Qobiq qoliplarga quyish. Yirik seriyalab va ko‟plab ishlab chiqarishda yuqori aniqlakdagi (12-
15 kvalitetlardagi) shakldor mayda va o‟rta muhim quymalar metal modellar yordamida
tayyorlanadigan qobiq yarim-qoliplrga quyiladi. Bunda qolip aralashmasi mayda kvars,
magnezit yoki sirkoniy qumidan (92-95%) va termoreaktiv fenol-formaldegidli smola (5-8%)
dan tashkil topadi.
Bu usulda olingan quyma yirik donli strukturaga ega bo‟ladi, shu sababli kerakli
mexanik xossalar olish uchun quymaga qushimcha termik ishlov beriladi.
Markazdan qochirma usulida quyish. Bu usulda suyuqlantirilgan metall ma‟lum tezlik bilan
aylanadigan qoliplarga quyiladi: qolip quymaning butun kristallanish jarayonida aylanib turadi.
Bunda metall markazdan qochirma kuch bilan qolip devorlariga siqiladi va mustahkamligi
yuqori, zich quymalar olinadi.
Aylanish gorizontal va vertikal atrofida bo‟lishi mumkin. Ikkala holda ham aylanish o‟qi
quymaning o‟qiga mos tushadi; quyma devorining qalinligi esa quyiladigan metall miqdoriga
bo‟g‟liq.
Bu usul bilan trubalar, silindr shaklidagi vtulkalar, g‟ildiraklar, shkivlar, otish
qurollarining stvollari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Qolip va sterjen materiallari, ularning turlari Metall qo‟ymalarini olishda qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar qo‟yidagi turlarga
bo‟linadi:
a)
Bir martalik qoliplar, bunday qoliplar, asosan, qum va gilni suv bilan qorishtirib
tayyorlanadi;
b)
Muvaqqat qoliplar. Bunday qoilplar yuqori haroratga chidamli materiallarni (shamot,
magnezit, qum, asbest va boshqalarni) gil bilan qorishtirib tayyorlanadi;
v) Doimiy qoilplar. Bunday qoliplar, asosan, cho‟yan va po‟latdan (bazan mis va
alyuminiy qotishmalaridan) tayyorlanadi.
Shuningdek, qoliplar unga metall quyishdagi holatiga ko‟ra nam va quruq xillarga
bo‟linadi:
Nam qoliplar. Bu qoliplardan foydalanish quyma olish siklini qisqartirib, narxini
arzonlashtiradi. Lekin qoilplar nam bo‟lgani tufayli zich va puxtalikka ega bo‟lmaydi.