6.
Stanokning pasporti.
Adabiyotlar
:
5, 2, 8, 1, 3, 7
Tayanch iboralar
:
support, salazka, shpindel, SMAD, patron, opravka, lyunet, zagatovka,
stanina, babka, lerka, klupp, shkiv.
1.Tokarlik guruhidagi stanoklar va ularning klassifikatsiyasi
Tokarlik guruhidagi stanoklarda murakkab shaklli yo‟nilgan yuzasi juda aniq va toza
bo‟lishi talab etiladigan xilma – xil detallar kesib ishlanishi mumkin.
Tokarli stanoklari
universal
va
ixtisoslashtirilgan
hamda markazlarining sataninadan bo‟lgan
balandligi 150 mm gacha bo‟lgan kichik stanoklarga, 150...300 mm gacha bo‟lgan stanoklarga,
300 mm dan ortiq bo‟lgan og‟ir stanoklarga bo‟linadi.
Tokarlik stanoklari guruhiga quyidagi stanoklar kiradi:
Tokarlik stanoklari
aylanish jismlari shaklidagi xilma – xil detallarni sirtqi va ichki yuzalarini
yo‟nish uchun ishlatiladi, ammo bu stanoklarda rezbalar qirkib bo‟lmaydi.
Tokarlik
–
vintqirqish stanoklari
tokarlik stanoklaridan rezba qirqishda foydalaniladigan surish
vinti borligi bilan farq qiladi.
Ko‟p keskichli tokarlik stanoklari
shakli aylanish jismlari shakliga o‟xshash har xil detallarga
bir vaqtda bir necha keskichlar bilan ishlov berish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: