43
Xulosa:
1. Meva daraxtlarining hosildorligi sug‘orish bilan bevosita bog‘liqligini
biz olib borgan
ilmiy tajribamda shuni tasdiqlaymanki to‘liq hosilga kirgan meva daraxtlarni egatlab jildaratib
sug‘orilganda hosildorlik gektariga 202,00 sentnerga yetadi.
2. Hosilga kirgan meva daraxtlarini tajribamiz asosida pol sug‘orilganda hosildorlik 187
sentnerga yetadi.
3. Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish keraki olma daraxtlarini jiuldiratib sug‘organda
yer 2-2,5 mt chuqurlikkacha namlanib hosildorlik boshqa sug‘orishlarga nisbatan 20-30
sentnergacha ko‘tarilar ekan.
4. Egatlab, jildiratib sug‘organda sug‘orish muddatlariga ham alohida e’tibor berish kerak.
Eng qulay muddatlar olma daraxtlari
uchun gullash oldidan, gullash davrida olma
shakillangandan keyin iyun 20-25 cheslolarida va oxirgisi hosilni yig‘ishtirishdan bir hafta oldin.
5. Hosilga kirgan olma bog‘larni sug‘orish normasiga katta e’tibor berish kerak. Unda har
bir sug‘orish gektariga 800-900 m
3
bo‘lishi kerak.
6. Meva daraxtlarning hosildorligiga sug‘orish usullarini samarali ta’siri meniral o‘g‘itlar
bilan ham chambarchas bog‘liq. Unda gektariga 150 kg azot, 105 kg fosfor, 45 kg kaliy o‘g‘iti
berilganda eng yuqori hosildorlikka 202 sentner olishga erishildi.
Taklif va mulohazalar:
Men bitiruv malakaviy ishimni natijalarini tajriba o‘tkazgan fermer xo‘jaligiga va qo‘shni
fermer xo‘jaligiga olingan ijobiy natijalarimni yakunlagan holda quyidagilarni tavsiya qilaman.
1.
Och tusli bo‘z tuproqlar zonasida hosilga kirgan olma
daraxtlaridan yuqori hosil
olish uchun eng qulay sug‘orish usuli deb egatlardan jildiratib sug‘orish hisoblanadi va tuman
xo‘jaliklariga men ham ushbu sug‘orishni taklif etaman.
44
2.
Mevali daraxtlarni sug‘orish jarayoni uning samaradorligi sug‘orish
muddatlari
bilan bevosita bog‘liq ekanligini tushuntirgan holda mevali daraxtlarni gullash oldidan,
gullash
davrida, olma shakillangandan keyin 20-25 iyunda hamda hosil terishga 15 kun qolganda
o‘tkazilishini tavsiya qilaman.
3.
Tajribalarim natijalariga suyangan holda sug‘orishdan 2-3 kun oldin azotli o‘g‘itlar
normasini reja asosida kiritishni tavsiya qilaman. Shunda hosildorlik yuqori bo‘lish
bilan birga
olma hosilini sifatli bo‘lishiga olib keladi.
4.
Meva daraxtlari jildiratib sug‘orilganda hosildorlik yuqori bo‘lish bilan birga
mevali daraxtlarni o‘sish rivojlanishiga ham samarali ta’sir qiladi, tanasining yo’g‘onligi boshqa
variantlarga nisbatan 2-3 sm yo’g‘onlashdi.
5.
Sug‘orish mevali darxtlarni eng qulay sug‘orish
usuli hisoblangan egatlarni
jildiratib sug‘orish olma daraxtlarni o‘sish va rivojlanishiga ham samarali ta’sirini ko‘rsatdi.
Bunda bir yillik navdalarning uzunligi boshqa variantlarga nisbatan 6-7 sm uzun bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: