O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139
Yer tuzish

muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish; 
*
 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib 
quyiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish; 
*
 
yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) ajratib berish, yerga egalik qilish va 
yerdan foydalanish, yer uchastkasini ijaraga olish hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk 
huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash; 
*
 
yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini 
saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol 
eroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, 
zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan 
ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish; 
*
 
barcha yerlarni ro‘yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz 
foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab 
borish; 
*
 
yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish; 
*
 
yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish. 
Yuqorida barcha keltirilgan ishlar yerdan oqilona va samarali, ilmiy asoslangan tarzda 
foydalanishga, xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eng yaxshi tashkiliy-hududiy asos yaratishga 
qaratilgan. 
Xoxlagan mazmundagi yer tuzishni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yer to‘g‘risida yetarlik 
darajada to‘la va aniq axborot zarur; uni birinchi navbatda davlat yer kadastri beradi. U o‘zida 
yerlarning soni va sifati, huquqiy maqomi, ularning yer mulkdorlari, yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar va ijarachilar, yer toifalari bo‘yicha taqsimlanishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlarni mujassamlashtiradi. Kadastr ma’lumotlaridan majburiy 
tarzda xalq xo‘jaligining har xil maqsadlari uchun - yerdan foydalanishni rejalash va uni muhofaza 
qilishda, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirishda, yerlarni 
melioratsiyalashda, yer uchun to‘lovlarni asoslash va belgilashda, xo‘jalik faoliyatini baholash va 
boshqa tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ular ayniqsa yer tuzishda zarur; bu yerda ular yer 
tuzish chizmalari va loyihalarini tuzish, yerlardan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni 
tashkil etish, hududni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlash uchun boshlang‘ich axborot bazasi 
sifatida xizmat qiladi. 
Yer fondining ahvoli to‘g‘risidagi joriy axborotni yer monitoringi - uning holatini, yuz 
beradigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni baholash, har xil salbiy jarayonlarning oldini 
olish va ularni tugatish maqsadidagi kuzatishlar tizimi beradi. Yer tuzish ishlab chiqarishning 
tashkiliy-hududiy asosi sifatida melioratsiya, madaniy - texnik tadbirlar, yo‘l qurilishi, agroo‘rmon 
melioratsiyasi, qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va boshqa, amalga oshirilishi yerdan 
foydalanishni tashkil etishga ta’sir etadigan tadbirlar bilan ham bog‘liq. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin