VI. KURS ISHINI HIMOYA QILISH
Kurs ishini himoya qilish jarayoni talaba uchun eng muhim bosqich
hisoblanadi. Unda talabaning kurs ishi mavzusi bo‘yicha to‘plagan bilimlari
sinaladi. Talaba o‘z ishini yaxshi bilishi, to‘plagan ma’lumotlarining manbalarini
aniq ko‘rsata olishi, hisob-kitoblar asosida tahlil uslubiyoti va usullarini tushuntirib
berishi, nazariy va amaliy savollarga javob bera olishi lozim.
Yozib tugatilgan kurs ishi kafedra tomonidan belgilangan muddat ichida
kafedrada ro‘yxatga olish yo‘li bilan qayd etilgandan so‘ng, tanishib chiqish va
taqriz berish uchun kurs ishi rahbariga (yoki pedagog-xodimlarning o‘quv
yuklamasi doirasa boshqa o‘qituvchiga) beriladi.
Kurs ishiga yozilgan taqrizda quyidagilar qayd etilishi zarur:
- kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ko‘rilgan savollarning o‘rinliligi;
- ishning nazariy saviyasi va ilmiylik darajasi;
- adabiyotlardan to‘plangan materiallarni mustaqil izlanishlar asosida mantiqiy
izchillikda bayon qilinganligi;
- muallifning ishda keltirilgan raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyati,
xulosalarni bayon qilish saviyasi;
- himoyagacha amalga oshirish lozim bo‘lgan tavsiyalar;
- kurs ishining himoyaga qo‘yilganligi haqidagi yakuniy xulosa (“himoyaga
qo‘yiladi” yoki “himoyaga qo‘yilmaydi” shaklida).
Kurs ishi himoyasi kafedrada tashkil
etiladi. Bu maqsadda fan bo‘yicha kurs ishi
himoyasi uchun 3 kishidan kam bo‘lmagan
tarkibda komissiya tuziladi. Kurs ishini
talaba Komissiya huzurida himoya qiladi.
Komissiya a’zolari bilan
talaba o‘rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim darajasi, mavzu ustida ishlash
jarayonida orttirgan ko‘nikmalari aniqlanadi. Dastavval talaba o‘zi yozgan ishi
bo‘yicha uning mazmuni, o‘rganish predmeti, amaliy ma’lumotlarning manbasi,
Dostları ilə paylaş: |