Videomontaj sistemasi. Hozirgi vaqtda video tasvir va tovushlarni yozib
olish yoki qaya ishlash uchun analogli videokamera, videomagnitofon, televizor va shunga o‘xshash analogli videoqurilmalardan ham keng ko‘lamda foydalanilmoq- da. Chunki, ko‘pgina film, klip yoki to‘y-tomosha tadbirlari albatta videokasseta-
larda saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Ularni diskka ko‘chirish har holda foydadan xoli emas. Bundan tashqari, televizorda berilayotgan birorta ko‘rsatuvni yozib qo‘- yish masalasiga duch kelganimizda yoki kompyuterda qayta ishlangan multimedia- diskni televizorda ishlatib ko‘rish uchun ham bevosita videomontaj sistemalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra, quyidagi funksiyalarni bajarishga mo‘l- jallangan sistemalar videomontaj sostemalariga misol bo‘la oladi [20]:
videomagnitofon yoki analogli kameralardan dasturiy yo‘l bilan analogli signalni qabul qilish.
qabul qilingan analogli signalni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish va uni real vaqt oralig‘ida kompyuter monitorida akslantira olish.
videoketma-ketlikdagi alohida kadrlarni zaruriyat tug‘ilganda apparatli siqish va uni fayl ko‘rinishida diskda saqlashni amalga oshirish.
tovusli videolar o‘lchamini imkon qadar siqish va uni mos keluvchi for- matda fayl ko‘rinishida diskda saqlash.
maxsus dasturiy ta’minot va maxsus qurilmalar yordamida tasvirli ma’lu- motlarni analogli qurilmalarga chiqarish va hk.
1.8-rasm. Videomontaj sistemalari
Umuman, tovush va video ma’lumotlari bilan ishlashga mo‘ljallangan quril- malar va dasturiy ta’minotlar jamlanmasi videomontaj sistemasi tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |