O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Kurs  ishini  bajarishdan  maqsad



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix23.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#56174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Kurs  ishini  bajarishdan  maqsad  -  kurs  ishi  ustida  ishlash  davomida 

talaba  “Tillar  o‘qitish  metodikasi  va  ta’lim  texnologiyalari”  fanidan  olgan 

nazariy  bilimlarini  mustaqil  ravishda  kengaytirish  va  chuqurlashtirishga 

erishadi,  maxsus  adabiyotlardan  olingan,  metodikaga  oid  materiallarni  hamda 

ilmiy  tezis  va  maqolalarni  o‘rganish  asosida  to‘plangan,  shuningdek,  Internet 

resurs  manbalaridan  olingan  ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  umumlashtirish, 

tahlil  qilish  va  muayyan  bir  tizimga  keltirish  bo‘yicha  dastlabki  bilim  va 

ko‘nikmalarni hosil qiladi. 

Qo‘yilgan  maqsadning  muvaffaqiyatli  bajarilishi  uchun  kurs  ishlarini 

bajarishga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

-  kurs  ishida  mavzuga  taalluqli  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 

farmonlari, 

qarorlari, 

ma’ruzalari  va  Prezident 

asarlaridan  ma’lumotlar,  Oliy  Majlis  sessiyalari  materiallari  va 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining qarorlari sharhi o‘z 

aksini topishi lozim; 

-  kurs  ishini  yozish  jarayonida  tadqiq  etilayotgan  mavzu  va 

o‘rganilayotgan  amaliy  ma’lumotlarning  nazariy  asoslarini  chuqur 

o‘rganish  va  mavzu  bo‘yicha  samaradorligini  oshirish  imkoniyatlarini 

ko‘rsatish,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  va    yangilashning 

bugungi  sharoitida  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  turli  dastak  va 

vositalaridan  foydalanish  shakllari  va  usullarini  takomillashtirish 

nuqtai  nazardan  ilmiy,  ijodiy yondoshish zarur; 

-  kurs  ishi  mazmunini  ravon  adabiy  tilda  bayon  qilish, 

tadqiqotlar  va  izlanishlar  natijalarini  rasmiy  hujjatlarga  qo‘yiladigan 

asosiy  talablarga  rioya  qilgan holda aks ettirish lozim. 

 

UMUMIY QOIDALAR 

Kurs  ishi  ustida  ishlash  davomida  talaba  o‘quv  jarayonida  olgan  nazariy 

bilimlari  va mustaqil  tadqiqot  natijalarini  yozma ravishda  bayon qilish  uslubi, 

keltirilgan  fikrlarning  aniqligi,  materiallarning  joylashish  ketma-ketligi, 

rasmiylashtirishga  qo‘yiladigan  umumqabul  qilingan  talablarni  hisobga  olgan 

holda  bayon  qilish  tajribasiga  ega  bo‘lishi  juda  muhimdir.  Bo‘lajak  iqtisodchi- 

mutaxassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini 



 

ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri 



ishlata  bilishi,  kerakli  ma’lumotlarni  to‘play  olishi  va  qayta  ishlay    olishi, 

ularni  atroflicha  tahlil  qilish  va  umumlashtirish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi 

kerak. 

Kurs  ishi  talaba  tomonidan  mustaqil  ravishda  bajariladi  va  ma’lum 

ma’noda,  ilmiy  izlanish  olib  borishning  kichik  bir  shaklidir.  Ayrim  iqtidorli 

talabalar  kurs  ishini  bajarish  jarayonida  birmuncha  chuqur  va  keng  qamrovli 

ilmiy  izlanishlar  olib  boradilar,  ularning  mustaqil  ravishda  bajargan  kurs 

ishlari  talabalar  ilmiy  to‘garaklarida,  ilmiy  konferentsiyalarda  va  tanlovlarda 

ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Kurs 


ishida 

tavsiya 


etilgan 

adabiyotlarni, 

xorijiy 

va 


milliy 

namoyandalarining  asarlari  va  ma’ruzalarini  chuqur  o‘rganish  natijalari 

(tegishli  havolalarda)  aks  ettirilsagina,  mazkur  kurs  ishi  unga  qo‘yiladigan 

zamonaviy  talablarga  javob  bera  oladi.

   


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin