O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti agrokimyo-Ekologiya kafedrasi


Meva daraxtlari gullagan vaqtda yuz beradigan hafli past temperaturalar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix17.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#69567
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
meva daraxtlarini xosildorligiga sugorish usullarini tasiri

Meva daraxtlari gullagan vaqtda yuz beradigan hafli past temperaturalar 
3.3.1-jadval
Daraxt nomlari 
Kurtaklar yozilmagan 
ammo tugunchalari 
ranglana boshlagan 
vaqtda 
Gullagan vaqtda 
Mevalar 
tugula 
boshlagan vaqtda 
olma 
2,75-3,85 
1,65-2,2 
1,1-2,2 


35 
bodom 
3,3 
2,75 
1,1 
shaftoli 
1,65-6,6 
1,1-3,85 
1,1-2,75 
gilos 
1,65-5,5 
1,1-2,2 
1,1-2,2 
olcha 
5,5 
275 

nok 
1,65-3,85 
1,65-2,2 
1,1-1,65 
Olxo‘ri 
1,1-5,5 
4,55-2,2 
0,55-2,2 
tok 
1,1 
0,55 
0,55 
Daraxtlarni sovuq urishning fiziologik sabablari. Meva daraxtlarining sovuqdan 
zararlanishiga daraxt to‘qimalarining muzlab qolishiga sabab bo‘ladi. Muz o‘simlik hujayralari 
o‘rtasidagi bo‘shliqlarda xam, hujayralarning ichlarida ham kristalga aylana oladi. Meva 
daraxtlar qishga yaxshi tayyorlangan va sovuqlar boshlanganida sekin-asta sovuydigan bo‘lsa, 
muz ko‘pincha hujayralar o‘rtasida to‘planadi. Daraxtlar qishga yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa va 
havo tez sovub, suv hujayralarning o‘rtalariga o‘tishga ulgura olmasa, muz kristallari ko‘pincha 
hu-jayralar ichida, hujayra pardasi bilan protoplazma o‘rtasida hosil bo‘ladi. Bu muz 
protoplazmani siqadi, uning suvini qochiradi va tashqi pardali qavatini zararlaydi. Muz kristallari 
protoplazmaning ichiga o‘tib, uni zararlashi va hujayralarni quritib qo‘yishi ham mumkin. 
N. A. Maksimov ma’lumotlariga ko‘ra, muz o‘simlikning qaysi joyida vujudga kelsa ham, 
hujayraning suvini qochiradi, muzlagan suv eri’shi va protoplazmani siqishi natijasida 
protoplazmadagi kolloidli moddalar ivib qoladi. 
Asosan olganimizda, hujayralar o‘rtasida muz paydo bo‘lishi o‘simlikning past 
temperaturaga qarshi moslanish reaksiyasidir. Protoplazmadagi suv hujayralar o‘rtasidagi 
bo‘shliqlarga o‘tib unda muzlaydi, buning natijasida hujayradagi suv kristallga aylayana 
olmaydi. Hujayraning har qanday muzlashi ham uni nobud qilavermaydi. Hujayraga muz ozgina 
to‘plangan va o‘simlik sovuqlarga bardosh beradigan bo‘lsa, muz erigandan keyin o‘simlik 
sog‘ayib ketadi va o‘saveradi. Temperatura oshib (isib) ketganida muzning erishidan hosil 
bo‘lgan suv yangidan hujayralarga o‘tadi va o‘simlikning hayoti tiklanadi. Bunday moslanish 
tufayli ba’zi o‘simliklar 64 gradusgacha sovuqqa bardosh beradi. 
Binobarin, o‘simlik yoki daraxtlarning qishki sovuqlardan zararlanmay qolishiga ular 
o‘zlarini hujayrada muz hosil bo‘lishidan himoyaqila olishi emas, balki hujayradagi suv (nam) 
ning qochishiga hamda davomli past (sovuq) temperaturalar vaqtida muzning zararli ta’siriga 
irotoplast (hujayra) ning bardosh bera olishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, past temperatura 
moddalarning almashinuvini va boshqa fiziologik prosesslarni buzadi. 


36 
Ayrim tur va nav meva daraxtlarining sovuqqa chidamliligi ularning biologik 
xususiyatidir. Meva daraxtlarini chiniqtirish yo‘li bilan ularning bu xususiyatlarini kuchaytirish 
mumkin. 
I. I. Tumanov fikricha, daraxt (o‘simlik) lar ikki fazada chiniqadi. Birinchi fazada 
o‘simlikda uglevodlar to‘planib, ular eriydigan va oson gidrolizlanadigan shakllarga aylanadi. 
Meva o‘simliklarida bu faza ular o‘sishdan to‘xtaganidan keyin boshlanib xazonrezlikkacha 
davom etadi. Bu prosess 0 dan minus 6 gradusgacha temperaturada kechishi mumkin. O‘simlik 
hujayrasida saxaroza va glyukoza to‘planishi tufayli protoplazma past temperaturaning ta’siridan 
saqlaydi 
O‘simliklar chiniqishning birinchi fazasini o‘tgandan keyin ularning sovuqqa chidamligi 
ortsa xam qoniqarli bo‘lmaydi. O‘simliklar chiniqishning ikkinchi fazasini o‘tganida ularning 
sovuq temperaturalarga chidash darajasi xiyla kuchayadi. Bu faza minus 1 dan minus 12 
gradusgacha va yanada pastroq temperaturada o‘tadi. Bu fazada hujayraning suvi qochadi va 
protoplazmadagi himoya moddalari qayta taqsimlanadi. Hujayrada suvning ko‘pligi hujayraning 
muzlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ikkinchi fazaning boshida suvning hujayra 
oralariga o‘tishi o‘simliklarning sovuqdan saqlanishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim 
xususiyatdir. Hujayradagi suv protoplazma orqali oqib o‘tadi, chiniqishning ikkinchi fazasida 
protoplazmaning suv o‘tkazish xususiyati yanada kuchayadi. 
Hujayraning suvi qochganidan so‘ng unda hujayra shirasi ko‘proq to‘planadi. 
Protoplazmaning suv o‘tkazish xususiyati tobora kuchayishi va hujayra shirasining borgan sari 
ko‘proq to‘planishi tufayli hujayradagi himoya moddalarining qayta taqsimlanishi qulaylashadi. 
Qandning bir qismi protoplazmaga o‘tadi, bir qismi esa monosaxaridlarga aylanguncha 
parchalanadi. Protoplazmaning kolloidli strukturasi qattiq sovuqlar vaqtida ivimaydigan bo‘lib 
qoladi. 
Chiniqishning birinchi va ikkinchi fazalarini o‘tamagan o‘simliklar sovuqa unchalik 
chidamli bo‘lmaydi. 
Usimliklarning bu fazalarni o‘tamay qolishiga birinchidan o‘sish mavsumida ob-havo 
sharoitlari nobop kelishi, ikkinchidan — noto‘g‘ri agrotexnika qo‘llanilishi sabab bo‘ladi. 
Masalan, kuz iliq kelib, tasodifan sovuqlar tushib turganida hali chiniqib ulgurmagan meva 
daraxtlarini sovuq uradi. Bunday daraxtlar yilning birinchi yarmida suv bilan ta’minlanmaganida 
so‘liy boshlaydi, ya’ni patak ildizlar va ildiz tukchalari quriydi, bundan keyin tuproq etarli 
darajada namiqtirilsa ham daraxtlar o‘zlarining fiziologik funksiyalarini tiklab ola olmaydi. 
Usimliklar uzok vaqt so‘lib turganida ularning barglaridagi og‘izchalar yumilib qolib, 
xloroplastlarga havo o‘ta olmaydi va fotosintez to‘xtaydi. Hujayralarning suvi qochishi va barg 


37 
og‘izchalari .yumilishi sababli kislorod etishmaganida organik moddalarning parchalanishi 
tobora kuchayib, ular oddiy moddalarga aylanadi, nafas olish prosessi davom etganda bunday 
parchalanish o‘simlikdagi organik moddalarning miqdori kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu 
moddalar etishmasligi natijasida ulardan ko‘proq foydalanish uchun o‘simlikning ayrim 
organlari o‘rtasida kurash boshlanadi, shu sababli o‘simlik barg va mevalarini barvaqt to‘kib 
yuboradi. 
I. I. Tumanov, P. A. Gekkelning keyingi tekshirish natijalariga ko‘ra, fiziologik jihatdan 
aktiv moddalar meva daraxtlarining sovuqqa chidash darajasini oshiradi. Daraxtlarning qishga 
yaxshi tayyorlanishda o‘simlikdagi moddalar harakati to‘xtab qolishi muxim rol o‘ynaydi. Qisqa 
(10 soat davom etadigan) kun o‘simliklari, uzun kun o‘simliklariga nisbatan, sovuqqa ancha 
chidamli bo‘ladi. Sovuqqa unchalik chidamli bo‘lmagan navlar o‘sishdan tezroq to‘xtaydi. 
Sovuqqa chidamli navlar kuzda o‘sishdan sekinroq va kechroq to‘xtaydi, shu bilan birga kunlar 
isib ketganida ham yangidan o‘smaydi. " 
Yuqorida aytganimizdek, meva daraxtlarining har xil turlari va «navlarida sovuqqa chidash 
darajasi turlicha bo‘ladi. Ularning yosh, ko‘chatlari ko‘chatzorda o‘stirilganida va boqqa 
o‘tqazilgandan keyingi birinchi yillarda sovuqqa unchalik chidamli bo‘lmaydi. Ayrim shoxlari 
quriy boshlagan qari daraxtlar ham, to‘la hosil berayotgan daraxtlarga nisbatan sovuqqa 
chidamsizroq bo‘ladi. 
Sovuq zonadagi daraxtlar past temperaturaga yaxshiroq bardosh beradi. 
Barg kurtaklari, gul kurtaklariga qaraganda, sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. Daraxtlarning 
tanalari, shox-shabbaning yuqoriroqdagi; qismlariga nisbatan, qishki sovuqlardan ko‘proq 
zararlanadi. Tana to‘qimalari, ayniqsa yosh daraxtlarda kechroq etiladi. 
Gullarga, ayniqsa tugunchalarga past temperatura tez ta’sir qiladi. Guldagi changlar, onalik 
tumshuqchasi va urug‘ kurtaklariga nisbatan, sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. 
Gul va tugunchalar muzlab qoladigan xavfli temperaturalar ancha sezilarli darajada 
o‘zgarib turadi, bu o‘zgarishlar daraxtlarning umumiy holatiga, bog‘dagi joylariga va qora 
sovuqlarning davom etish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi sharoitida ba’zi yillarda kechki qora sovuqlar 
bo‘lib tuguncha, barg va yosh novdalarni zararlaydi. 
Meva daraxtlarini qishki sovuqlarga chidamli bo’lishida payvandtagning roli muhim. 
Sovuqqa chidamliroq payvandtaglarning bu xususiyatlari payvandustlarga ham o‘tadi. Yoshlik 
davrida o‘simliklarga: payvandtaglar ayniqsa kuchli ta’sir etadi. 


38 
Qora sovuqlardan oldingi quruq shamollar o‘simlikdagi suv miqdorini kamaytirib, hujayra 
shirasini ko‘paytirish yo‘li bilan o‘simlikning past temperaturaga chidamliligini oshiradi. Bulutli, 
shamolsiz,, yog‘inli havo esa o‘simlikka aksincha ta’sir etadi. 
O‘simliklar minimal issiqlik bilan ta’min etilsa ularning o‘sishi, rivojlanishi
hamda rivojlanish va finofazasidagi xar bir stadiyasi boshlanadi. 
O‘simliklar o‘zlarining rivojlanish tarixida issiqlik va sovuqlikning almashinib turishiga 
moslanganliklari sababli, ular issiqlikning ham o‘zgarib turishini talab kiladi. . Masalan, 
issiqsevar o‘simliklar balandroq temperaturani xohlaydi, chunki .bunday temperatura 
o‘simliklarning o‘sishini. birmuncha tezlashtiradi. O‘simliklarning nafas olishi uchun eng 
muvofiq temperatura 30—40 gradusga yaqin” bo‘ladi. Temperatura bundan oshganida 
o‘simliklarning nafas olishi sekinlashadi va hatto to‘xtab qolishi ham mumkin. Natijada o‘simlik 
quriydi. 
Fotosintezning normal kechishi uchun muayyan tempratura zarur. Fotosintez minus 20 
gradusgacha tempraturada sekin kechishi mumkin. Uning sekinlanishi yoki to‘xtab qolishiga 
sovuq ;ta’siri bilan xloroplastlarning o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 
O‘simliklar minus 64 gradusgacha va undan ham pastroq tempraturada yashay oladi. Bir 
qancha o‘simliklar bunday tempraturada anabioz holatga, ya’ni o‘zlarining barcha hayot 
prosesslari juda sekin kechadigan holatga o‘ta oladi; keyinchalik temperatura ko‘tarilganida bu 
o‘simliklar yangidan o‘sa boshlaydi. Hamisha muzlab yotgan erdagi o‘simlik organizmlari bir 
necha ming yillargacha anabioz holatda yotib, so‘ngra yana o‘sa boshlaganligi qayd qilingan. 
Quruq urug‘lar minus 100—200 gradusgacha temperaturaga bardosh beradi. 
O‘simliklar uchun eng yuqori issiqlik 50 gradusgacha boradi. 
O‘simliklarda oqsil moddalarining to‘planishi va sarflanishi, hujayra shirasining 
konsentrasiyasi hamda hujayradagi suvning ko‘chishi hujayra protoplazmasining qarshi turish 
qobilyati har xil bo‘lganidan, turli o‘simliklarning hayotidagi xavfli temperaturalar ham turlicha 
bo‘ladi. 
Bog‘ni parvarish qilishga doir agronomiya tadbirlarini belgilashda mevali daraxtlarining 
issiqlik rejimiga hamisha e’tibor berish kerak. 
O‘simlik: o‘zining hayot davrini’ «normal o‘tishi uchun tuproqning‘ tem-paraturasi ham 
zaro‘r darajada bo‘lishi kerak. Chunki, o‘simlik ildizlariga suv kelib turishi, ildizlarning mineral 
moddalar bilan oziqlanishi, .o‘sishi, nafas olishi va hokazolar’‘ tuproqning temperatura rejimiga 
bog‘liqdir. 
Tuproqning. 
temperaturasi 
turli 
chuqurlikda 
turlicha 
bo‘ladi. 
Tup- 
roqning 
yuza. 
qavatidagi 
temperatura 
keskin 
darajada 
o‘zgarib 
turadi, 


39 
pastki: 
qavatlaridagi 
temperatura 
esa 
barqaror 
bo‘ladi 
va 
bunda 
sut- 
kalik temperatura tekislanib qoladi.
Tuproqni temperaturasi haddan tashqari past bo‘lgandagina tuproqni fiziologik jihatdan 
quritib qo‘yadi, bunday tuproqda o‘simliklar o‘zlariga zaro‘r namni ola olmaydi. 
Bundan tashqari, temperatura pasayganida tezroq muzlaydi va o‘simlik ildizlarining 
mexanik shikastlanishiga sabab bo‘ladi. 
O‘simlikning yer usti qismini o‘rab olgan havo temperaturasi bilan tuproqning o‘simlik 
ildizlari taralib o‘sadigan: qavatidagi temperatura o‘rtasidagi tafovutni o‘simlik muhitidagi 
issiqlik rejimining temperatura gradienti; deyiladi. Bu koeffitsient (tafoyut), oz bo‘lganida 
o‘simliklarga keladigan va ular sarflaydigan suv balansi buzilmaydi.
O‘simlikning 
issiqlikka 
bo‘lgan 
ehtiyojini 
butun 
o‘sish 
davridagi 
yoki 
biror 
fazani 
o‘tish 
vaqtidagi 
o‘rtacha 
tempiraturalar’ni 
jamlash 
yo‘li 
bilan aniqlash mumkin. 
Bu usulning kamchiligi shuki, issiqlik gradus bilan emas, kaloriya bilan o‘lchanganligi 
sababli, temperaturalarning o‘rtacha yakunlari o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini aniq 
ko‘rsata olmaydi. Hozir boshqa usullar ishlab chiqildi. Bu usullar qo‘llanilganida rivojlanishning 
ayrim faza va stadiyalari uchun chinakam zarur bo‘lgan aktiv temperaturalar hisobga olinadi.
Ekinlarni sug‘orish texnikasining tarixi ko‘p ming yillik davrni o‘z ichiga oladi. Bu uzoq 
davr davomida, ekinlarni qadimdan ma’lum bo‘lgan usulda, ya’ni ariqdan sug‘orish usuli asta-
sekin yaxshilanib bordi. Bunga bostirib, ko‘llatib va egatdan sug‘orish usullari kirardi. Faqat 
so‘nggi bir necha o‘n yil ichida sug‘orishni mexanizasiyalash rivojlana boshladi, yomg‘irlatib 
hamda tuproq ostidan sug‘orish kabi yangi usullar paydo bo‘ldi. 
O‘zbekistonning qurg‘oqchil zonalaridagi mavjud eski irrigasiya sistemasida ekinlar 
asosan ko‘llatib va bostirib sug‘orilar edi. Xo‘jalik uchun muhim bo‘lgan ba’zi ekinlar chuqur 
qilib, dalaning ko‘ndalangiga qarata (nishabi kichik) olingan jo‘yaklar orqali sug‘orilar edi. 
Ekinlarni ariqdan sug‘orishdagi turli usullarini qo‘llanishiga yarasha dalani tayyorlash 
tekislash, kanal qazish, marzalar chiqarish ishlarini amalga oshirish asosiy masala -hisoblanadi. 
Ekinlarni ko‘llatib sug‘orish uchun yer kichik qismlarga (ko‘pincha 0,1 gektardan kam) 
bo‘linib, tekislanar edi maydonchalar bir-biridan marzalar bilan ajratilganligidan mayda 
terrasalar sistemasini hosil qilgan. Har qaysi paykalga atrofiga 20—30 sm balandlikdagi 
marzalar olinar edi. Ekin shu taxlitda oddiy usulda sug‘orilar: paykalchalarga navbatma-navbat 
10—12 sm qalinlikda suv to‘ldirilar va bu suv tuproqqa singib ketar edi. Sholidan boshqa 
hamma ekinlarning polidan oqova chiqazilmas edi. 


40 
Har qaysi paykal bu usulda sug‘orilganda suv ko‘p oqizilar va sarflanar, hatto, kichik 
pollarga ham 30—80 l/sek suv oqib kirardi. Bu bir kishining 12 soat davomida 1—3 gektar erni 
sug‘orishiga imkon berar edi. 
Usha vaqtlardagi mayda xususiy yer egaligi sharoitida bu ekinlarni tez (bir necha soat 
ichida) sug‘orib olish imkonini beradi. 
O‘rta Osiyoning rivojlangan eski irrigatsiya sistemasida ekin maydonlarini mayda 
terrasalarga bo‘lingani va bu terrasalar Zarafshon, daryosi vodiylarida, Amudaryoning o‘rta va 
quyi oqimlari hamda boshqa ko‘p rayonlarda bir-biridan bir metrga qadar baland qilib ishlan-
ganligi o‘sha vaqtlarda ekinlarni ko‘llatib sug‘orish usuli Keng qo‘llanilganligidan dalolat 
beradi. Terrasa marzalarining balandligi 1 m va undan ortiq bo‘ladi. 
Suv bilan yaxshi ta’minlangan irrigasiya sistemalarida yoki sust rivojlangan xo‘jalikda 
ekinlar asosan bostirib sug‘orilar edi. Bu usulda sug‘oriladigan ekin maydonlari erning o‘z 
nishabiga qarab tekislanar edi. Dalaning ko‘ndalangiga qarata (bir oz nishab hosil qilib) har 30—
100 m oraliqda bitta ariq olinar va bu ariqqa suv quyilib bir necha quloqlar orqali pollarga 
kiritilar edi. Bunda suv bir tekis yoyilib oqib atrofdagi erni asta-sekin namlaydi. Ba’zan dalaning 
bo‘yiga, ya’ni suv oqayotgan tomonga qarata, bir-biridan 5—20 m narida pollar olinar va bu 
pollar orasidagi erlar ko‘ndalangiga tekislanar edi. Sug‘orishning bu usuli polosalar bo‘yicha 
bostirib sug‘orish deb nom olgan. 
Ekinlarni bostirib sug‘orishda er kam tekislanadi. Lekin sug‘orish qiyin bo‘ladi. 
Ko‘llatib va bostirib sug‘orilganda erni qatqaloq bosib, haydalgan tuproq zichlashib qoladi, 
natijada uni yumshatish uchun ko‘plab qo‘l mehnati sarflash kerak bo‘ladi. 
Chopiq qilinmaydigan (qalin ekilgan) ekinlar beda, g‘alla va ba’zi dukkakli ekinlargina 
bostirib sug‘oriladi. 
Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish erdan foydalanishni anchagina yiriklashtirish 
imkonini berdi, Shu bilan birga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash rivojlanib 
bordi, paxta maydonlari tez sur’at bilan kenggaydi, ekinlarni qatorlab ekishga, qator oralarini 
mexanizmlar bilan ishlashga o‘tildi. 
Yangidan tashkil topgan qishloq xo‘jaligi va agrotexnika sharoitiga ekinlarni ariqdan 
sug‘orish usulidan egatlar orqali sug‘orish juda qo‘l kelardi. 
Egatlar orqali sug‘orilganda faqat egatning tubi zichlashib, qatqaloq hosil bo‘ladi. Egat 
marzalari kapillyar usulda namlanadi tuproqning egatdagi suv sathidan pastki qismiga qaraganda 
yuqorigi qismida nam kamroq bo‘ladi. Tuproq kapillyar namlanganda mayda kesaklar kam 
uvalanadi, er doimo yumshoq bo‘lib turadi, binobarin, o‘simlik uchun Qulay suv va havo rejimi 
vujudga keladi. 


41 
Ekinlar egatlar orqali to‘g‘ri sug‘orilganda qator oralarini mexanizmlar bilan ishlab 
qatqaloqni osongina yo‘qotish mumkin. Bunda ketmon chopig‘i qilishga ham hojat qolmaydi. 
Shuningdek har qanday nishabli dalalarni ham egatlar orqali sug‘orsa bo‘ladi, shunda yer 
tekislash ishlari kamayadi. Shuning uchun ham kolxoz dalalariga traktor kelishi bilan g‘o‘za va 
boshqa chopiq qilinadigan ekinlarni egatlar orqali sug‘orish keng joriy qilindi. Endilikda 
paxtachilik zonasidagi chopiq qilinadigan ekinlarning deyarli hammasi, ya’ni sug‘oriladigan 
dehqonchilikdagi ekin maydonining taxminan 90% egatlar orqali sug‘oriladi. 
Sug‘orish uchastkasi. Sug‘orish uchastkalari to‘g‘ri burchakli va yaxshilab tekislangan 
tuproq va gidrogeologik sharoitlari bir xil bo‘lishi lozim. Bu uchastkalar ichida mashinaning 
yurishiga xalaqit beradigan past-balandliklar, ariqlar, daraxtlar, baland marza va boshqa to‘siqlar 
bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, uchastka mashinaning unumli ishlashiga imkon beradigan 
darajada uzun bo‘lishi shart. 
Yerni traktorda bir yili dalaning uzunasiga, ikkinchi yili ko‘ndalangiga haydash uchun 
uchastka 20—40 gektar bo‘lmog‘i lozim. Ekin qator oralarini ishlash uchui uchastka 8— 15 
gektar, uzunligi 400—600 m bo‘lsa kifoya (bitta traktorchining kultivasiya qilishdagi bir smenali 
ish unumiga to‘g‘ri keladi). 
Qator oralari sug‘orilgandan so‘ng tuproq etilishi bilan darhol kultivasiya qilinadi, shuning 
uchun ham bir kunda ishlanishi kerak bo‘lgan maydon bir-ikki sutkada sug‘orib tugallanishi 
kerak. Bordi-yu sug‘orish muddati to‘rt yoki besh sutkaga cho‘zilib ketsa, dalaning suv 
qo‘yilgan qismi yetilguncha avval sug‘orilgan qismi qurib qoladi, sug‘orishda to‘plangan 
namning ko‘p qismi yo‘qoladi, tuproq esa qotib ketib, keyin uni yumshatish ham qiyin bo‘ladi. 
Tuproq sho‘ri sifatli yuvilmasa, tuzlar tuprok, ustiga yig‘ilib dala yana sho‘rlana boshlaydi 
va ekilgan urug‘lar kam unib chiqadi, ko‘chatlar siyrak bo‘lib qoladi. Natijada donli ekinlarning 
hosili 50-60, hatto 80 foizgacha kamayadi. Kuzgi donlilarni ekish uchun sho‘rlangan 
tuproqlarning sho‘rini yuvishni sentyabr oyining ikkinchi yarmigacha bajarish va tamomlash 
zarur. Yerlar yuvilgandan keyin tuproq etilishi bilan o‘q ariqlarni, egatlarni va pushtalarni 
tekislab qo‘yish, so‘ng dalani boronalash lozim. Sho‘rlanmagan tuproqda namlik etarli bo‘lmasa, 
erni haydashdan oldin 600-800 m kub/ga miqdor bilan sug‘orish zarur. Tuproq etilishi bilan 20-
25 sm chuqurlikda yer haydaladi, shundan so‘ng urug‘lar ekilib, yoppasiga ko‘chatlar unib 
chiqib yumshoq tuproqda tez rivojlanadi. Agar engil sugorish haydashdan keyin o‘tkazilsa, u 
vaqtda tuproqda qatqaloq hosil bo‘ladi. Kuzgi donlilarni o‘sib turgan go‘za orasiga ekilsa, paxta 
maydonini ikkinchi terimdan so‘ng gektariga 500-700 m.kub/ga suv sarflab sug‘oriladi. Agar 
kuzgi donlilarni ekish vaqtida tuproqda namyalik etarli bo‘lmara, urug‘lar unib chiqmaydi. 
Shuninguchun kuzgi donlilar urug’larini o‘z vaqtida ekish va tezda sug‘orish kerak. 


42 
Kuzgi donli ekinlarni Qoraqolpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida sentyabr 
oyining ikkinchi o‘n kunligida ekishni boshlab 10 oktyabrda tamomlash kerak. Boshqa 
viloyatlarda esa don ekishni sentyabrning uchinchi o‘n kunligida boshlab 20 oktyabrga 
tamomlash kerak. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa oktyabr oyida ekishni 
tamomlash yaxshi samara beradi. Ekishdan oldin sug‘oriladigan dalalarda tuproqning axvoliga 
qarab suv beriladi. Kuzgi donlilar ekilgandan keyin kuzda bir-ikki marotaba sug‘oriladi,bahorda 
esa o‘simlikning holatiga qarab 2-4 marotaba suv qo‘yiladi.Respublikamizning Janubiy 
tumanlarida yengil qumoq tuproqlarda sug‘orish soni 6-7 marotabaga etadi.Yana bir narsani 
aytib o‘tish zarurki.bahorgi sug‘orishni sug‘orish muddatlari va me’yorlarini yomgirlar bilan 
bog‘lab o‘zgartirib turish kerak.Sug‘orish kalta egatlar orqali olib borilishi lozim. Nishobligi 
kam erlarda egat uzunligi 110-120 m.qiyaligi ko‘proq bo‘lgan yerlarda esa egat uzunligi 60-80 
metrdan oshmasligi va oxiri berk bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. 
O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan tuproqlarda hamda yaxshi tekislan-magan maydonlarda 
kichkina egatlarda bostirib sug‘orish yaxshi samara beradi.Shuning uchun Qoraqalpogiston 
Respublikasida, Xorazm va Buxoro viloyatlarida hamda Navoiy viloyatining Shimoliy va 
G‘arbiy tumanlarida kuzda ekilgan donli ekinlarni egatlar orqali sug‘orish zarur chora 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin