О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Cho’yan, po’lat va rangli metallar qotishimalaridan olinadigan quymalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Cho’yan, po’lat va rangli metallar qotishimalaridan olinadigan quymalar 
Massasi bir necha grammdan bir necha yuz tonnagacha bo‟lgan juda ko‟p quymalar 
cho‟yandan tayyorlanadi. Ularning quymakorlik, korroziyabarodshlik va antifiraksion xossalari 
yuqori, mustahkamligi ham yetarli darajada yuqori, tannarxi ham arzon. 
Uglerodli va turli legirlangan po‟latlardan olinadigan massasi 10g dan 20 t gacha bo‟lgan 
turli shakldagi quymalar ham mashinasozlikda keng miqyosda qo‟llaniladi. Murakkab shaklli, 
turli vazndagi muhim detallar, jumladan, elektrodvigatellarning korpuslari, yakorlar, tishli 
g‟ildiraklar, cherviyaklar va boshqalar ko‟pincha po‟latdan quyiladi. 
Po‟lat quymalarning mustahkamligi va qovushoqligi cho‟yan quymalarnikiga qarganda 
yuqoriroq. Lekin quymakorlik xosslari bo‟yicha cho‟yandan keyin turadi (po‟latning sovib 
cho‟kishi kattaroq, suyuq holda oquvchanligi past va hokazo). Yoyilishga chidamliligi bo‟yicha 
austenitli yuqori marganesli Г13Л markali po‟lat alohida ahamyatga ega. Ular 
ekskavotorlarning cho‟michlari, temir yo‟l krestovinalarini, gusenitsa traklarini, uyurma va 
sharli tegirmonlarning korpuslarini tayyorlashda ishlatiladi.


Po‟lat quymalarning ko‟pincha yirik donali bo‟lishi ularning mexanikaviy xossalarini 
yomonlashtiradi. Bunday quymalarning donalarini maydalashtirib, bir tekis strukturaga erishish 
bilan ichki kuchlanishga barham berib mexanikaviy xossalarini oshirish maqsadida ular 
yumshatiladi. 
Shakldor quymalar tayyorlashda mis qotishmalarning har ikkala turidan – latundan ham, 
bronzadan ham foydalaniladi. Korroziyabardosh detallar tayyorlashda ЛА67-2,5, ЛАЖ60-1,1 
va ЛК80-3 markali latunlar ishlatiladi. Armaturalar va murakkab quymalar uchun qalayli 
bronzalardan (masalan, Бр010, Бр0Ф10-1, БрОЦС6-6-3) ham, alyuminiy–temirli, kremniyli va 
marganesli bronzalardan (БрАЖ9-4, БрК3, БрМЦС8-20) ham fopydalaniladi.
Amalda mis quymalar olishda, ko‟pincha bir stoyakli ko‟p oziqlantirgichlar orqali 
bog‟langan bir necha qolip tayyorlanadi. Metallartning qolipga tekis va ravon kirishini 
ta‟minlash uchun ilonizi ko‟rinishidagi, pog‟onali stoyaklardan foydalaniladi. Qolipga 
metallarning ravon to‟lishini yaxshilash maqsadida viporlardan foydalaniladi.
Alyuminiy qotishmalarining nisbatan puxtaligi quyma xossalarining yaxshiligi, yaxshi kesib 
ishlanishi, korraziyabardoshligi, ko‟pchiligi yaxshi termik ishlanishi kabi o‟ziga xos 
xususiyatlarga egaligi uchun ulardan quyma detallar, jumladan, dvigatellar golovkalari, 
shatunlar, porshenlar olinadi. 
Alyuminiy qotishmalarining mexanikaviy xossalari ularning kimyoviy tarkibiga va 
strukturasiga bog‟liq. Quymalar olishda aluminiyning kremniyli, magniyli, misli, mis-kremniyli 
va murakkab tarkibli qotishmalaridan foydalaniladi. Quymalar, asosan, bosim ostida doimiy 
metall qoliplarga qolip materiallardan tayyorlangan qoliplarga quyish yo‟li bilan olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin