O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Yer tuzish

Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
- tabiiy shifobaxsh omillarga ega 
bo‘lgan, kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun qulay, belgilangan tartibda 
tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari kiradi. 
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
- aholining ommaviy dam olishi va 
turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga 
berilgan yerlardir. 
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan 
yerlardir. Ular jumlasiga tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, me’morial bog‘lar, mozorlar, 
arxeologiya, tarix va ma’daniyat yodgorliklarining tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy 
foydalanishga berilgan yerlari kiradi.
O‘rmon fondi yerlari
 - 
o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan 
bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlardir. Ular o‘rmon xo‘jaligi 
korxonalari tasarrufida bo‘lishadi. 
Suv fondi yerlari
- suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va sh.o‘.), gidrotexnika 
va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv 
ob’ektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqalaridagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlardir.
Zaxira yerlari
- huquqiy va jismoniy shaxslar egaligiga, foydalanishiga, hamda ijaraga 
berilmagan, mulk qilib sotilmagan barcha yerlardir. Bunday yerlar jumlasiga egalik qilish va 
foydalanish huquqi, ijaraga olish huquqi, mulk huquqi «Yer kodeksi»ning 36 moddasiga muvofiq 
bekor qilingan yerlar ham kiradi. Bu toifa yerlari, asosan, qumliklarni, botqoqliklarni, jarliklarni, 
tog‘u-toshlarni va sh.o‘. o‘z ichiga oladi. Bu yerlardan foydalanishga ular boshqa toifalarga 
o‘tkazilganlaridan keyin yo‘l qo‘yiladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin