30-rasm. Buylamasiga prokatlash.
Prokatlash usuli bilan olingan buyumning izil-kesil o‟lchamlari va shakli metallni
siquvchi vallar orasidagi teshik profili bilan belgilanadi. Po‟lat, rangli metallar va uning
qotishmlari prokatlanadi.
Agar zagotovka vallarning o‟qiga perpenikulyar yo‟nalishida surilsa,
bo’ylama
prokatlash
deb, zagotovka val o‟qlari bo‟ylab surilsa
ko’ndalang prokatlash
deb yuritiladi.
Prokatlash vallari uglerodli va legirlangan po‟latlardan,
shuningdek, o‟ta mustahkam
cho‟yandan tayyorlanadi va cho‟yan vallarining sirti oqartiriladi. Prokatlash vallarining sirti
tekis va kalibrlangan, ya‟ni belgilangn profgilli ariqchalari bo‟lgan xillari bo‟ladi (ariqcha deb
valning yon sirtida hosil qilingan o‟yiqqa aytiladi, valning ikkita uyiqlari
orasida qoldirilgan
profilga
kalibr
deb ataladi). Metall dastlab siqish va xomaki kalibrlar orqali, keyin uzil-kesil
pardozlash kalibirlari orqali o‟tkaziladi.
Metallarni bo‟ylama prokatlashda prokatlash tezligi ish unumini xarakterlovchi asosiy
ko‟rsatkichdir. Amalda prokatlash tezligini juvalarning aylanishidagi chizig‟iy tezlikka teng deb
olinadi, ya‟ni:
Bu yerda:
v
- prokatlash tezligi, m
s;
r
- juvalar radiusi,m;
n
-juvalarning bir minutydagi
aylanishlari soni.
Prokatlash
tezligi prokat turiga, zagotovkaning holatiga va boshqa faktorlarga bog‟liq.
Masalan, list prokatlashda 15 m/s, sim prokatlashda 35m/s ga et adi.
Prokatlashda zagotovka o‟lchamlarining nisbatan o‟zgarishiga ko‟ra, deformatsiyalanish
koeffisientlarini quyidagi formulalar orqali aniqlash mumukin:
Siqilish koeffisienti:
Kengayish koeffisienti:
Uzayish koeffisienti:
yoki
.
Bu yerda: H
o
– zagovotka qalinligi; B
o
– zagovotka eni, L
o
- zagovotka uzunligi, H -
prokat
qalinligi, B - prokat eni, L - prokat uzunligi.
Prokatlash
prokat stanlari
deb ataladigan maxsus mashinalarda amalga oshiriladi;
prokat stanlarining tuzilishi prokatlanadigan buyumning turi va uning o‟lchamlariga bog‟liq.
Prokat stanining asosiy qisimlariga yuritmasi, o‟zatish mexanzimi va prokatlash vallari
(juvalar) o‟rnatilgan ish kletlari kiradi 31-rasm).
31 -rasm. Prokatlash stanining sxemasi: 1- electr dvigatel; 2 – elastic mufta; 3 – reduktor;
4 – kulachokli mufta; 5 – ish kleti; 6 – shpindellar; 7 – trefli mufta; 8 – juvalar.
Prokatlash stanlarini ish kletining juvalari soniga, ishlab chiqariladigan mahsulot xiliga va
kletlarning o‟rnatilishiga qarab guruhlarga bo‟linadi.
Ish kletining jo‟valari soniga ko‟ra ikki jo‟vali reverssiz (duo), ikki jo‟vali reversli, uch
jo‟vali (trio), to‟rt jo‟vali (kvarto) va ko‟p jo‟valilarga bo‟linadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar xiliga ko‟ra - qisuvchi, xomaki,
zagotovka, rels - balka,
sort, sim, list, truba, g‟ildirak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi stanlarga bo‟linadi.
Ish kletlarining joylashuviga ko‟ra bir kletli, kletlari bir chiziqda pog‟anali, shaxmat
tartibida joylashgan, yarim uzliksiz va uzliksiz xillarga bo‟linadi.
Dostları ilə paylaş: