi  ta‘sir  ko‗rsatadi,  SsA-sezgir  poralarni 

yopiq konformasion holatga olib keladi. Ularning ta‘sir qilish samaradorligi haqida 

gapirganda  sliborga  nisbatan  neoselen  biroz  ijobiy  ta‘sirga  egaligi  yuqorida 

keltirilgan ma‘lumotlardan ma‘lum bo‗ldi.  

 


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin