Qayta taqsimlanadigan fond
- ma’muriy tuman yerlarini qayta taqsimlash chizmasi
yordamida shakllantiriladi. Xuddi shunday chizma katta yer maydonlariga ega ayrim xo‘jaliklar
bo‘yicha xam tuzilishi mumkin.
Ko‘chirish fondini
- shakllantirish qochoqlarni, majburiy ko‘chiriluvchi-larni va qurolli
kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni, hamda qishloq joylariga doimiy
yashash uchun ko‘chadigan boshqa fuqarolarni joylashtirishda, yer uchastkalari bilan ta’minlash
chizmalari asosida amalga oshiriladi.
Chegaralar tabiiy to‘siqlar
- daryolar, soylar, jarliklar va sh.o‘. va sun’iy to‘siqlar
(kanallar, yo‘llar va sh.o‘.) bilan birlashtiriladi. Bu uchastkalarning chegaralar bilan
maydalanmasligini, yerlarning konturlari maydalashmasligini ta’minlaydi.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan (qayta taqsimlanadigan) yer fondlari tarkibi
-
maxsus fond, qayta taqsimlash fondi, ko‘chirish fondi yerla-ri kiradi. Bu fondlar odatda tuman
ma’muriyatlari ixtiyorida bo‘lib korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarni yer bilan
ta’minlash uchun mo‘ljal-langan.
Foydalanishdan chiqib qolgan yoki kam qimmatli yerlarga o‘tkazilgan yer turlari
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, o‘rmon daraxtlari va butalar bilan qoplanishi,
botqoqlashishi, sizot suvlari ko‘tarilishi, ikkilamchi sho‘rlanishi, tuproq eroziyasi jarayonlarining
rivojlanishi, sa
rolanishi va boshqa sabablar natijasida foydalanilmaydigan qishloq xo‘jalik
yerlari, agar ularni to‘la yoki qisman tiklash texnik va iqtisodiy ji
atlardan mumkin bo‘lmasa;
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berilgan, lekin bir yil davomida foydalanilmagan yerlar,
bundan tabiiy ofatlar (suv bosishi, sizot suvlari satxi ko‘tarilishi va sh.o‘.) davri mustasno.
Xo‘jalikda ichki yer tuzish mazumni
- ishlab chiqarishni, mehnatni va qishloq xo‘jalik
korxonalarini boshqarishni oqilona tashkil etish, xo‘jalik yuritish, dehqonchilik, qishloq xo‘jalik
ekinlarini yetishtirish texnologiyalari, mashinalar tizimining ilg‘or tizimlarini qo‘llash uchun
hududiy asos bo‘lib xizmat qiladi, bu esa ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
sharti sifatida xizmat qiladi. Bunda yerlardan foydalanish tartibi va sharoitlariga rioya qilinadi,
tuproqlar unumdorligining qayta tiklanishi, saqlanishi va tabiiy landshaftlarning yaxshilanishi
ta’minlanadi.
|