Rezinaning mustahkamigini ancha oshirish uchun undan yasalgan buyumlar armirlanadi,
ya‟ni mustahkamligini oshirish maqsadida devorlari metall-kord, po‟lat sim yoki to‟r, shisha
yoki kapron iplari qo‟shib to‟qiladi. G‟ovak, yacheykali rezina olish uchun xom rezina tarkibiga
maxsus materiallar kiritiladi. Bu materiallar qizdirilganda parchalanadi va rezinaning xajmini
kattalashtiradi, unda g‟ovaklilar, bo‟shliqlar paydo qiladi.
Tayyorlanish usuliga ko‟ra shtamplangan, qoliplangan va yelimlangan rezinalar bo‟ladi
gazlamaga maxsus rolikli yelim shimdirish mashinalarida rezina singdiriladi; bunda gazlama
roliklar tizimi orqali uzliksiz harakatlanib turadi. Ishlatilishiga ko‟ra issiqbardosh,
sovuqbardosh, moy va benzin ta‟siriga chidamli, kislota va ishqorbardosh, oziq-ovqat sanoatida
ishlatiladigan rezinalar bo‟ladi. Xossalariga ko‟ra tarkibida 1-3% oltingugrt bo‟lgan yumshoq
(elastik), tarkibida 27-35% oltingugurt bo‟lgan,
ebonit
deb ataladigan qattiq rezina xillari
bo‟ladi. Rezina listlardan zichlamalar, amortizatorlar, qistirmalar yasaladi. Sanoatda rezinadan
va uning boshqa materiallar bilan birlashmasidan tayyorlangan har xil tasmalar va boshqa
buyumlar ko‟p ishlatiladi.
Rezinlar ichida
poliuretanlar
alohida o‟rin egallaydi. Rezinalarga qaraganda ularning
fizik-mexanik xossalari yuqori, agressiv muhitlarga, yog‟, suyiltirilgan kislota va ishqorlarga
chidamlik, mustahkamligi katta, yeyilishga chidamli, yirtilishga qarshiligi katta. Uning ish
harorati
30
o
C dan +80
o
C gacha. CKУ-ПФЛ markali poliuretan (uretanli
plastifikatsiyanlangan qo‟yma sintetik kauchuk) mamlakatimizda chiqariladigan eng yaxshi
poliuretan mashinalarning so‟rish vallalarini qoplashda ishlatiladi, rezinalarga qaraganda
xizmat muddati 3 marta ko‟proq. Poliuretan poyavzal sanoatida tagcharm tayyorlashda keng
qo‟laniladi.
Dostları ilə paylaş: