O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə21/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

Multimedia hujjatini yaratish


Endi AutoPlayning multimedia imkoniyatlaridan foydalanib, multimedia- dastur yaratish bilan bog‘liq amaliy ish jarayoniga o‘tamiz. Bitiruv malakaviy ishida ko‘zda turilgan maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun fizikadan “Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari” mavzusini tanlaymiz va uni o‘qitish bo‘yicha bir soatlik multimedia-darsligini yaratishni o‘z oldimizdagi asosiy vazifa qilib olamiz.

Amaliy ishni dastlab dizayn tanlash va boshqaruv obyektlarini loyihalashti- rishdan boshlaymiz.



    1. AutoPlay dasturini ishga tushiramiz va taklif qilingan loyiha shablonlari orasidan “Blank Project” shablonini tanlaymiz.

    2. “Project” menyusiga kirib, “Settings” bandini tanlaymiz va yuzaga kelgan “Project Settings” sarlavhali muloqot oynasining “Appearance” sahifasidagi “Dimensions” bo‘limiga o‘tib, “Page Size” maydonidagi ro‘yxatdan “Custom” satrini tanlaymiz va “Width” qiymatini 750 ga, “Height” qiymatini esa 550 ga o‘zgartiramiz.

“General” bo‘limidagi “Window title” maydoniga “D. Ro`ziyeva – Fizikadan elektron darslik (BMI ga ilova)” yozuvini kiritamiz va “Movable” nomli tanlash maydonchasi (CheckBox)ga bayroqcha o‘rnatamiz. “Always on top” nomli tanlash maydonchasini esa bo‘sh qoldiramiz.

Yana shu muloqot oynasining “Style” bo‘limiga o‘tib, “Standard” radio tugmasini faollashtiramiz.

“Options” bo‘limiga o‘tamiz va “Custom Icon” tanlash maydonchasiga bayroqcha o‘rnatamiz. Faol holatga kelgan “Browser” buyruq tugmasini bosib, “AutoPlay\Icons\monitor.ico” faylini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz.

“TaskBar” bo‘limiga o‘tib, “Standard” radio tugmasini faollashtiramiz. “Resize” bo‘limiga o‘tib, “Window is resizable” nomli tanlash maydoncha-

siga bayroqcha o‘rnatamiz va “Min. width” maydonchasiga 750, “Min. height” maydonchasiga esa 550 sonini kiritamiz.


  1. Ishchi sohaga 6 ta “Paragraph” obyektini, 1 ta “Video” obyektini va 1 ta “Button” obyektini o‘zimiz xohlagandek holatda joylashtiramiz. “Paragraph1” obyekti ustida ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosamiz.

Natijada “Paragraph Properties: Paragraph1” sarlavhali muloqot oynasi yuzaga keladi va uning “Settings” nomli sahifasini ochamiz.

Bu sahifaning “Object” guruhiga kiruvchi “Text” nomli maydonga quyidagi yozuvini kiritamiz:

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI”

“State colors” guruhidagi “Normal”, “Hightlight” va “Click” rang maydoni- da o‘zimiz tanlagan biror rang turini o‘rnatamiz. “Background Style” guruhidan “Transparent” nomli radio tugmasini faollashtiramiz.

“Border Style” guruhidan “None” nomli radio tugmasini faollashtiramiz. “ScrollBars” guruhiga o‘tib, “Style” maydonchasida “Standard” qiymatini,

“Vertical” va “Horizontal” maydonchasiga bir xil: “Off” qiymatini beramiz.


  1. Shu muloqot oynasining “Atributes” sahifasiga o‘tamiz. “AutoResize” guruhidagi “Right” tanlash maydonchasiga bayroqch o‘rnatamiz.

  2. “Paragraph2” obyekti ustida schqonchaning “Double Click” hodisasini ishlatib, yuqoridagidek “Text” nomli yozuv maydoniga

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

yozuvini kiritamiz va qolgan barcha ishlar “Paragraph1” obyektiniki kabi bo‘ladi.



  1. Xuddi shunday, qolgan 4 ta: “Paragraph3”, “Paragraph4”, “Paragraph5” va “Paragraph6” obyektlar uchun ham tegishli yozuvlarni kiritib, qolgan parametrlari bir xil bo‘ladi.

  2. “Video” obyekti ustida ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish qilamiz va hosil bo‘lgan muloqot oynasidagi “Browser” tugmasini bosib, “AutoPlay\Videos\ MainVideo.wmv” faylini biriktiramiz.

  3. “Button” obyektining sichqonchaning “Double Click” hodisasini ishlata- miz va yuzaga kelgan “Button Properties: Button1” sarlavhali muloqot oynasidagi “Settings” sahifasida “Object” guruhiga kiruvchi “Text” nomli maydonga “Kirish” deb yozamiz.

“Atributes” sahifasiga o‘tib, undagi “Auto-Resize” guruhiga tegishli “Right”, “Top” va “Botton” nomli tanlash maydonchalariga bayroqcha o‘rnatamiz. “Quick Action” sahifasiga o‘tib, “When Object is Clicked” guruhidagi

“Action to run” maydoniga ro‘yxatfdan “Show Page” satrini o‘rnatamiz.

Shu sahifaning “Properties” guruhidagi “Page to show” nomli maydoniga esa “Next” qiymatini o‘rnatamiz va OK tugmasini bosib, muloqot oynasini yopamiz.


  1. Dastur oynasining “Project” menyusidan “Menu Bar…” buyrug‘ini ishga tushiramiz. Natijada “Menu Bar” sarlavhali muloqot oynasu yuzaga keladi va uni quyidagi 2.7-rasmdagidek ko‘rinishda shakllantiramiz, ya’ni unda uchta bo‘lim tashkil qilib, ularni “Fayl”, “Bo‘limlar” va “Ma’lumot” deb nomlaymiz. Bunda “Fayl” menyusining buyruqlari sifatida quyidagilarni kiritamiz:

Bosh sahifa Orqaga Oldinga Chiqish

Qolgan menyularga ham xuddi shunday ichki buyruqlarni joylashtiramiz.







Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin