O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139
Yer tuzish

 
Nazorat savollari: 
1. 
Bizning mamlakatimizda yer tuzishning mazmuni vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlandi? 
2. 
Yerdan foydalanishni tashkil etish tushunchasiga nima kiradi? 
3. 
Yer tuzish davlat tadbirlari tizimi sifatida o‘z ichiga nimalarni oladi? 
4. 
Bizning davrimizda «yer tuzish» tushunchasiga qanday ta’rif berish mumkin? 
5. 
Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati nimalardan iborat? 
6. 
Nimalar yer tuzishning huquqiy asosi hisoblanadi? 
7. 
Yer tuzish texnikasiga nimalar kiradi? 
8. 
Yer kadastri nima va u yer tuzish bilan qanday bog‘langan? 
 


13 
 
 
 
 
Yer tuzishning tarixiy rivojlanishi jarayonining barcha bosqichlarida hamma vaqt asosiy o‘rinni 
davlat o‘ynadi. U yer munosabatlarini tartibga soladigan qonunlarni va boshqa bajarilishi majburiy 
me’yorlarni chiqaradi, yer tuzishning asosiy mazmunini va o‘tkazilish tartibini belgilaydi. Davlat 
o‘zining yer siyosatini harakatdagi qonunchilikka mos ravishda amalga oshiruvchi maxsus organlarni 
yaratadi. Yer tuzish shuning uchun hamma vaqt u yoki bu darajadagi davlat tadbiri hisoblanadi. 
Shu bilan bir qatorda huquqiy me’yorlar oxir-oqibatda jamiyat hayotining moddiy sharoitlarini 
o‘zida namayon etadi; ular mavjud ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Demak, yer 
tuzishga ham faqat majburiy akt, belgili maqsadni amalga oshirishga qaratilib tashkil qilinadigan 
harakat sifatida qarash mumkin emas; u ijtimoiy ishlab chiqarish talablaridan tug‘ilgan ob’ektiv 
ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. (S.A.Udachin. Nauchnie osnov
ы
zemleustroystva. M.: Kolos, 1965-y. 
115-b.). Bunday ta’rifni ham berish mumkin: yer tuzish - bu tabiiy resurs sifatida yerdan 
foydalanishni tashkil etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda jamiyatning ijtimoiy talablarini 
qondirish maqsadlari uchun hududni tuzishning ob’ektiv rivojlanadigan jarayonidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish doimo o‘zgarib turadi. Mos ravishda yer tuzishning ham, ishlab 
chiqarish usullariga (feodal, kapitalistik va sh.o‘.) hamda uning rivojlanishining aniq bosqichlariga 
bog‘liq holda shakllari va usullari o‘zgaradi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy usuli 
hal qiluvchi darajada yer egaliklari, yerdan foydalanishlar va yer tuzishning shakllarini aniqlaydi. 
Tarixiy rivojlanishning ayrim bosqichlarida mavjud yer tuzumini tubdan buzish, katta yer 
massivlarini qayta taqsimlashning kechiktirib bo‘lmaydigan zarurati tug‘ilganda, yer tuzish 
boshqarib bo‘lmaydigan, favquloddagi xarakterga ega bo‘lishi mumkin (masalan, 30-yillar boshidagi 
kollektivlashtirish davrida qishloq xo‘jalik artellarining tuzilishi). Ammo, bunday davrlar hamma 
vaqt ham qiska muddatli bo‘ladi; asosan, yer egaliklaridagi, yerdan foydalanishlardagi va hududni 
tashkil etishdagi (ayniqsa qishloq xo‘jaligida, bu yerda yer - ishlab chiqarishning asosiy vositasi) 
o‘zgarishlar maqsadga qarab va tashkillashtirilgan holda, yer tuzuvchi mutaxassislar ishtirokida va 
davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunda har qanday o‘zgartirishlar ma’lum nazariy va uslubiy 
asosda, boshqacha aytganda - ilmiy asosda amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin