О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Oq va kul rang cho’yanlar 
Oq cho‟yanlar tarkibida uglerod kimyoviy birikma karbid holatida bo‟ladi. Oq cho‟yan 
sementit va perlitdan tuzilgan. 
Cho‟yanning bu turi sindirilsa, uning singan joyi xira oq tusda ko‟rinadi, shuning uvhun 

oq cho’yan
deb ataladi. Oq cho‟yan juda qattiq (HB = 400…500) va mo‟rtdir, unga kesuvchi 
asboblar bilan kesib ishlov berib bo‟lmaydi. Sanoatga bunday cho‟yanlardan, asosan, po‟lat 
olinadi, shu sababli uni qayta ishlanuvchan cho‟yan ham deb ataladi. Oq cho‟yanning bir qismi 
bolg‟alanuvchan cho‟yan olishga sarflanadi. 


Kulrang cho‟yanning tarkibida uglerodning juda ko‟p qismi grafit tarzida bo‟ladi. Bu 
cho‟yanning qolipga quyilish xossasi yuqori bo‟lganligi uchun u quymakorlik cho‟yani deb 
ham ataladi. 
Quymakorlik cho‟yanida grafitning miqdori, shakli va o‟lchami keng chegarada 
o‟zgarishi mumkin. Bu cho‟yanning asosiy tarkibi Fe-C-Si bo‟lsa ham, undagi qo‟shimchalar - 
Mn, P va S uning xossalariga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Grafitning shakli ko‟pincha buralgan 
yaproq shaklida bo‟ladi. 
Kulrang cho‟yanlarning o‟rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‟ladi: C = 2,4 – 
3,88%; Si = 1,0 - 5,0%; Mn=0,5-0,8%; P=0,2-0,4%; S

0,12%. Bunday cho‟yandan 
tayyorlangan quymaning strukturasi cho‟yanning kimyoviy tarkibi hamda termik ishlash 
usuliga bog‟liq. 
Kulrang cho‟yanlar metall asosining tuzilishiga ko‟ra quyidagi turlarga bo‟linadi: 
a)
Perlitli kulrang cho‟yan. Cho‟yanning bu turi ferrit bilan grafitdan iborat bo‟ladi; 
b)
Ferritli kulrang cho‟yan. Cho‟yanning bu turi ferrit bilan grafikdan iborat; 
v)
Ferrit-perlitli (yoki perlit-ferritli) kulrang cho‟yan. Cho‟yanning bu turi ferrit, 
perlit va grafitdan tarkib topgan bo‟ladi. 
GOST 4832-86 ga muvofiq kulrang cho‟yan quymalarning quyidagi markalari 
belgilangan: CЧ00, СЧ120, СЧ150, СЧ180, СЧ210, СЧ240, СЧ280, СЧ320, СЧ360, СЧ400 
va boshqalar. 
СЧ harflari kul rang cyo‟yan (серый чугун) ekanligini, harfdan keyingi raqamlar 
cyo‟yanning mustahkamlik chegarasini (MPa) bildiradi. СЧ00 cho‟yani sinab ko‟rilmaydi, 
chunki u muhim bo‟lmagan detallarni tayyorlashda ishlatiladi. СЧ120 – СЧ210 markali 
cho‟yanlar guruhining mustahkamligi uncha yuqori emas. Ular truba, fitinglar, halqalar 
tayyorlashda ishlatiladi, ularning qattiqligi 143 – 231 HB ga teng. 
СЧ240 – СЧ440 markali cho‟yanlar mustahkamligi yuqori cho‟yanlarga kiradi, ularning 
qattiqligi 170–260HB bo‟lib, staninalar, shtamplar, maxoviklar tayyorlashda ishlatiladi. O‟ta 
qattiq va mustahkam cho‟yanlarga СЧ550–СЧ650 markali cho‟yanlar kiradi; ulardan juda 
muhim buyumlar, chunonchi shesterniya, rama va hokazolar tayyorlashda foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin