Magistratura to’g’risidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 29-
14
Mazkur ko‘rsatmalarning 3-ilovasidagi adabiyotlar ham kurs ishini bajarishda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish tartibiga to‘liq rioya qilingan
holda keltirilgan.
Agar kurs ishida ilovalar mavjud bo‘lsa, u holda ular foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan keyin, har bir ilovani yangi betning o‘ng yuqori burchagiga
“Ilova” so‘zini yozgan holda keltirish tavsiya etiladi. Agar kurs ishida bittadan
ko‘p ilova bo‘lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, “1-
ilova”, “2-ilova” va h.z. Kurs ishi matnida bu ilovalarga havolalar bo‘lishi kerak va
ular “1-ilovaga qarang”, “2-ilovada keltirilgan” kabi so‘zlar bilan ko‘rsatiladi. Hajm
jihatdan katta jadvallar, rasmli illyustratsiyalar, shuningdek, korxona va tashkilotlar,
moliya, soliq, organlarining ma’lumotlari kurs ishiga ilova tarzda keltirilishi
maqsadga muvofiq.
Kurs ishining rejasi ma’lum ma’noda mundarija vazifasini o‘taydi, shu sababli,
agar kurs ishiga ilovalar keltirilgan bo‘lsa, rejadagi “Foydalanilgan adabi- yotlar
ro‘yxati” so‘zlaridan keyingi qatoriga “Ilovalar” degan so‘z kiritilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: