Tovush kartasi. Multimedia-kompyuterlardagi eng zaruriy elementlardan biri – tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir (звуковой карта, Sound Card).
Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka ting- lagichlar hamda audio-ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar
ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.
Tovushli platalar (Sound Blaster) turli xil tovushli signallarni: musiqa, nutq, shovqinli еffektlarni yaratish, yozish va еshitish uchun ishlatiladi.
1.9-rasm Tovush kartalari
Tovushli yaratish rejimida plata xuddi musiqa asbobi kabi harakat qiladi.
Tovushli plata yordamida yaratiladigan musiqa sintezlangan musiqa deyiladi.
Tovushni еshitish rejimida plata raqamli audioplayerga o‘xshab ishlab, u xo- tiradan o‘qilgan raqamli signallarni analogli tovushli signallarga o‘zgartiradi.
Tovushli yozish rejimida plata tovushli signallarni keyinchalik ularni kompyuter xotirasiga yozish uchun raqamlashni amalga oshiradi.
Funksional jihatdan plata bir nechta modullarni o‘z ichiga oladi:
tovushni yozish va еshitish moduli;
tovushni sintezlovchi modul;
d) interfeyslar moduli.
Dostları ilə paylaş: |