28
Mevali daraxtlarda sug‘orish soni va normasi muddatlari hammasi grunt suvini joylashish
chuqurligiga bog‘liq, grunt suvi qanchalik chuqur bo‘lsa meva daraxtlari chuchuk suvga qonib
ichadi natijada yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Hosilga kirgan olma daraxtalri zararli tuzlar
tarkibiga o‘ta chidamsiz bo‘ladi, shuning uchun bunday bog‘larni har ikki yilda bir marta 50-60
sm balandlikda 5-10 sotix atrofida polo lib sug‘orish tavsiya qilinadi.
Infiltratsion juyak olib sug‘orish 24 soat davomida suv ushlanib turgandan keyin
kapilyarlar orqali suv balandga parchalanishi natijasida tuz ham balandga ko‘tariladi. Shuning
uchun mevali daraxtlarni tagini yaxob suvi bilan yoki vegetatsiya davrida sug‘orishda yil oralatib
shur yuvish ishlarini olib borish kerak. Sug‘orish sifatini yaxshilash va bunda mehnat
unumdorligini oshirishga oid umumiy talablardan tashqari ya’na muhimi bu bog‘larni shirin
chuchuk ariq suvlari bilan sug‘orishdir. Imkoni boricha yer osti suvlari bilan bog‘ maydonlarini
sug‘ormaslik va zovur suvlaridan umuman fodalanmaslik kerak. Bog‘larni sug‘orishga e’tibot
bersak ulardan albatta yuqori hosil olish imkoni bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: