О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Usimta va uning kesish jarayoniga ta‘siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

4. Usimta va uning kesish jarayoniga ta‘siri 
Plastik va qovushoq metallarni ma„lum sharoitda kesib ishlashda keskichning oldingi 
yuzasida kuchli deformatsiyalangan metall zarralarining bir qismi keskichga payvandlanib 
qoladi (9-shakl), bunga 
o‟simta
deyiladi. 
46-rasm 
Struktura jixatidan olganda, o‟simta yo‟nilayotgan metaldan va qirindidan farq qiladi. 
O‟simtaning qattiqligi yo‟nilayotgan metall qattiqligidan 2,5...3 marta katta bo‟ladi. O‟simta 
hosil bo‟lishi bilan kesishish burchagi kichrayadi. O‟simta keskichning kesuvchi qirrasining 
kesish issiqligi ta„siridan va yeyilishdan saqlaydi. Kesish jarayonida qirindi keskichning oldingi 
yuzasiga emas, balki o‟simta qatlamiga tiraladi. Ishqalanish kuchi ta„siri ostida o‟simta 
yemiriladi.
O‟simtaning bir qismi qirindiga ilashib ketsa, bir qismi yo‟nilayotgan yuzaga yopishadi. 
Shundan keyin yana o‟simta hosil bo‟ladi. O‟simta hosil bo‟lishi bilan yo‟nilgan yuza g‟adir – 
budur, yulingan bo‟lib qoladi, shu sababli tozalab yo‟nishda o‟simta hosil bo‟lishi
nomaqbuldir. Kichik (3...5 m/min) va katta (70...80 m/min) tezliklar bilan kesishda o‟simta 
hosil bo‟lmaydi. Eng katta o‟simta 20...30 m/min tezliklar bilan kesishda hosil bo‟ladi. Kichik 
tezlikda harorat past bo‟ladi, katta tezlikda metall plastik bo‟lib qoladi, ishqalanish kuchi 
kamayadi. Kesish jarayoni uzluksiz bo‟lgan hollarda (frezalashda va randalashda) o‟simta 
keskichning kesuvchi qirrasida tutilib qolmaydi, chunki qirindi keskichning oldingi yuzasiga 
muntazam qisilgan bo‟lmaydi. O‟simta hosil bo‟lishini oldini olish uchun, 
ishqalanish kuchini kamaytirish, keskich oldingi burchagini oshirish, moylash-sovitish 
suyuqliklarini ishlatish, keskichning oldingi yuzasini jilolash zurur. O‟simta homaki ishlovlarda 
foydali bo‟lib, tozalab ishlov berishda zararlidir. 
5. Kesish jarayonida hosil bo’ladigan issiqlik jarayoni 


Metallarda kesish jarayonida issiqlik hosil bo‟ladi (47-rasm). Qirindi, keskich va zagatovka 
issiqlik ta„sirida qiziydi. 
47-rasm 
Keskich ma„lum darajagacha qizigach, struktura o‟zgarishlari hisobiga yumshab ishlov berishda 
tez yeyiladi. Bu esa zagatovkani ishlash aniqligiga, yuza g‟adir – budurligiga va ishlov 
unumdorligiga putur yetkazadi. Shuning uchun ajraluvchi issiqlikning turli tezlikda (metallni 
issiqlik o‟tkazuvchanligiga va issiqlik sig‟imiga ko‟ra) qirindiga, keskichga, zagatovkaga, 
tashqi muhitga tarqaladi. Issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Q
il
+ Q
оl 
+ Q
кеt
= Q
qir
+ Q
к 
+ Q

+ Q
тm

Bunda Q
pl
– plastik deformatsiyadan ajraladigan issiqlik; 
Q
оl
– qirindining oldingi yuzaga ishqalanishdan ajraladigan issiqlik; 
Q
кеt
– Zagatovkaning keskichning ketingi yuzasiga ishqalanishdan chiqadigan issiqlik; 
Q
qir
–qirindiga; Q
к
–keskichga; Q
z
–zagatovkaga; Q
тm
–tashqi muhitga o‟tadigan issiqlik 
miqdori. 
Tadqiqotlarga ko‟ra tokarlik ishlarida ajralayotgan issiqlikning 50...80% qirindiga, 
10...40% keskichga, 3...9% zagatovkaga o‟tadi va 1% nurlanish orqali tashqi muhitga tarqaladi. 
Kesish tezligining va surish qiymatining oshishi, kesish chuqurligining ortishiga nisbatan 
keskichning qizishiga kuchliroq ta„sir ko‟rsatadi. Buning sababi shundaki, kontakt yuzasida 
ajraluvchi issiqlik miqdori ortishi bilan bir vaqtda keskich tig‟iningi ishlanayotgan metallga 
kontakt uzunligi ham ortadi. Demak, metallarni kesib ishlashda ish unumdorligini oshirish 
uchun kesish yuzasi qiymatini kesish chuqurldigi hisobiga orttirish maqsadga muvofiqdir. 
Metalarni kesish jarayonida sarflanuvchi hamma mexanik ish issiqlikka aylanadi. Kesishga 
sarflanadigan ish qiymati (A) quyidagicha ifodalanadi: 
А = Р

∙ V kg m/min 
Bunda Р

– kesish kuchi, kg; V – kesish tezligi, m/min. ajraluvchi issiqlikning umumiy 
miqdorini esa quyidagicha aniqlash mumkin. 


Q = A/427 = P ∙ V/427, kkan/min. 
Bunda 427 – ishning issiqlik ekvivalenti, kgm/kkal. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin